Axborot tizimlari
TSP amaliy dastur paketida ishlash
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
9.3 TSP amaliy dastur paketida ishlash
TSP paketini IBM kompyuteriga mos keluvchi, MS-DOS yoki Windows muhitiga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlarning qattiq diskiga (vinchesteriga) 128 joylashtirish mumkin. Qulaylik uchun paketning programmali modullarini maxsus yaratilgan direktoriyga (masalan, TSP nomi bilan) joylashtirish kerak. U o’zida tenglamalar sistemasi matnlari, axborot massivlarini va boshqa ma’lumotlarni mujassamlashtirgan ishchi fayllarni saqlaydigan poddirektoriy (masalan, WORK nomi bilan) ega bo’lishi kerak [26]. Paketning NETDRV10.RTT modulini esa DOS direktoriysiga joylashtirish zarurdir. Paketni MS DOS operatsion tizimidan chaqirish TSP.exe komandasini kiritish bilan va Windows operatsion tizimidan chaqirishda, Windowsning ishchi stolida uning yorlig’ini yaratish va ushbu yorliq orqali ishga tushirish mumkin. Ekonometrik model tuzish Ushbu qismning asosiy vazifasi - ekonometrik modellashtirish sohasida tadqiqotlarga kirishishni va ishning birinchi bosqichi davomida amaliy natijalar olishdir. TSP imkoniyatlarini sistematik o’rganishlar, keyingi echiladigan masalalar ko’lamini kengaytirishga yordam beradi. Paketni kompyuterning operativ xotirasiga yuklagandan so’ng, TSPning ekrani paydo bo’ladi. Paketning ekrani 5 qismdan iborat: 1. Dinamik qatorlar intervallarini aks ettiruvchi qism. 2. Dinamik qatorlar nomlarini aks ettiruvchi qism. 3. Dinamik qatorning joriy intervali va printerning holati qismi. 4. TSP paketining ishchi sohasi qismi. 5. TSP paketining yordamchi menyu qismi. Paketning muhitiga kirib, ekranning pastki qismidagi joylashgan yordamchi menyuni ko’rish mumkin. Bular F1, F2, F3, F4, F5 va F6 funktsional klavishalardir. F3 - F6 klavishlari yordamida ekranga kerakli menyu chaqiriladi. F1 klavishasi kiritilgan yoki chaqirilgan buyruqlarni bekor qiladi. F2 klavishasi - avval kiritilgan buyruqlarni qaytadan chaqirish imkonini beradi. Bundan tashqari buyruqlarni bekor qilish uchun «Esc» klavishasidan ham foydalanish mumkin. F3 klavishasi bosilgandan so’ng paket asosiy ekranining fonida quyidagi ko’rinishdagi menyu paydo bo’ladi: File operation - Fayllar ustida amallar (1) Work files (begin session) - Ishchi fayllar (2) Data bank operation - Ma’lumotlar banki operatsiyalari (3) Disk directory DIR - Disk direktoriylari (4) Change directory CD - Direktoriyni o’zgartirish (5) Edit a text file EDIT - Matnli faylni tahrirlash (6) Rename a file REN - Fayl nomini o’zgartirish (7) Delete a file DEL - Faylni diskdan o’chirish (8) Display file TYPE - Ekranda faylni ko’rish (9) Read Text-Lotus DIF READ - Text-Lotus DIF ni o’qish (A) Write Text-Lotus DIF WRITE - Text-Lotus DIF ni yozish F1 Break (F3-F6 menu) F1 - Buyruqdan chiqib ketish 129 Menyudagi konkret bo’limni tanlash uchun kursorni yuqori yoki pastga yurgizish va Enter klavishasini bosish yoki menyudagi bo’limlar oldidagi qavslarda turgan raqam yoki harflarni bosish bilan amalga oshiriladi. Ishlani boshlashda (1) Work files (begin session) - Ishchi fayllar qatorini tanlash zarurdir. (1) ni tanlash natijasida quyidagi menyu paydo bo’ladi: Work files (WF) - Ishchi fayllar (1) Create a new WF in RAM CREATE - Xotirada yangi ishchi fayl yaratish (2) Load a WF from disk LOAD - Diskdan ishchi faylni yuklash (3) Save a WF to disk SAVE - Diskka ishchi faylni yozish (4) Expand the sample range EXPAND - Vaqtli qatorni kengaytirish (5) Sort data by series SORT - Ma’lumotlarni sortirovka qilish F1 Break (F3-F6 menu) F1 - Buyruqdan chiqib ketish Bu erda siz eksperimental ma’lumotlarga ega bo’lgan, vaqtli qatorlarni ichiga olgan ishchi fayllarni yaratishga muvaffaq bo’lasiz. Agar birlamchi ishchi fayl yaratilayotgan bo’lsa, vaqtli qatorlar uchun davr oralig’ini aniqlash muhimdir. Menyu punktida quyidagilarni tanlashingiz mumkin. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling