Axborot tizimlari
Ma’lumotlar bazasida munosabatlar
Download 48.72 Kb.
|
axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Relyatsion hisoblash tillari.
8. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar.
Ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun yoki boshqacha aytganda kompyuter xotirasida yozuvlarning o‘rnini aniqlashda ma’lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Agar kalit ob’ektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit deyiladi. Aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kali tulangan kalit deb ataladi. Agar A va B guruhdagi ob’ektlar berilgan bo‘lsa, ular orasidagi quyidagi mosliklar yoki munosabatlarni o‘rnatishimiz mumkin: 1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va B ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, B ob’ektning har bir nusxasiga Aob’ektning bitta nusxasi mos kelsa. 2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va B ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga B ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi. 3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va B ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning ko‘pi bilan bitta nushasi mos keladi. B ob’ektning nusxalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nusxasi mos keladi. 4. Ko’pga – ko’p (m:n) munosabat. A va B ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha. 9. Relyatsion hisoblash tillari. Relyatsion MBBTda ma’lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba’zi hollarda bu tillarni ma’lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomatlashtirishni 3 bosqichga bo’lishadi: 1) Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi. 2) Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar to‘plamini kiritadi. 3) Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi. Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bo’lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iboratdir. Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodalarni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi. Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga mo’ljallangan. So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljallagan natijani so‘rov ko‘rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi. Download 48.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling