Axborot tizimlari va axborotlarni boshqarish


Download 0.92 Mb.
bet1/7
Sana26.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1067437
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Axborot tizimlari va axborotlarni boshqarish

Axborot tizimlari va axborotlarni boshqarish

Narziyev U.Z. umidnz@rambler.ru

Tizim tushunchasi


Tizim – bu qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun o’zaro birlashtirilgan va ayni bir vaqtda yagona deb qaraluvchi turli elementlar to’plamidir. Tizimlar nafaqat tarkibi, balki qo’yilgan asosiy maqsadlari bo’yicha ham bir-birlaridan farqlanadi.
1-misol. Korxona tizim deb qaraladigan bo’lsa, uning elementlari sifatida binolar, texnik vositalar, xom-ashyo, xodimlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Korxonaning oldiga qo’ygan asosiy maqsadi – bu mahsulot ishlab chiqarishdir.
2-misol. Telekommunikatsion tizim. Elementlari – aloqa tarmoqlari, modemlar, kompyuterlar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar. Asosiy maqsadi – axborot uzatish.
3-misol. Axborot tizimi. Uning elementlari – kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, insonlar, axborot va dasturiy ta’minot va boshqalar. Axborot tizimining asosiy maqsadi professional axborot ishlab chiqarishdir.

Axborot tizimi tushunchasi

  • Axborot tizimi – bu qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida foydalanish uchun axborotlarni yig’ish, ishlov berish, saqlash va uzatish uchun qo’llaniladigan vositalar va usullarning o’zaro mutanosibligidir.
  • Axborot tizimining zamonaviy tushunchasi – shaxsiy kompyuterni axborotga ishlov berishning asosiy vositasi sifatida qo’llashdir. Katta tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimi texnik bazasiga meynfreym yoki super EHM kirishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqariladigan axborotda insonning o’rni hisobga olinmasa (insonsiz axborotni olish va taqdim etish mumkin emas), axborot tizimining texnik jihozlanishi hech qanday qiymatga ega emas.

Axborot tizimi sxemasi

Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi:

  • har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin;
  • Axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi;
  • axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo’llash zarur;
  • axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul qilinuvchi axborot hisoblanadi;
  • axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter tizimi deb qabul qilish lozim.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling