Axborot tizimlarida foydalanishni biometrik nazoratlash algoritmlari va vositalarini ishlab chiqish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1769900
1   2   3   4
Bog'liq
axborot-tizimlarida-foydalanishni-biometrik-nazoratlash-algoritmlari-va-vositalarini-ishlab-chiqish

www.scientificprogress.uz
 
Page 1007
- turli biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalash usullari insonlar 
tomonidan turli darajada qabul qilinadi.
Autentifikasiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagi 
xususiyatlarga ega bo’lishi shart:
- universal bo’lishi’biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda bo’lishi;
- farqli bo’lish’barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri birbiridan farq 
qilishi;
- o’zgarmaslik’tanlangan biometrik parametr vaqt o’tishi bilan o’zgarmay 
qolishi;
- to’planuvchanlik’fizik xususiyat osonlik bilan to’planuvchan bo’lishi. Amalda 
fizik xususiyatni to’planuvchanligi, insonning autentifikasiya jarayonga e’tibor 
berishiga ham bog’liq bo’ladi. Biometrik parametrlar nafaqat autentifikasiyalash 
masalasini yechishda balki, identifikasiyalashda ham keng qo’llaniladi. Ya’ni, Siz 
kimsiz? degan savolga javob bera oladi. Masalan, FBI da jinoyatchilarning barmoq 
izlari bazalari mavjud. Bazada barmoq izlari (barmoq izi tasviri-foydalanuvchi nomi) 
shaklida saqlanadi va bu biror bir insonni jinoyatchilar ro’yxatida bor yoki yo’qligini 
aniqlashga imkon beradi. Buning uchun, tekshiriluvchi insonning barmoq izi tasviri FBI 
bazasidagi biror bir barmoq izi tasviriga mos kelsa, barmoq izi tasviriga mos 
foydalanuvchi nomi bilan aniqlanadi 
Shuni ham yodda saqlash lozimki axborotlarni biometric saqlashga nisbatan ham 
salbiy qarash va ta’sirlar yuzaga keladi. Biometrik parametrlarga asoslangan 
autentifikasiya usullarini buzish uchun quyidagi hujum usullaridan foydalaniladi
5
:
a. Qalbakilashtirish. 
Hujumning 
mazkur 
turi 
biometrik 
parametrlarni 
qalbakilashtirishga asoslanadi. Masalan, bunga Hasan o’rniga yuzlari o’xshash bo’lgan 
Xusan autentifikasiyadan o’tishi yoki sifati yuqori bo’lgan foydalanuvchi yuz tasvirini 
uning fotosurati bilan almashtirib tizimni aldashini misol qilish mumkin.
b. Ma’lumotlar bazasidagi biometrik parametrlarni almashtirish. Ushbu hujum 
bevosita foydalanuvchilarni biometrik parametrlari (masalan, barmoq izi tasviri, yuz 
tasviri va hak.) saqlanyotgan bazadagi tanlangan foydalanuvchining biometrik 
parametrlarini hujumchining biometrik parametrlari bilan almashtishga asoslangan. 
REFERENCES 
1. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари 
ва уларнинг қўлланилиши // Тошкент, 2008, Б.-394. 
2. Ганиев С.К., Каримов М.М., Худойқулов З.Т., Кадиров М.М. Ахборот 
хавфсизлиги бўйича атама ва тушунчаларнинг рус, ўзбек ва инлиз тилларидаги 
изоҳли луғати // Тошкент 2017, Б.-480. 
5
Information Technology Security Evaluation Criteria (ITSEC), Provisional Harmonized Criteria (1991) Luxembourg: 
Office for Official Publications of the European Communities, 1991 ISBN 92-826-3004-8, Catalogue Number: CD-71- 91-
502-EN-C © ECSC-EEC-EAEC, Brussels ’ Luxembourg.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling