Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti yo’nalishi


MBBT(Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari) quyidagicha


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana11.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1260101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
301-guruh Abdalimova Malika

MBBT(Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari) quyidagicha 
tavsiflanadi: 
Minimalnaya povtoryaemost- Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma’lumot 
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; 
Yaxlitlik axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni 
asragan holda bo’lgani, ayni muddao; Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat 
berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat 
foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish 
huquqiga 
egalik 
qilishi 
mumkin; 
Migratsiya–ba’zi 
bir ma’lumotlar 
foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab 
asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi 
va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga 
murojaat qilish qulay bo’lsin. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har 
bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi: 
Ma’lumotlar tuzilmalarining turi; Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar; 
Butunlikning cheklanganligi. 
Ma’lumotlar. Belgili shaklda ifodalangan ob’ekt yoki ob’ektlarning 
muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi.Bu ma’lumotlar inson 
yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi va tegishli tarzda 
interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga 
yo‘naltirilgan mantiqiy ifodalanish haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga 
yo‘naltirilgan jismoniy ifodalanish haqida gapirish an’anaga aylangan. 
Ma’lumotlarning joylashuvi va xotira qurilmasida ularning o‘zaro aloqalari 
haqida gapirishdan oldin, o‘zigan xos ma’lumotlar modelini yaratgan holda, 
ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy darajada keltirish lozim.Shunday qilib, 
predmet sohasining barcha ob’ektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro 
aloqasi aniqlandi, ya’ni predmet sohasining ma’lumotlar modeli vazifalashtirildi. 
Ma’lumotlar modelining asosiy vazifasi saqlash ahamiyatlari bilan bog‘liq, 



chalg‘itadigan detallarsiz axborot kartinasini to‘liq namoyon etish imkonini 
berishdan iborat. U ma’lumotlar bankida saqlanayotgan har qanday ma’lumotni 
olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir. Hozirgi kunda 
inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan 
oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat 
taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni 
olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni 
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan 
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion 
texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, 
ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z 
vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. 
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra 
undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab 
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, 
ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar 
ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala 
uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar 
qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni 
qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari 
haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar 
bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari 
haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan 
boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir 
qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv 
yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki ,MB (ma’lumotlar bazasi) ni 
yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga 
bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki 



ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi 
lozim. 
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror 
programma tuzishga hojat qolmasin. 
Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal 
qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling