"-Kim yig'latdi sizni?
-Yig'labmanmi?
-Ko'zingiz, kiprikingiz....
-O'zi shunaqa..."
"O'tkan kunlar" romanidan
Javobni qarang! "O'zi shunaqa" emish! Yurakni sindirib soladigan javob bu! Otabekning dunyosini ostin-ustin qiladigan javob bu! Shu ikkitagina so'zga osmonga yetgulik dod-u faryodlar cho'kib turibdi! "Bundan keyin shundoq qiyofada yashash menga qismat endi", degani bu. "Siz tufayli diydasi giryonlar safiga qo'shildim", degani bu. "Yuzimning oftobi so'ndi, bundan buyon meni ko'z yoshlarim dengizidan topaverasiz endi", degani bu!
Asarlarda qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, ko'pincha qabul qilmayman, sababi ularni foydasiz deb bilaman. Lekin men asarda qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, o'z bilganimcha aytib chiqdim. Men aytgan fikrlar, ma'joziy ma'nolar mualifning hayoliga kelganmi kelmaganmi, bu yog'i biz uchun qorong'u, u faqat bor qahramonlari bilan davlat parokandalik sabablarinj aytib o'tmoqda. Men bo'lsam, o'zimnjng fikrimga o'zim qarshi chiqib, ma'joziy ma'nolarni sanab o'tdim, biroq... balki to'g'ridir...
Do'stlaringiz bilan baham: |