Information security - Axborot xavfsizligi. Axborotninig va axborot jarayonlarini amalga oshirish vositalarining ma'lum turdagi tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlardan himoyalanganlik holati
Information security service - Axborot xavfsizligini ta'minlash tizimi. Axborot xavfsizligini ta'minlovchi siyosiy, huquqiy, tashkiliy, texnikaviy va dasturiy tadbirlar, vositalar va meyorlar tizimi.
Information user - Axborot foydalanuvchisi. Axborot bilan biror axborot jarayonini amalga oshiruvchi sub'ekt (shaxs, tashkilot).
Information’s security - Axborotning xavfsizligi. Axborotning tasodifiy yo qasddan qilinadigan tahdidlarga qarshi pinxonalikni, butunlikni va qobillikni saqlab qolish xossasi.
Introducer - Vositachi. Ochiq kalitlarning o'z egasiga taalluqligiga kafillik berishga vakolatli shaxs yo tashkilot. PGP dasturida vositachilar ularning ochiq kalitiga ma'lum ishonch darajasi taqdim etish orqali tayinlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |