virtual funksiya asos sinf a’zosi hisoblanadi va voris sinfda qayta bir xil parametr asosida e’lon qilinadi.
virtual funksiya yaratish uchun, asos sinf ichida funksiya yaratilishi jarayonida virtual kalit so’zidan foydalaniladi.
Asos sinfda virtual funksiya e’lon qilingan bo’lsa, voris sinfda ushbu funksiya qayta e’lon qilinishi mumkin va o’z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda funksiya tanasi boshqacha yozilishi mumkin.
Ushbu qayta e’lon qilingan funksiyaning barcha parametrlari asos sinfdagi funksiya parametrlari bilan bir xil bo’lishi lozim, misol uchun: funksiya qaytarish tipi, argumentlar soni va tipi
Do'stlaringiz bilan baham: |