Axborot xavfsizligi” kafedrasi «Kalitlarni taqsimlash protokollari» mavzusida individual loyihasi 2 Raislar


Download 46.79 Kb.
bet3/14
Sana15.10.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1703933
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Vuzlit ru рефераты, курсовые, дипломные-fayllar.org

Individual loyiha оb`ekti – Ekranlashtirilgan shlyuz asosida qurilgan tarmoqlararo ekran.
Individual loyiha predmeti – Ekranlashtirilgan shlyuz asosida qurilgan tarmoqlararo ekran mavzusida loyihani mustahkamlash.
Individual loyiha maqsadi – Ekranlashtirilgan shlyuz asosida qurilgan tarmoqlararo ekran
Individual loyihadan kutilayotgan natija - Ekranlashtirilgan shlyuz asosida qurilgan tarmoqlararo ekran kompyuterlar xavfsizligini takomillashtirish.

I BOB. Kalitlarni boshqarish tushunchasi

    1. Boshlang`ich tushunchalar

Hozirgi kunda kriptografik tizimlar axborot xavfsizligini ta’minlashda eng


ishonchli vositalardan biri bo‘lib, elektron hujjat aylanish va elektron to‘lov
tizimlarida ERI shakllantirish va autentifikasiya masalalarini yechish uchun
foydalaniladi. Axborot-kommunikasiya tizimida ma’lumotlarni maxfiy yoki
konfidensial almashuv jarayoni uchun kriptografik tizimlar yaratish bilan bir
qatorda shu tizimda kalitlarni boshqarish masalasini ishonchli hal etish muhim
o‘rin tutadi. Chunki tanlangan kriptotizim qanchalik murakkab va ishonchli
bo‘lmasin, undan amalda foydalanish jarayonlari kalitlarni boshqarish masalasi
bilan bog‘liqdir. Agar ma’lumotlarning maxfiy almashinuvi oz sonli ishtirokchilar
bilan bo‘lsa, kalitlar almashinuvi jarayonida noqulayliklar tug‘ilmaydi. Ammo
axborot-kommunikasiya tizimida ma’lumotlarning maxfiy almashinuvi yuzlab,
minglab va hatto millionlab ishtirokchilar bilan bo‘lsa, kalitlarni boshqarishning
o‘ziga xos alohida muhim masalalari kelib chiqadi. Kriptografik tizimlarda asosiy tushunchalardan biri kalit tushunchasi hisoblanadi. Kriptografik kalitlar nosimmetrik kriptotizimlar uchun ochiq va maxfiy kalitlarning umumiy nomi bo‘lib, ERIni hisoblash yoki tekshirish, shuningdek shifrlash va dastlabki matnga o‘girish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligini ifodalaydi. Kriptografik almashtirishlarni amalga oshiruvchi shaxsgagina tegishli va ma’lum bo‘lgan kalit maxfiy kalit deb ataladi. Kalitlar haqidagi ma’lumot deganda, axborot-kommunikasiya kriptotizimida mavjud bo‘lgan barcha kalitlar to‘plami va ularning muhofazasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tushuniladi. Agarda kalitlar haqidagi ma’lumotlarni yetarli darajadagi ishonchli muhofazali boshqaruvi ta’minlanmasa, tabiiyki, raqib tomonga axborot-kommunikasiya tizimidagi deyarli ixtiyoriy ma’lumotni olish uchun to‘la imkoniyat tug‘iladi. Kalitlarni boshqarish kriptografik kalitlar va xavfsizlik bilan bog‘liq boshqa parametrlar (masalan, inisializasiyalash vektorlari va parollar)ni boshqarishni, shuningdek, ularni generasiya qilish, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga oladigan kalitlar hayotining to‘liq sikli davomida bajariladigan amallarni o‘z ichiga oladi.

Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling