1 – LABORATORIYA ISHI
MAVZU: TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI XAVFSIZLIK
SOZLAMALARINI O’RNATISH
Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi,
ishlash tamoyillari, masofadan
kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan
iborat.
Manzillash jadvali
Qurilma
Interfeys
IP-manzil
Tarmoq maska
Asosiy shlyuz
S1
VLAN 1
192.168.1.100
255.255.255.0
192.168.1.1
PC-A
Tarmoq adapteri 192.168.1.2
255.255.255.0
192.168.1.1
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line
Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar
keltirilgan:
–
Console
– Telnet yoki SSH
–
Port AUX
Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan
kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol
portidan foydalanishning
afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan
ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining
dastlabki konfiguratsiyasi
holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli
(RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga
oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish
uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854
da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro
ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada
ishlatiladi.