Axborot xavfsizligi nima?


Download 57.31 Kb.
bet10/18
Sana14.12.2022
Hajmi57.31 Kb.
#1003788
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
3-AMALIY

Yordamchi dasturiy tam’inot - asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp’yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir.



TDT
Asosiy DT
Yordamchi DT
Operatsion
tizim
Tarmoq OT


Tashxiz dasturlari
Arxivlash dasturlari
Antiviruslar
Tarmoq dasturlar


Operatsion tizim (OT)-komp’yuterni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur komp’yuterni va uning qurilmalarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqatni ta’minlaydi ya’ni tashkil qiladi, bajarish uchun boshqa (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Drayverlar OT imkoniyatlarini kengaytiradi jumladan, komp’yuterning kiritish-chqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printer va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Hozirgi kunda ko’plab OT mavjud: - MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95,98,2000, Windows XP, Windows NT va boshqalar. Windows 95,98, Windows NT lar grafik interfeysli operatsion tizim hisoblanadi chunki ular foydalanuvch bilan grafik tasvirlar yordamida muloqat qilish imkonini beradi.

Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shmcha operatsiyalarni bajarishga yoki komp’yuterga xizmat ko’rsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.

Amaliy dasturiy ta’minot (ADT) quyidagi dasturlardan iborat. 1. Muammoga yo’naltirilgan ADT. Unga quyidagilar kiradi. - buxgalteriya uchun DT; - bank axborot tizimlari; - soliq axborot tizimlari; - sug’urta axborot tizimlari; - personalni boshqarish DT; - jarayonlarni boshqarish DT va boshqalar. 2. Umumiy maqsadli ADT. Bular: - malumotlar bazasini boshqarish tizimlari; - matn muharrirlari; - grafik muharrirlari; - elektron jadvallar; - taqdimot qilish vositalari va boshqalar.


Download 57.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling