Tuzuvchi: Shoymardonov Muhammadamin Tekshiruvchi: Nig’matov Xikmatulla Mavzu: - Internet va internetda axborot xavfsizligi
Topshiriqlar: - 1. Internet tarmog’ining asosiy protokollari qanday ?
- 2. Internetda xavf va taxdidlar nimalardan iborat ?
- 3. Internet va internetda qanday tashkiliy ishlarni olib borish kerak ?
- 4. Informatsion xavfsizlikni aniqlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o’rnatilmagan qanday tartib qoidalar bor ?
1.Internet tarmog’ining asosiy protokollari qanday ? - Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
- Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
- Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
- 20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
- Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham)
- 80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
- 1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi
- Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
- 1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
- Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
2. Internetda xavf va taxdidlar nimalardan iborat ? - Ma’lumki internet tarmoqlararo informatsiya almashinuvini ta’minlavchi magistiraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manba’iga kirish, qisqa vaqt ichida ko‘plab ma’lumotlar yig‘ish ishlab chiqarishning va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin. SHu bilan bir qatorda internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib turmoqdagi begona kompyuterlarni boshqarish ularning ma’lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko‘chirish g‘arazli maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirsh mumkin. Internetda mavjud bo‘lgan ushbu xavf, axborot xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi.
- Bizning oldingi paragraflarda qayd etib o‘tganimizdek ixtiyoriy tarmoq xizmatini o‘zaro kelishilgan qoida (protokol) asosida ishlovchi juftlik «Server» va «Mijoz» dastur ta’minoti bajaradi. Ushbu protokollar miqyosida ham «Server», ham «Mijoz» dasturlari ruxsat etilgan amallarini (operatsiya) bajarish vositalariga ega. Masalan, NTTR protokoldagi formatlash komandalari Web sahifalarida joylashtirilgan tovush, vidio animatsiyalar va har xil aktiv ob’ektlar ko‘rinishidagi mikrodasturlar. Xuddi shunday ruxsat etilgan operatsiyalar, aktiv ob’ektlardan foydalanib internetda ba’zi bir noqonuniy harakatlarni oshirish tarmoqdagi kompyuterlarga va ma’lumotlar ba’zasiga kirish hamda ularga tahdid solish mumkin bo‘ladi.
Bu xavf va tahdid nimalardan iborat: - Tarmoqdagi kompyuterlarga ruxsatsiz kirish va uni masofadan turib boshqarish. Ularga sizning manfaatingizga zid bo‘lgan dasturlarni joylashtirish mumkin.
- Web sahifalarida joylashtirilgan «aktiv ob’ektlar» agressiv dastur kodlari bo‘lib, siz uchun xavfli virus yoki josus dastur vazifasini o‘tashi mumkin.
- Internetda uzatilayotgan ma’lumotlar yo‘l yo‘lakay aloqa kanallari yoki tarmoq tugunlarida tutib olinishi ulardan nusxa ko‘chirilishi, almashtirilishi mumkin.
Bu xavf va tahdid nimalardan iborat: - Davlat muassasasi, korxona faoliyati, moliyaviy ahvoli va uning xodimlari haqidagi ma’lumotlarni razvedka qilinishi o‘g‘irlashi va shu orqali sizning shaxsiy hayotingizga, korxona rivojiga tahdid solishi mumkin.
- Internetda e’lon qilinayotgan har qanday ma’lumot ham jamiyat uchun foydali bo‘lmasligi mumkin, ya’ni internet orqali bizning ma’naviyatimizga, madaniyatimizga va e’tiqodimizga zid bo‘lgan informatsiyalarni kirib kelishi ehtimoli ham mavjud.
3. Internet va internetda qanday tashkiliy ishlarni olib borish kerak ? - SHaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog‘iga hamda unda mavjud bo‘lgan axborot resurslarga tashqaridan internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va dasturviy usullardan foydalanish
- Tarmoqdagi axborot muloqat ishtirokchilari va ular kuzatayotgan ma’lumotlarni asl nusxasiga mosligini tekshirish.
- Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kiriptografiya usullaridan foydalanish
- Viruslarga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.
- SHaxsiy kompyuter va mahalliy kompyuter tarmog‘iga begona shaxslarni qo‘ymaslik va ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan nusxa olish imkoniyatlarini cheklovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
4. Informatsion xavfsizlikni aniqlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o’rnatilmagan qanday tartib qoidalar bor ? - axborot xavfsizlikni ta’minlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o‘rnatilmagan tartib qoidalar mavjud.
- Ular quyidagilar.
- 1. Hech qachon hech kimga internetdagi o‘z nomingiz va parolingizni aytmang
2 - Hech qachon hech kimga o‘zingiz va oila a’zolaringiz haqidagi shaxsiy hamda ishxonangizga oid ma’lumotlarni internet orqali yubormang.
3 - Elektron manzilingiz (E-mail)dan maqsadli foydalaning. Internet orqali dasturlar almashmang.
4 - Internetda tarqatilayotgan duch kelgan dasturlardan foydalanmang. Dasturlarni faqat ishonchli egasi ma’lum bo‘lgan serverlardan ko‘chiring
5 - Elektron pochta orqali yuborilgan «aktiv ob’ektlar» va dasturlarni ishlatmang, yoki qo‘shimchali o‘z-o‘zidan ochiluvchi sizga noma’lum arxiv holidagi ma’lumotlarni ochmang
6 - Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda ma’lumotlarni shifrlash zarur, ya’ni kriptografiya usullaridan foydalaning
7 - Egasi siz uchun noma’lum bo‘lgan xatlarni ochmang.
8 - Egasi ma’lum bo‘lgan va uning sifatiga kafolat beruvchi antivirus dasturlardan foydalaning va ularni muntazam yangilab boring
9 - Internetda mavjud bo‘lgan axborot resurslar va dasturlardan ularning mualliflari ruxsatisiz foydalanmang.
10 - tarmoqdagi begona kompyuter va serverlarning IP manzillarini aniqlash va shu orqali ruxsat etilmagan serverlar va axborot resurslarga kirish nusxa ko‘chirish, viruslar tarqatish kabi noqonuniy dasturlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmang, bu jinoyatdir
Foydalanilgan adabiyotlar - 1. Ҳ. Nigmatov “Axborot xavfsizligi”. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent. 2018.120 bet.
- 2. https://www.tami.uz/matnga_qarang.php?id=606 sayti
- 3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Internet sayti
The end
Do'stlaringiz bilan baham: |