Axborot xavfsizligini ta’minlashda amalga oshiriladigan dastlabki
Download 1.06 Mb.
|
1-Mustaqil ish
Qo‘riqchilar odatda asosiy kirish eshigi va darvozadan kiruvchilarni va xodimlarni nazorat etishga javobgar bo‘lib, xususan, ulardan begona shaxslarning tashkilot hududiga kirmasligini, turli taqiqlangan
buyumlarni olib kirmasligini ta’minlashi talab etiladi. Tashkilotdagi barcha kirish eshiklaridagi holatlar qo‘riqchilar tomonidan CCTV (Closed-circuit television) kameralar yordamida kuzatib boriladi va yozib olib ma’lum vaqtda saqlanadi. Tashkilotdagi qo‘riqchilar boshlig‘i. Tashkilotdagi qo‘riqchilar boshlig‘i qo‘riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda qo‘riqchilarga ko‘mak berish, olamonni tarqatib yuborish, binodagi qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga javobgar. Xavfsizlik xodimi tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni o‘rnatish, boshqarish va ularni to‘g‘ri ishlayotganini kafolatlashi shart. Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security Officer). O‘tgan davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi tashkilotdagi barcha xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, hattoki, tarmoq va tizim xavfsizligiga ham javobgar bo‘lgan. Hozirda esa, ushbu shaxslarga, asosan, texnik tomondan bilim va ko‘nikmalar berilishi talab etiladi. Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikatsiya usullari. Tashkilot hududida shaxslarni autentifikatsiyalash vazifasi o‘rta to‘siqlar vazifasini bajaruvchi turniketlar tomonidan yoki qo‘riqchilar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar ruxsatsiz fizik foydalanishlarni cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o‘zining xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda ularni tanlashi shart. Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng foydalanilmoqda: Mexanik qulflar: tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning eng oson usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo‘lishi mumkin. Mexanik qulflarga 4.19-rasmda misollar keltirilgan. 4.19-rasm. Mexanik qulflar Raqamli qulflar: raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror narsani (kalitni) olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki PIN koddan oson foydalaniladi. Elektr/ elektromagnetik qulflar: elektr yoki elektron qulflash tizimi elektr quvvatini kamaytirishga asoslangan bo‘lib, natijada eshik ochiladi. Ularni, odatda magnit yoki va elektromotor faollashtiradi va deaktivlashtiradi. Ushbu qulflar ochilishi uchun kalit talab etilmaydi. Kombinatsion qulflar raqam va simvollar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan maxfiy kodni kiritishni talab etadi. Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda qurilmalarini aniqlash moslamasi. Tashkilotlarda odatda shaxslar tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanerlar yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol tariqasida, metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (4.20-rasm). 4.20-rasm. X-Ray metall detektorlar Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon chegarani buzib o‘tuvchini tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin (4.21-rasm). 4.21-rasm. Qopqon Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling