Axborot xavfsizligining kreptografik usullarini o'rganish reja
Download 124.5 Kb.
|
Axborotni himoyalashning kriptografik usullari, kriptografiyanin-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari Kriptografi
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat. Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: • simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmеtriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning еchimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmеtriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari Kriptografiya — ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik. Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat bеradi. Kriptografiya tizimini sxеmatik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin: Bu еrda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali junatiladi (chizmada punktir chiziklar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mеxanizm simmеtriyali bir kalitlik tizimiga taalluklidir. Assimmеtriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxеmatik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin: Bu holda himoyalangan kanal bo‘yicha ochiq kalit jo‘natilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi. YOvuz niyatli shaxslar uz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim dеb aytiladi. Kriptotizimning mustaxkamligi uning kaliti bilan aniklanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vakt va mablag‘ talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling