O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI
«Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim » fakulteti
« Axborot xavfsizligi»talim yonalishi
105-22 guruh talabasi Sadullayev Boburning
Dasturlash fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ichma-ich joylashgan sikllar jarayonini tashkil etish
Bajargan: B.Sadullayev
Qabul qilgan: A.Tilepova
NUKUS 2022
Ichma-ich joylashgan sikllar jarayoni.
Ba’zan takrorlanish tuzilmalari ichma-ich joylashtilishi mumkin. Masalan, ekranida 0 soni aks etib turgan Oshiruvchi uchun quyidagi tuzilmani qaraylik:
TAKRORLANSIN 2 MARTA
1 ni qo'sh
TAKRORLANSIN 3 MARTA
2 ga ko'paytir
TAMOM
TAMOM
Bu tuzilma quyidagicha ishlaydi: birinchi qadamda tashqi TAKRORLANSIN 2 MARTA tuzilmasining birinchi qadami boshlanadi va ekrandagi 0 ga 1 qo‘shiladi; ikkinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining birinchi qadami boshlanadi, natija 1 ni 2 ga ko‘paytiradi; uchinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining ikkinchi qadami boshlanadi va natija 2 ni 2 ga ko‘paytiradi; to‘rtinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining uchinchi qadami boshlanadi va natija 4 ni 2 ga ko‘paytiradi, bu bilan ichki sikl ishini tugatadi; beshinchi qadamda tashqi TAKRORLANSIN 2 MARTA tuzilmasining ikkinchi qadami boshlanadi va natija 8 ga I ni qo‘shadi; oltinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining birinchi qadami boshlanadi va natija 9 ni 2 ga ko‘paytiradi; yettinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining ikkinchi qadami boshlanadi va natija 18 ni 2 ga ko‘paytiradi; sakkizinchi qadamda TAKRORLANSIN 3 MARTA tuzilmasining uchinchi qadami boshlanadi va natija 36 ni 2 ga ko‘paytiradi, bu bilan ichki sikl ishini tugatadi; lekin tashqi sikl ham 2 marta takrorlangani uchun u ham ishini tuga tadi va ekranda 72 soni aks etadi. Demak, tashqi siklning 1-qa- damida ichki siklning 1-, 2-, 3-qadami, tashqi siklning 2-qa- damida ham ichki siklning yana 1-, 2-, 3-qadami takrorlanadi.
Ichma-ich joylashgan universal tuzilmani ko‘raylik:
1 DAN 4 GACHA BAJAR
2 DAN 3 GACHA BAJAR
TAMOM
TAMOM
Bu tuzilmada ham tashqi sikl va ichki sikllar quyidagicha bajariladi: Agar sikllar ichida tokchalarning tartib raqamini ko‘rsatmoqchi bo'lsak, u holda tashqi sikl sanog‘i uchun bir harfni, ichki sikl sanog‘i uchun boshqa harfni olishimiz kerak bo‘ladi. Chunki, sanoq vaqtida har safar 1 qo‘shib boriladi. Agar tashqi va ichki sikllar uchun belgilash bir xil qilib к deb olinsa, quyidagicha xatolik ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |