Axborot xuruji


Download 428.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.11.2023
Hajmi428.33 Kb.
#1792904
1   2   3   4   5
Bog'liq
axborot-xuruji-tushunchasi-axborot-xurujlarining-manbalari-ularning-ijtimoiy-muhitda-amalga-oshish-usullari

MUHOKAMA VA NATIJALAR. 
“Axborot”, “huruj” va “axborot huruji” tushunchalarining ta’rifini berish va 
ularni o‘zaro bog‘lash orqali qo‘yilgan muammoni yanada chuqurroq tushunish, 
axborot xavfsizligini ta’minlash masalasining dolzarb ekanligini anglash mumkin. 
1
http://www.fvn2009.narod.ru/Manuscripts/information/information1.htm 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
751 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
Axborot so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, u arabcha “axbor”, ya’ni 
xabar so‘zidan olingan. Informatsiyaesa lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, 
«tushuntirish, xabar qilish, talqin etish» ma’nolarini anglatadi va namoyon bo‘lish 
shakllaridan qat’iy nazar biror narsa haqidagi ma’lumotni o‘zida namoyon etadi. 
Bugungi kunda axborot va informatsiya so‘zlari ko‘p hollarda yagona mazmunda 
ishlatilmoqda. 
Amerikalik muhandis, matematik va birinchilardan bo‘lib axborot nazariyasini 
yaratgan olim Shennon K. axborotni “oydinlashtirilgan mavhumlik”, - deya 
ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi 
bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo‘lgan narsalarni anglaydi, qo‘ygan 
savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga 
muvofiq axborot axborotlashtirish jarayonida qo‘llanuvchi axborot resursi
2
sanaladi. 
Mazkur malakaviy ish doirasida axborot deyilganida biror manbada qayd 
qilinuvchi, omma uchun qiziqarli bo‘lgan va qayta ishlanuvchi faktlar, hodisalar, 
voqealar yig‘indisini tushunish maqsadga muvoffiq.
Huruj deyilganida, biror tizimga nisbatan disfunksional yoki uning tartibini 
buzishga intiluvchi turli kuchlar va omillar mavjud bo‘lgan holat tushuniladi. 
Hurujlarning asosiy maqsadi tizimning faoliyatini tartibsizlik holatini keltirish orqali 
buzishdan iborat. Ular kelib chiqish manbasiga, amalga oshiruvchi kuchlariga va 
qaysi ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishiga, shuningdek, ta’sir xavfi hamda rivojlanish 
darajasiga ko‘ra farqlanadi
3
. Aniqroq qilib aytganda, vaqt omili hisobidan hurujning 
xavfi va tizimga nisbatan ta’siridan kelib chiqib uni buzish ehtimoli nazarda tutiladi. 
Axborot huruji” deyilganida muayyan kuchlarning o‘z siyosiy maqsad va 
muddaolarini amalga oshirish yo‘lida eng avvalo mafkuraviy omillar, shuningdek, 
moddiy va ma’naviy ta’sir o‘tkazish orqali kishilar ongi, qalbiga yot g‘oyalarni 
singdirishni, ularning hissiyotlari, e’tiqodi, tuyg‘ulariga ta’sir etishni, turmush tarzi, 
mentalitetidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zlovchi xatti-harakatlar majmuasi 
tushuniladi. Davlatning o‘z jamiyati xavfsizligini ta’minlashi vazifasi nuqtai 
nazaridan olganda, axborot hurujlari axborot xavfsizligini buzish xavfini solgan 
sharoit va ijtimoiy omillar yig‘indisidir
4

Bugun axborot hurujlari orqali o‘z g‘oyalarini singdirish va jamiyat a’zolarini, 
ayniqsa, yoshlarni o‘z izmiga solish ko‘p kuzatilayotgan holat bo‘lib qolmoqda. 
Axborot hurujlari bugungi kunda globallashuv jarayoniga qo‘shilgan har bir davlat va 
2
Закон Республики Узбекистан "Об информатизации"(от 11 декабря 2003 г.)http://www.lex.uz 
3
Общая теория безопасности (актуальные методологические и социально-политические проблемы). – М, 1994. 
4
http://ru.wikipedia.org/wiki/ 



Download 428.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling