Axborotlar ustida bajariladigan amallar
Download 90.02 Kb.
|
Axborotlar ustida bajariladigan amallar
saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalandingiz.
Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim: ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi; to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin» degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma’lum; ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi» degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Biror bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi unin g bizning talablarimizga javob bera olmasligiga, qisqacha aytganda, bu axborotdan foydalanib bo‘lmasligiga va nihoyat, saqlab qo‘yish uchun arzimasligiga asos bo‘ladi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa xususiyatlari ham bo‘lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tish joiz. Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham bilish zarur. Masalan, «2008yilda daftarga tomoni 5 ta katakka teng bo‘lgan kvadrat qizil rangda chizilgan. Uning yuzini hisoblang » masalasi uchun kvadrat tomonini bilish yetarli, lekin «2008yilda » va «qizil rangda» kabi qo‘shimchalarning berilishi ortiqcha axborotdir. «Tomoni 10 ga teng kvadratni perimetri 3 ga teng bo‘lgan nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bilan to‘ldirish mumkinligini aniqlang» masalasiga qo‘shimcha «tomonlari butun son bo‘lgan» izohining berilishi masalaning yechilishini ham osonlashtiradi, ham aniqlashtiradi (ikkala holda ham masalaning yechimini toping!). I bob. Axborot Aytib o‘tilganidek, kerak bo‘lganda foydalanish uchun axborotlarni saqlab qo‘yish kerak. Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi Download 90.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling