Axborotlar va ularning xossalari


Download 21.37 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi21.37 Kb.
#1838020
  1   2
Bog'liq
Axborot va uning turlari.


Axborot va uning turlari. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini tushuntiring.

Reja:
1. Axborot haqida asosiy tushunchalar va ta’riflar.


2. Axborotlar turlari
3. Axborotlarning aynan moslik shakllari
4. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlari

1. Xalq xo’jaligini, xususan qishloq xo’jalik ishlab-chiqaripshni boshqarishda axborotning ahamiyati katta bo’lib, axborot inson uchun suv va xavodek zarurdir.


Faraz qilib ko’ring, siz yopiq yorug’liksiz butunlay siniq yuzalik fazoga tushib qoldingiz. Bu erda o’zingizni juda noqulay sezasiz. Voqelikni o’rab turgan vaqt, fazo xaqidagi axborotning yo’qligi inson uchun notabiiydir. Inson ko’radi, eshitadi, xidlarni sezadi. Insonning sezgi a’zolari tashqi dunyo xaqida axborot olish uchun xizmat qiladi.


Axborot-bu ob’ektivlikning, voqelikning jarayoni, xususiyati va xolati xaqida xabar bo’lib, inson miyasi tomonidan o’zlashtiriladi. Masalan, yosh go’dak biror issiq narsani ko’rsa, dastlab ko’rmasdan o’shlaydi, lekin qo’li kuygandan so’ng, bu narsani umrbod yodida saqlaydi va ikkinchi bor bunday qilmaydi.


Insonning butun faoliyati u yoki bu xolda axborotni olish va foydalanish bog’langan. Кitobni o’qiyotganda, rasmni qarab chiqayotganda biz eslab qolamiz va yig’amiz. Har qanday masala echayotganimizda biz axborotni ishlaymiz, ya’ni masala shartida keltirilgan ma’lumotlarni o’rganib, uni echamiz. Axborot termini lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, bayon qilish, xabar berish ma’nosini anglatadi. Materialistik falsafa nuqtaiy nazaridan axborot mavjud dunyoni xabarlar, bildirishlar yordamida yoritishdir. Xabar-bu axborotlarning so’z, matn, tasvir, sonli ma’lumot, grafik va jadval ko’rinishidagi shaklidir. Кeng ma’noda axborot-bu odamlar o’rtasida xabar almashishni, signallarni tirik va notirik tabiat, odamlar va qurilmalar o’rtasida almashishni o’z ichiga oluvchi umumilmiy tushunchadir.
Axborot-atrof muxit xodisalari va ularning o’lchamlari, xossalari va xolatlari xaqidagi xabarlardir. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda ma’lumotlar ham ishlatiladi. Axborotlar va ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi. Ma’lumotlar - qandaydir sabablarga ko’ra ishlatilmaydigan faqat saqlanadigan belgilar yoki yozilgan kuzatishlar sifatida qaraladi. Nimadir xaqida noaniqliqlarni kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni ishlatish zaruriyati paydo bo’lgan xolatda ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun ham ishlatiladigan ma’lumotlarni axborot deb tasdiqlash mumkin.
2. Jamiyat tarraqqiyoti o’zgaruvchan va uzluksiz harakterga ega. Demak, hamma narsa o’zgarib turadi. Bu jarayonlarni bayon etuvchi axborotlar ham uzluksiz va diskret ko’rinishda bo’ladi. Masalan: uzluksiz kattalikni harakterlovchi kattalik inson tanasining temperaturasi, yo’lning ma’lum qismida ma’lum vaqida avtomobilning harakat tezligi. O’zgaruvchi kattalikni harakterlovchi belgilar ketma-ketligi bu axborotlarning diskret shaklidir. Masalan: ishchi ish smenasining dastlabki bir soatida 20 ta, ikkinchi soatiada 25 ta, uchinchi soatida 20 ta detal ishlaydi.
Atrofimizni o’rab turgan ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha guruxlash mumkin. Masalan: biologik, geografik, iqtisodiy axborotlar.
Axborotlarning muxim turlaridan biri iqtisodiy axborotlardir. Uning farqli xususiyati - kishilar kollektivini, tashkilot va korxonalarni boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidir. Iqtisodiy axborotlar moddiy manfaat va xizmatlarni is’temol qilish va almashish, taqsimlash jarayonlarini kuzatadi. Uning anchagina qismi jamoat ishlab - chiqarishi bilan bog’langan va ishlab-chiqarish axboroti deb ham atalishi mumkin.

Iqtisodiy axborotlar - ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish doirasida kishilar kollektivi va jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiluvchi hamda sosial-iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar, xabarlar to’plamidir.


3. Axborot bilan ishlaganda hamma vaqt uning manbai va is’temolchisi bo’ladi. Axborotlar manbaidan uning is’temolchilariga etkazishni ta’minlash jarayoni va yo’llari axborot komunikasiyasi deb ataladi. Axborot-is’temolchilari - uchun - juda - muxim kriteriyalardan - biri - uning - jarayonni - aynan - mos ravishda yoritishidir (adekvantnost). Bu real ob’ekt, jarayon, xodisa xaqida olingan axborot yordamida ob’ekt yoki jarayonga nisbatan aniq darajadagi moslikni yaratishdir. Xaqiqiy xayotda hamma vaqt ham jarayonni aynan o’ziday yorituvchi axborotlarga ega bo’lish juda qiyin masaladir. Hamma vaqt ham ma’lum darajadagi noaniqliqlar mavjud bo’ladi. Axborotlarning aynan mosligi uch shaklda bo’lishi mumkin: Sintaktik moslik, semantik(mazmunan) moslik va pragmatik moslik. Sintaktik moslikda axborotni formal-sxematik tavsifnomasini yoritib, ma’no va mazmuniga e’tibor berilmaydi. Semantik moslikda axborotlarning ma’nosi va mazmuni hisobga olinadi. Pragmatik moslikda axborot bilan uning is’temolchisi o’rtasidagi munosabat yoritaladi. Bunda axborotning qimmatbaholigi, aniqligi va sifatliligi hisobga olinadi.


4. Uzunlik, massa, vaqt o’lchov birliklari bo’lgani kabi axborotlarning ham o’lchov birliklari mavjud. Axborotlar bitlarda o’lchanadi. Bir bitda 0 yoki 1 belgisi bo’lishi mumkin. Sakkiz bit bir baytni tashkil etadi. Har bir bayt bir ma’noni yoki belgini anglatadi. Кompyuterda ishlatiladigan har bir belgi ikkilik kodlar yordamida ifodalanadi.
Axborotlarni o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi katgaroq birliklardan ham foydalaniladi.
1 bayt - 8 bit 1 mbayt - 1024 kbayt
1 kbayt - 1024 bit 1 gbayt - 1024 mbayt

Biz fizik kattaliklarni o’lchashga o’rganib qolganmiz. Кilometr yoki kilogrammni darrov tushunamiz. Xuddi shuningdek Кilobayt, megobayt yoki gegobaytni tushunishga harakat qilamiz. Masalan darslikning bir betiga 50 taga yaqin satr, har bir satrga taxminan 60 belgi joylashadi. Shunday qilib, darslikning bir beti 3000 bayt xajmga ega bo’lishi mumkin. 200 saxifali darslik o’rtacha 550 kilobayt xajmdagi axborotga ega bo’lishi mumkin. To’rt betlik ro’znomada 150 kbaytgacha xajmdagi axborot bo’lishi mumkin. 1,5 soatlik rangli film 135 gegobayt axborotga ega.


5. Har qanday turkumlanish ham hamma vaqt nisbiydir. Har bir ob’ekt turli belgi va kriteriyalar bo’yicha turkumlanishi mumkin. Shunday xolatlar uchraydiki tashqi muxit sharoitlariga bog’liq xolda ob’ektni turli turkum guruxlariga qo’shish mumkin. Turkumlanish asosida 5 ta asosiy kriteriya yotadi: paydo bo’lish joyi, qayta ishlanish davri, tasvirlash, yoritish imkoniyati, barqarorligi, boshqarish funksiyasi.
Paydo bo’lish joyi belgisi bo’yicha axborotlarni kiruvchi, chiquvchi, ichki va tashqi axborotlarga bo’lish mumkin.
Qayta ishlanish davriga nisbatan axborotlar boshlang’ich, ikkilamchi, oraliq, natijaviy bo’lishi mumkin.
Tasvirlash, yoritish imkonida axborotlar matn yoki grafik xolatda tasvirlanishi mumkin.
Axborotlar barqarorligi jixatidan o’zgaruvchi va doimiy (shartli-doimiy) bo’lishi mumkin.
Boshqarish funksiyasi bo’yicha odatda faqat iqtisodiy axborotlar turkumlanadi. Reja axborotlari - kelajak davr uchun ob’ektni boshqarish o’lchamlari xaqidagi ma’lumotlardir. Masalan: xo’jalikning maxsulot etishtirish rejasi, maxsulot etishtirishdan olinadigan daromad rejasi. Me’yoriy ma’lumotli axborot-turli me’yoriy va ma’lumot beruvchi xujjatlar xaqidagi ma’lumotlardir. Кo’pincha ular uzoq muddat o’zgarmaydi:

Hisobot beruvchi axborotlar - bu xo’jalik faoliyatining ma’lum bir davriga tavsifnoma beruvchi axborotlar.





Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling