Axborotlarga ishlov berishni algoritmlash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
-mavzu: Graflar bilan ishlash uchun algoritimlar
Download 153.41 Kb.
|
Chiziqli dasturlash
10-mavzu: Graflar bilan ishlash uchun algoritimlar
Eng qisqa masofani aniqlash misolini ko’rib chiqaylik. Shahar viloyatlarini birlashtiruvchi avtomobil yo’llari tarmog’I berilgan bo’lsin. Ba’zi yo’llar bir tomonlama. Shahar markazidan har bir viloyatga eng qisqa yo’lni topishimiz zarur. Keltirilgan masalani yechishda Deykstraning algoritmidan foydalanishimiz mumkin. Algoritm graflarga asoslangan bo’lib, u 1959 yil niderlandiyalik olim E. Deykstra tomonidan yaratilgan. U grafning bitta uchidan boshqa uchlarigacha eng qisqa masofani aniqlaydi, bunda grafning quvurg’alari manfiy og’irlikka ega bo’lmasligi lozim. Bizdan birinchi uchdan qolganlariga borishning qisqa masofasini toppish talab qilinsin. Doiralar shaklida uchlar, chiziqlar shaklida ular orasidagi yo’l (grafning qovurg’alari) tasvirlangan. Doiralar ichida uchlarning nomerlari, qovurg’alar ostida ularning og’irligi – yo’l uzunligi berilgan. Har bir uchning yonida qizil belgi bilan shu uchga birinchi uchdan eng qisqa masofa uzunligi belgilangan. 1–uchning belgisi 0 ga teng deb hisoblanadi, qolgan uchlarning belgilari yetib bo’lmas darajada juda katta sonlardan iborat. Bu 1–uchdan boshqalarigacha bo’lgan masofa hali noma’lumligiki ko’rsatadi. Grafning barcha uchlari ko’rilmagan deb belgilanadi. Minimal belgiga 1–uch ega. Uning qo’shnilari 2, 3 va 6 uchlar. Uchning qo’shnilarini navbat bilan ko’rib chiqamiz. 1–uchning birinchi qo’shnisi 2–uch, chunki ungacha bo’lgan masofa minimal. 1–uch orqali ungacha bo’lgan masofa 1–uchgacha bo’lgan qisqa masofaning summasiga teng, 1–dan 2–ga boruvchi uning belgisi va qovurg’asi uzunligiga, ya’ni 0+7=7. Bu 2–uchning joriy belgisidan (10000) kichik, shu sababdan ham 2–uchning yangi belgisi 7 ga teng. Shunga mos ravishda qolgan qo’shnilar (3 va 6 uchlar) uchun ham yo’l uzunligini aniqlaymiz. 1-uchning barcha qo’shnilari ko’rib chiqildi. 1-uchgacha joriy minimal masofa yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi. 1-uch ko’rib chiqildi deb belgilanadi.Birinchi qadam takrorlanadi. Ko’rib chiqilmagan uchlardan “yaqini”ni topamiz. Bu 2-uch belgisi 7 ga teng. Yana tanlangan uchning qo’shnilari belgilarini kamaytirishga harakat qilamiz, bunda ularga 2-uch orqali o’tamiz. 2- uchning qo’shnilari 1, 3 va 4 uchlar. 1-uch ko’rib chiqilgan, shu sababdan 3-uch ko’rib chiqilmagan va uchlar ichida minimal belgiga ega. orqali borilsa, u holda bu yo’lning uzunligi 17 (7+10=17)ga teng bo’ladi. Ammo 3-uchning joriy belgisi 9 ga teng, ya’ni 9<17, shu sababdan belgi o’zgarishsiz qoladi. Shu tarzda 1-uchdan 5-uchga eng qisqa masofa 1 – 3 – 6 – 5 uchlari orqali bo’ladi. Shu yo’l orqali biz 20 ga teng minimal og’irlik yig’amiz. Minimal masofa haqida xulosaga keladigan bo’lsak. Har bir uch uchun yo’l uzunligini bilamiz va endi uchlarni oxirdan ko’rib chiqamiz. Yakuniy uchni ko’rib chiqamiz (bu holatda 5-uch). U bilan bog’langan barcha uchlarni ham ko’rib chiqamiz, yakuniy uch yo’li uzunligidan mos qovurg’aning og’irligini ayirgan holda yo’l uzunligini topamiz. Bizda 5-uch yo’l uzunligi 20. U 6 va 4 uchlar bilan bog’langan. 6- uch uchun 20-9=11 og’irlikka ega bo’lamiz (mos tushdi). 4-uch uchun 20-6=14 og’irlikka ega bo’lamiz (mos tushmadi). Agar natijada biz ko’rilayotgan uchning (joriy holda 6-uch) yo’l uzunligiga mos qiymatga ega bo’lsak, u holda yakuniy uchga o’tish aynan o’sha uchdan amalga oshirilgan bo’ladi. Bu uchni qidirilayotgan yo’lda belgilan qo’yamiz.-uchga qaysi qovurg’a orqali kelganimizni aniqlaymiz. Va shu holda toki boshiga chiqmagunimizcha davom qildiramiz. Agar bunday kuzatish natijasida bizda qaysidir qadamda bir nechta uchlar uchun bu qiymat mos tushsa, u holda ulardan ixtiyoriy birini olish mumkin – bir necha yo’llar bir xil uzunlikka ega bo’ladi. Shu tarzda 1-uchdan 5-uchga eng qisqa masofa uchlari orqali bo’ladi. Shu yo’l orqali biz 20 ga teng minimal og’irlik yig’amiz. Minimal masofa haqida xulosaga keladigan bo’lsak. Har bir uch uchun yo’l uzunligini bilamiz va endi uchlarni oxirdan ko’rib chiqamiz. Yakuniy uchni ko’rib chiqamiz (bu holatda 5-uch). U bilan bog’langan barcha uchlarni ham ko’rib chiqamiz, yakuniy uch yo’li uzunligidan mos qovurg’aning og’irligini ayirgan holda yo’l uzunligini topamiz. Bizda 5-uch yo’l uzunligi va uchlar bilan bog’langan. 6- uch uchun 20-9=11 og’irlikka ega bo’lamiz (mos tushdi). 4-uch uchun 20-6=14 og’irlikka ega bo’lamiz (mos tushmadi). Agar natijada biz ko’rilayotgan uchning (joriy holda 6-uch) yo’l uzunligiga mos qiymatga ega bo’lsak, u holda yakuniy uchga o’tish aynan o’sha uchdan amalga oshirilgan bo’ladi. Bu uchni qidirilayotgan yo’lda belgilan qo’yamiz.uchga qaysi qovurg’a orqali kelganimizni aniqlaymiz. Va shu holda toki boshiga chiqmagunimizcha davom qildiramiz. Agar bunday kuzatish natijasida bizda qaysidir qadamda bir nechta uchlar uchun bu qiymat mos tushsa, u holda ulardan ixtiyoriy birini olish mumkin – bir necha yo’llar bir xil uzunlikka ega bo’ladi. Download 153.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling