Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui Axborotni bevosita qayti ishlash qoidasi


Download 29.99 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi29.99 Kb.
#1649232

Reja:

  1. Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui

  2. Axborotni bevosita qayti ishlash qoidasi

  3. O‘rin almashtirish. Ma‘lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirilish



Komp’yuterda modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi. Model tushunchasi, maqsadi. Komp’yuterli modellashtirish. Komp’yuterli modellarning qo’llanish sohalari. Algoritm tushunchasi, uning xossalari va tasvirlash usullari. 1. Model tushunchasi, maqsadi. 2. Komp’yuterli modellashtirish. Komp’yuterli modellarning qo’llanish sohalari. 3. Algoritm tushunchasi, uning xossalari va tasvirlash usullari. Mavzunnig maqsadi: Modellashtirishni o‘rgatish. Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyishqilish hamda devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish. Tayanch iboralar: Fizik model, matematik model, fizik-kimyoviy modellar, iqtisodiy modellar, GES, tirik organizmlar, iqtisodiy jadvallar. 1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘ladi. 2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib,tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. 3. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaygadan hosil qilishdir. 4. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab 6 chiqarish jarayonining shakllanishini ko‘rsatishga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalanidadi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini taxlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modella rdan foydalaniladi. Biologik hodisalarniig matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni tahkidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba‘zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Model (lot.modulus-o‘lchov, meyyor) biror ob‘yekt yoki ob‘yektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli-globus, osmon va undagi yulduzlar modeli -planyetariy ekrani,pasportdagi sur‘atni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatning farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish,tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan.Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutahassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan hossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya‘ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi.Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi-bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi. Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va 7 boshqalarga halaqit etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijasining aniqligiga ta‘sir etadi. Modellashtirish-bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadbiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashterish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik, va biologik guruhlar. Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematikmantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajerlar va shu kabilar kiritiladi. Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 1. Fizik model. Tekshiralayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘ladi. 2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. 3. Biologik modellar Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o‘rganiladi. Biologik modelda har hil 8 usullar genetik apparatga ta‘sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba‘zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo‘lgan garmonlarni kiritish va boshqa usullar qo‘llaniladi. bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmakologiya sohasidagi bilimlar tadbiq qilinadi. 4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 5. Iqtisodiy model taxminan XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F.Kenening ‗‘Iqtisodiy jadvallar‘‘ ida birinchi marta ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatishga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har hil modellaridan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq ho‘jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‘armalar, investisiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq ho‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarini tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyutyerda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba‘zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarini yechishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jihatdan ifodalash, 9 so‘ngra bog‘liqligini o‘rganish imkoniyatini beradi. Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. Matematik model deb o‘rganilayotgan ob‘yektni matematik formula yoki algoritm ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog‘lanishga aytiladi. Kompyuter ixtiro etilgandan so‘ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so‘ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning haqiqiy imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda ob‘ek, ya‘ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o‘tkazila boshlandi. Kosmik kemalarning harakat trayektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning kompyutyerda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini tasdiqlaydi. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o‘tkazish haqiqiy ob‘yektni tajribada tadqiq etish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob‘yekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyutyerda o‘tkazilgan hisoblash tajribasi o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyutyerda hisoblash tajribasini o‘tkazish yo‘li bilan yadroviy urushning iqlimga ta‘siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g‘olib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o‘zgarishlar, ya‘ni haroratning keskin o‘zgarishi, atmosferaning changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishining ro‘y berishi, xatto, Yer o‘z o‘qidan chiqib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modelashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalar sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model 10 tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi. Matematik modelni tahlil qilish o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o‘rganish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich— modelning asosiy ob‘yektlarini bog‘lovchi qonunlarni ifodalash. Ikkinchi bosqich—modeldagi matematik masalalarni tekshirish. Uchinchi bosqich— modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishni aniqlash. Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob‘yektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqlash. To‘rtinchi bosqich—o‘rganilayotgan hodisa haqidagi ma‘lumotlarni jamlash orqali modelning navbatdagi tahlilini o‘tkazish va uni rivojlantirish, aniqlashtirish. Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob‘yektni dastlabki o‘rganish asosida modelni tajriba orqali va nazariy tahlil qilish, natijalarni ob‘yekt haqidagi ma‘lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi. Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So‘ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko‘rinishida yozilgan funksional bog‘lanish hosil qilinadi. Aytib o‘tilganlarni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. O‘ylagan sonni topish masalasi (matematik fokus). Talabalarga ixtiyoriy sonni o‘ylash va u bilan quyidagi amallarni bajarish talab etiladi: 1. O‘ylangan son beshga ko‘paytirilsin. 2. Ko‘paytmaga bugungi sanaga mos son(yoki ixtiyoriy boshqa son) qo‘shilsin. 3. Hosil bo‘lgan yig‘indi ikkilantirilsin. 4. Natijaga joriy yil soni qo‘shilsin. Olib boruvchi biroz vaqtdan so‘ng talaba o‘ylagan sonni topishi mumkiligini ta‘kidlaydi. Ravshanki, talaba o‘ylagan son matematik fokusga mos model yordamida aniqlanadi. Masalani rasmiylashtiramiz: X-o‘quvchi o‘ylagan son, Uhisoblash natijasi, N-sana, M-joriy yil. 11 Demak, olib boruvchining ko‘rsatmalari: U=(X5+N) -2+M formula orqali ifodalanadi. Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo‘lib xizmat qiladi va X o‘zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi. Tenglamani echamiz: X=(U-(M+2N))/10 Ushbu formula o‘ylangan sonni topish algoritmini ko‘rsatadi. Tayanch iboralar: model, modellashtirish, matematik modellashtirish Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma‘lumotlar modeli deb ataladi. Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muammolarini o‘rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladi). Hozirgi kunda kompyutyerda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Kompyutyerda modellashtirish texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi. Kompyutyerda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilish yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium prosessorli kompyuterlarda o‘rganilayotgan jarayonlar modellarining turli ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h.k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko‘rinishida saqlash va undan bir necha marta foydalanish mumkin. Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin: 12 4. Geometrik yo‘nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometrik ob‘yektlarning hossalarini o‘rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi. 2. Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro‘y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyutyerda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi. 3. Uchinchi yo‘nalish—kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish—kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyutyerda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o‘ynaydi. Ma‘lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak: 1. Soddalik. Ma‘lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega bo‘lishi lozim. 2. Yaqqollik. Ma‘lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak. 3. Qismlarga bo‘linishi. Ma‘lumotlar modeli ma‘lumotlar omborida oddiy o‘rin almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 4. O‘rin almashtirish. Ma‘lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 5. Erkinlik. Ma‘lumotlar modeli aniq bo‘lakchalarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta‘minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy ob‘yektning ba‘zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi holos. Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish 13 natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalakit etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligi ta‘sir etadi. Modellashtirish-bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosbatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrak, fizik va biologik guruhlar. Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi. Misol tariqasida qishloq ho‘jalik masalasiga matematik model tuzishni ko‘rib chiqamiz. 1.Masala. Rejalashtirilgan hosildorlik 30 s./ga., suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti 200 m3/s bo‘lsa, suvga bo‘lgan ehtiyoj quyidagiga teng: Qo‘yilgan masalaga model tuzishda birinchi navbatda kerakli belgilashlarni kiritib olamiz:  Rejalashtirilgan hosildorlikni U deb belgilaymiz.  Suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti Ku deb belgilaymiz.  Suvga bo‘lgan ehtiyojni E deb belgilaymiz va formula holiga keltiramiz. Rejalashtirilgan hosildorlikni U ni suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti Ku ga 14 ko‘paytirilganda suvga bo‘lgan ehtiyoj E ni topamiz: E=U Ku; Demak E=30*200+6000 m3/ga. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq ho‘jaligi modellar yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‘armalar, investisiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq ho‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi. Dars jarayonida kompyutyerdan foydalanishning muhim yo‘nalishlaridan biri—hodisa va jarayonlarni kompyuter yordamida modellashtirish. Fizikada o‘rganiladigan qonuniyat va jarayonlarni modellashtirishni bir necha turga ajratish mumkin: • harakatning turli ko‘rinishlarini (tekis, notekis, tekis tezlanuvchan va h.k.) modellashtirish; • funksional bog‘lanishli jarayonlarni modellashtirish; • inson bevosita kuzata olmaydigan jarayonlarni (masalan, gaz molekulalarining Braun harakati, diffuziya hodisasi va h.k.) modellashtirish. Fizika darslarida jarayonlarni modellashtirish o‘rganilayotgan materialning ko‘rgazmaliligini va bayonning ilmiy-nazariy mohiyati darajasini oshiradi, talabalardagi dunyoqarashni kengaytiradi, shakllanishini, ularning fikrlashini rivojlantiradi. Modellashtirish kompyutyerda masalani yechishning bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Fizik jarayonni o‘rganuvchi aniq bir modelni ko‘rib chiqamiz. Masala.Yer atrofida ma‘lum (h km) balandlikda harakat qilayotgan Yerning sun‘iy yo‘ldoshi tezligiga ko‘ra uning qaysi orbita bo‘ylab harakat qilayotganligini aniqlovchi modelni yarating. Masalani yechish uchun undagi asosiy parametrlar, ya‘ni sun‘iy yo‘ldoshning Yerdan balandligi—h (km) va uning Yer atrofida doira bo‘ylab (RerQN) 15 qiladigan harakatiga ko‘ra uning V (km/s) tezligi hisoblanadi. Fizikada Yer sun‘iy yo‘ldoshining birinchi kosmik tezligi VqS+R(gR) formula orqali aniqlanadi. Bu yerda RqR+H, R—Yerning radiusi (6400 km)— doimiy kattalik, g— Yer sirtida erkin tushish tezlanishi (9,8 m/sek ga teng). Berilgan qiymatlarga ko‘ra V ni topish juda oson. Natijani topish uchun biror dasturlash tilida (masalan, Beysikda) dastur tuzib olish mumkin. Beysik tilidagi dastur ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 10 INPUT «Sun‘iy yo‘ldoshning balandligini kiriting»; N 20 G=9.8: R1+6400 30 LET R=R1+H 30 LET V=S+R (G*R) 40 PRINT «Sun‘iy yo‘ldoshning tezligi-«; V 50 IF V7.99 THEN PRINT «Sun‘iy yo‘ldosh 3-traektoriyadan harakatlanadi» 70 END Sun‘iy yo‘ldoshning tezligi 7,99 km/s dan kichik bo‘lsa, u 1-traektoriya bo‘ylab harakat qiladi, 7,99 km/s ga teng bo‘lsa, 2-traektoriya bo‘yicha, 7,99 km/s dan katta bo‘lsa, 3-traektoriya bo‘yicha harakat qiladi. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosbatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Algoritm tushunchasi, uning xossalari va tasvirlash usullari. 16 Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi. Har qanday qo‘yilgan masalani kompyuterda echish uchun oldin uning echish usulini tanlab, keyin uning algoritmini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, hech bir masala yo‘qki uning echilish yo‘llarini bilmasdan va algoritmini tasavvur qilmasdan turib uni kompyuterda echib bo‘lmaydi. 2.Algoritm va uning xossalari. Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi. Ta’rif. Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi. Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu o‘rsatmalarga buyruq deyiladi. Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega: Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi. Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi. Natijaviylik - deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi. Diskretlik - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi. 1. Model tushunchasi nima? 2. Modellashtirish tushunchasi nima? 3. Modellashtirishning mohiyati qanday tushunasiz? 4. Kompyutyerda moddelashtirish nima uchun kerak? 5. Matematik model deganda nimani tushunasiz? 6. Matematik model qaysi sohada qo‘llaniladi? 7. Matematik modelning samaradorligini nima tasdiqlaydi? 17 8. Matematik modellashda nima modellashtiriladi? 9. Matematik modelni tahlil qilish nimalarga olib kelishi mumkin? 10. Hodisalarni matematik model orqali o‘rganish necha bosqichda amalga oshiriladi? Bosqichlarni sanab o‘ting. Adabiyotlar: 1.Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. T.: O‘qituvchi. 2003.256 b. 2.AbduqodirovA.A., HayitovA.G‘., SHodievR.R. Axborottexnologiyalari. T.: O‘qituvchi. 2002. 144 b. 3. KenjabaevA.T. ―Axborotlashtirishmilliytiziminishakllantirishmuammolari‖. T.: IbnSino, 2004. 4. G‘ulomovS.S. vaboshqalar. Axborottizimlarivatexnologiyalari. Toshkent, "SHarq", 2000. 2-ma’ruza (2 soat) Dasturlash tillari. C++ dastur tili muhiti va unda ishlash. Reja: 1. C++ dasturlash tili haqida 2. C++ tilining alifbosi 3. Ma’lumotlarning tiplari 4. C++ tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslar 5. Sonlar, arifmetik amallar va ifodalarni yozish C++ dasturlash tili haqida C++ dasturlash tili C ning rivojlangan varianti sanaladi. O‘z navbatida, C dasturlash tili BCPL va B tillari asosida ishlab chiqilgan. BCPL tili 1967-yili Martin Richard tomonidan yaratilgan. C dasturi dastlab Denis Ritchi tomonidan rivojlantirildi va ilk bora 1972-yil DEC PDP-11 kompyuterida sinaldi. Dastlab C dasturi Unix operatsion tizimida 18 qayta ishlovchi til sifatida mashhur bo‘ldi. Bugungi kunda ko‘pgina operatsion tizimlar va ularga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot C va C++ dasturlarida ishlab chiqilmoqda. C dasturlash tili 70- yillarning oxirlariga kelib jadal rivojlandi. Hozirgi kunda uning “an’anaviy”, “klassik” yoki “Kernigan va Ritchi” turlari mavjud. C tilining turli kompyuterlarda keng qo‘llanilishi bu tilning o‘zaro o‘xshash, lekin bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan variantlarining (versiyalarining) ishlab chiqilishiga olib keldi. Bu esa C tilidagi yangiliklarni o‘zlashtirish va dastur ishlab chiqish sohasida dasturchilar uchun turli noqulayliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 80-yillarning boshlarida dasturchilarga Byer Stroustrop tomonidan C dasturlash tilining kengaytirilgan C++ varianti taklif qilindi.1983-yili Amerika Milliy Standart komitetida hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash sohasida X3J11 texnik komiteti tuzildi. 1989-yili esa standarti tasdiqlangan C dasturlash tili 1990-yilda dunyo bo‘yicha standartlashtirildi. C++ dasturlash tili C tilini “tartibga keltiruvchi” xossaga ega hamda obyektga asoslangan dasturlashga imkon beradi. Bunday imkoniyatning yuzaga kelishi dasturiy ta’minot ishlab chiqish olamida tub o‘zgarishlarning ro‘y berishiga olib keldi. Ushbu dasturlash texnologiyasi asosida obyektlar yotadi va ular o‘zida real hayot elementlarini mujassamlashtiradi. Aynan shu sababli obyektga asoslangan dastur matnlarini ishlab chiqish, tushunish va tahrirlash amallari osonlashdi. Hozirgi kunga kelib, bir qator obyektga asoslangan dasturlash tillari ishlab chiqilgan va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida Visual Basic, Deplhi, Java, C++, C++ Builder kabi dasturlash tillarini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Bu tillarning har biri yechilayotgan masala xarakteriga ko‘ra boshqasidan afzalloq bo‘lishi mumkin, sodda qilib aytganda, ba’zi masalalar uchun bu tillarning biri qulay bo‘lsa, boshqa masala uchun ikkinchisi qulay hisoblanadi. Shuning uchun obyektga asoslangan dasturlash tillarining birortasiga mutloq ustunlikni berish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular ikki raqobatchi kompaniya Microsoft (Visual 19 Basic, Java tillarini ishlab chiqqan) hamda Borland (C++, Delphi tillarini ishlab chiqqan) o‘rtasidagi kurash mobaynida shakllandi, rivojlandi va imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Bu raqobat hozircha to‘xtaganicha yo‘q. Shuning uchun “Qaysi dasturlash tili yaxshi?” degan savolga javob tariqasida “Siz qanday masalani yechmoqchisiz?” deyish o‘rinli bo‘lar edi. 2. C++ tilining alifbosi C++ dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda ma’lumotlarni ifodalash va dastur ishlab chiqish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat zanjirlar to‘plamiga aytiladi. Bu alifbo ASCII (xalqaro belgilar va ularning kodlari) jadvalining hamma belgilarini, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) lotin alifbosining katta va kichik harflari; 2)0 dan 9 gacha arab raqamlari; 3) tagiga chizish belgisi ( _ ); 4) bo‘sh joy belgisi; 5) boshqaruvchi belgilar: ASCII jadvalidagi (1-ilovaga qarang) kodlari 0 dan 31 gacha bo‘lgan belgilar. Bu belgilar satr va konstantalarni ifodalashda qo‘llanishi mumkin; 6) turli ko‘rsatmalarni yozish uchun ishlatiladigan maxsus belgilar:      * / {} () [] . , @ # ' : ; $ % ^ ! ? & \ 7)asosiy bo‘lmagan belgilar (ASCII ni kengaytiruvchi, ya’ni kodi 128 dan 255 gacha bo‘lgan belgilar;rusalifbosiningkattavakichikharflari, psevdografikaelementlarishusinfgakiradi. Bubelgilarturlikonstantalarnihosilqilish, matnlarniyozish, izohlarnitashkilqilishdaqo‘llanishimumkin); 8) murakkab belgilar:     : .. * * ; 9) xizmatchi so‘zlar. Ular C++ dasturlash tilida ma’lum bir ma’no yoki ko‘rsatmani anglatuvchi maxsus belgilar zanjiridan iborat bo‘lib, bu zanjirni o‘zgartirish yoki qisqartirib qo‘llash mumkin emas. Masalan: main, include, iostream, int va hokazo. 20 Eslatma. Agar dastur tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan boshqa belgi yoki xizmatchi bo‘lmagan so‘zlar uchrab qolsa, bu haqidagi maxsus axborot kompyuter ekraniga chiqariladi. 3-ma’ruza (2-soat) Tarmnoqlanuvchi algoritm shartli operatrlar. Algoritm tushunchasi va uni formallashtirish.Algoritm – bu algoritmik jarayon bilan ifodalanuvchi aniq ko‘rsatmalar bo‘lib, ixtiyoriy berilgan boshlang‘ich ma’lumotdan boshlanadi (ushbu algoritm uchun mumkin bo‘lgan berilganlar majmuasi) va ushbu berilganlar bilan ifodalanuvchi natija olishga qaratiladi. Algoritmik jarayon – bu konstruktiv ob’ektlar (so‘zlar, sonlar, ifodalar)ning diskret qadamlar bilan amalga oshiriluvchi ketma-ket shakl o‘zgartirish jarayonidir. Protsedura (ko‘rsatalar kompleksi) – alohida amallar barilishi qoidalarning knstruktiv aniqlanuvchi tizimidir. Algoritm - algoritm bajaruvisi amalga oshiruvchi qaralayotgan masalalar sinfiga taalluqli bo‘lgan ixtiyoriy masalaning echimini topish uchun zarur bo‘lgan chekli sondagi amallar ketma-ketligi va mazmunini ifodalovchi formallashtirilgan va konstruktiv , aniq va to‘liq ko‘rsatalar tizimi vositasida realizatsiya qilinadi. Algoritm xossalari: aniqlik, tushunarlilik, cheklilik (natijaviylik), diskretlik, umumiylik. Algoritmlashning vazifalari: 1. YAngi algoritm yaratish, protsedurani formallashtiri yoki oldindan ishlab chiqilgan algoritmni modifikatsiyalash. 2. Algoritm to‘g‘riligini isbotlash (verifikatsiya, testlash). 3. Ishlab chiqilgan yoki modifikatsiya qilingan algoritmni realizatsiya qilish, unin boshqa bajaruvchilar buyruqlar tiziiga o‘girish. 4. Algoritmni effektivlik kriteriylari bo‘yicha tahlil qilish va baholash. 21 Algoritmik jarayon xarakteristikalari. Algoritmni xarakterlovchi parametrlar:
 mumkin bo‘lgan boshlang‘ich berilganlarning majmuasi;
 mumkin bo‘lgan oraliq natijalar majmuasi;
 natijalar majmuasi;
 boshlash qoidasi;
 axborotni bevosita qayti ishlash qoidasi;
tugallash qoidasi;
 Natijani olish qoidasi. Algoritmlar nazariyasida qat’iy formal ko‘rinishda ifodalangan algoritmlar o‘rganidadi. Masalan, ikki natural sonning EKUB (Evklid algoritmi) ini topish algoritmini qaraylik: Birinchi qadam – qoldiqni topish: r :q m MOD n Ikkinchi qadam– o‘rin almashtiri: m :q n n :q r Uchinchi qadam – to‘xtash?: agar <> 0, u xolda 1 ga o‘tish. To‘rtinchi qadam –to‘xtash: m – izlangan son.m q 10, n q 4 uchun konstruktiv ob’ektlar sxemasi(trassirovka) : (10, 4) -> (4, 2) -> (2, 0) -> NOD q 2 Algoritmik muammo. Algoritmik muammo – bu konkret masalalr sinfi uchun natijaviy berilganlar bilan boshlang‘ich ma’lumotlar orasida bog‘lanishni beruvchi xossalarga ega bo‘lgan algoritm izlash masalasidir. Umumiy algoritmik muammo – bu konkret sinfga talluqli barcha masalarni echishga mo‘ljallangan umumiy algoritmni izlash muammosidir. Xususiy algoritmik muammo – bu konkret masalalar sinfiga taalluqli bir gurux masalalarning echimini topishga qaratilgan algoritmik jarayonni yaratuvchi algoritmni izlash masalasidir. Agar umumiy yoki xususiy algoritmik muammo echimini izlash natijasida echimning mavjudligi aniqlansa, muamo echimli, aks holda muammo echimsiz deb hisoblanadi. Masala algoritmik echimsiz deb hisoblanadi, agar uni hal 22 etadigan Tьyuring mashinasi (rekursiv funksiya yoki normal arkov algoritmi) mavjud bo‘lmasa. Markov tezisi. Har qanday algoritm normal algoritm (intuitiv ma’noda) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Echimsizligi oldindan ma’lum yoki algoritmlar nazariyasi doirasida isbotlanuvchi algoritmik echimsiz muammolar mavjud. Masalan, 1. Ikki ixtiyoriy algoritm yoki dasturning bitta funksiyani hisoblashhisoblamasligini aniqlovchi algoritm qurish mumkin emas. 2. Qandaydir dasturning o‘zi yozilgan matnga qo‘llanuvchan ekanligini aniqlovchi algoritm mavjud emas (o‘z-o‘ziga qo‘llanuvchanlik muammosi) Algoritmik modellar va ularning berilishi Algoritmik modellar sinflariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Hisoblash algoritmlari. Bunda barcha berilganlar sonlar ko‘rinishida ifodalanib, ularni qayta ishlash jarayoni arifetik hisoblashlarga keltiriladi. Bunday algoritmik modellar qandaydir sonli funksiya qiymatini hisoblab, elementar qadamlar esa arifmetik amallardan iborat bo‘ladi. Qadamlar ketma-ketligi superpozitsiya va rekursiya usullari orqali aniqlanadi. 2. Simvolli algoritmlar. Bunda algoritm boshlang‘ich ma’luotlari simvollardan iborat bo‘lib, ushbu simvollarning konkret alfaviti va o‘rniga qo‘yishlar qoidasi (masalan, Markovning noral algoritmi) beriladi. 3. Bajaruvchilar uchun algoritmlar.Algoritm mashina yoki avtomat bajarishi mukin bo‘lgan qoidalar (ko‘rsatmalar)ketma-ketligi bilan beriladi(masalan,Tyuring va Post abstrakt ashinalari). Tipik algoritmik konstruksiyalar: mantiqiy (og‘zaki), jadvalli, grafil (graf, diagramma, rasm) lardan iborat bo‘lib, maxsus belgilashlar yordaida beriladi. 23 1 sxema – CHiziqli algoritmni ifodalab, bunda hisoblashlar additiv(ketmaket) deb ataladi. 2 sxema – Tarmoqlanuvchi algoritmni ifodalab, hisoblashlar alьternativ deb ataladi. 3 sxema – Takrorlanuvchi algoritmni ifodalab, bunda hisoblashlar iteratsion deb ataladi. Strukturali blok -sxema uchta bazaviy bloklar kopozitsiyasidan iborat bo‘ladi. Algoritm turlari - Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi. Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi. Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi. Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar. 24 Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi: 1. non bo‘lagini kesib olish; 2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish; 3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish. Agar bu jarayonning ketma-ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi. Algoritmik tillar - Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuziladi. Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir. Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir: 1.dasturga bo‘lgan talablar; 2.qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish; 3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish; 4.dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish. Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun 25 ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridanto‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va boshqalar. Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Masalalarni echish bosqichlari - Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar: 1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlang‘ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo‘yish odatda echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi. 2.Echish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan so‘ng uni echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni echish uchun ko‘plab sonli usullarga ega. 3.Masalani echish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompьyuterda masalani echish uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb ataymiz. 4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi. 5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish. 6.Masalani bevosita kompyuterda echish va natijalarni tahlil qilish. Bunda dasturda kerakli boshlang‘ich qiymatlar berilib kompьyuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. YAngi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qo‘yilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, olamshumul yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika mo‘‘jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda «Model-algoritm-dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag‘zini 26 tashkil etadi, bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. C++ tilida bu tiplarni signed (ishorali), unsigned (ishorasiz), short (qisqartirilgan) va long (kengaytirilgan) kabi modifikatorlar yordamida o‘zgartirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Bu modifikatorlarning barchasi bilan int tipidagi ma’lumotlar, signed va unsigned orqali char, longbilan esa double tipidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin. Hosil qilingan barcha tipdagi ma’lumotlar turli kompilyatorlar uchun kompyuter xotirasidan turli hajmdagi joyni band qiladi. 2-jadvalda ma’lumotlar tiplariga ko‘ra egallashi mumkin bo‘lgan minimal joy standartlari 32-razryadli muhit uchun keltirilga Ma’lumki, dasturlar turli sonli va boshqa tipdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yoziladi. Bitta dastur tarkibida uchraydigan ma’lumotlarni bir-biridan farqlash uchun nomlash lozim bo‘ladi va bunday nomlar identifikator deb ataladi. 29 Identifikator muayyan bir vaqtda ifodalab turgan son yoki boshqa turdagi ma’lumot uning qiymati hisoblanadi. Dasturda qatnashgan har bir identifikator uchun kompyuter xotirasidan ma’lum bir joy ajratiladi hamda bu joyga uning qiymati yozib qo‘yiladi va saqlanadi. Identifikatorlar doim lotin harflari bilan boshlanadi. Ularni yozish uchun zarur bo‘lgan keyingi belgilar esa lotin harflari, raqamlar va “_” (tagiga chizish) belgisidan iborat bo‘lishi mumkin:
Download 29.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling