Taqsimlangan fayl tizimi fayllarni bir yoki bir nechta kompyuterda saqlaydi. Tarmoq foydalanuvchilariga fayllariga kirishga imkon beradigan kompyuter odatda fayl serveri deb nomlanadi. Ushbu kompyuterda ishlaydigan va masofadagi kompyuterlarga fayllar va kataloglarga kirish uchun bir qator xizmatlarni taqdim etadigan dastur ham fayl serveri deb ataladi. Fayl serverlari odatda iyerarxik fayl tizimlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘p tarmoq fayl tizimlarida mijoz kompyuteri ushbu fayl tizimlarini o‘zining lokal fayl tizimlariga ulashi va o‘rnatishi mumkin, bu esa masofadagi katalog va fayllarga murojaat qilishni qulaylashtiradi. Tarmoq fayl tizimi odatda quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
Lokal fayl tizimi;
Lokal fayl tizimining interfeysi;
Tarmoq fayl tizimi serveri;
Tarmoq fayl tizimi mijozi;
Tarmoq fayl tizimining interfeysi;
Tarmoq fayl tizimi Mijoz-server protokoli.
Tarmoq fayl tizimining mijozlari – bu tarmoqqa ulangan kompyuterlarda ishlaydigan va boshqa dasturlarning masofadagi kompyuterda saqlangan fayllarga kirish so‘rovlariga javob qaytaradigan (xizmat qiladigan) dasturlar. Masalan, Windows Explorer, UNIX qobig‘i va boshqa maxsus dasturlar. Ilovalar maʼlum bir dasturlash interfeysi – “Tarmoq fayl tizimining interfeysi” yordamida tarmoq fayl tizimining mijoziga murojaat qiladi. 193 Tarmoq fayl tizimining mijozi va serveri bir-biri bilan tarmoq orqali maʼlum bir protokoldan foydalangan holda aloqa o‘rnatadilar. Masalan, Windows tarmoq fayl xizmati SMB protokolidan foydalanadi. UNIX-ga asoslangan OT-ning turli xil versiyalarida NFS protokoli mashhur. Network File System (NFS) – bu 1984 yilda Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq fayl tizimiga kirish protokoli. Ushbu protokol masofadan proseduralarni chaqirish protokoli (ONC RPC (Open Network Computing Remote Procedure Call)) ga asoslangan. Masofadagi fayl tizimlarini tarmoq orqali ulash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |