Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 225.05 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi225.05 Kb.
#1637532
Bog'liq
1 mustaqil iw

Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

  • Respublikada elektron ommaviy axborot vositlari, xususan, teleradio va kabelli ko'rsatuv tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28- iyuldagi№ 236-sonli qaroriga ko‘ra O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan axborot texnologiyalari bilan bog'liq sohalar ham litsenziyalashtiriladi.
  • Litsenziyalashdan maqsad, bu sohada turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklarning kelib chiqishini oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashni ta’minlashdan iborat. Axborot texnologiyalari egalari yoki mulkdorlarining huquqlari asosan fuqarolik qonunchiligi, xususan, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi. Axborot texnologiyalari sohasida ham huquqbuzarlikning fuqarolik, ma’muriy va jinoiy turlari mavjud. Ma’lumki, huquqbuzarlikni sodir etishdan asosiy maqsad mavjud axborot texnologiyasini qo'lga kiritib, uning egasi bo'lish yoki iqtisodiy daromad qilishdir.
  • Har qanday obyektdan qonunchilikka ko'ra faqat shartnoma tuzgan holda foydalanish lozim. Shartnoma bu sohada huquqiy vosita bo'lib, huquq egasining manfaatlarini oldindan himoya qilish kafolatini beradi. Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda obyektlardan foydalangan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning o'rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi lozim. Huquq egasi qoidabuzardan o'zi ko'rgan zarar o'miga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini ham undirib olishga haqli.
  • Axborot texnologiyalarinining egasi muallif deb tan olinadi. Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shamomaning amal qilishi to'xtaganidan keyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish deb hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 1081-moddasiga ko'ra turdosh huquqlardan foydalanish to'g'risidagi shartnomani bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud asardan shartnoma tuzmagan holda g'ayriqonuniy ravishda foydalangan shaxs shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgariik to'g'risida umumiy qoidalarga muvofiq javobgar bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1097-moddasida oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi tartibi ham belgilangan. Ma’lumki, axborot texnologiyalari bilan ishlaydigan elektron aloqa vositalari axborotlar manbai yoki ommaviy axborot vositasi sifatida reklama bilan ham shug'ullanib keladilar. Nazarimizda, axborot texnologiyalariga asoslangan reklama faoliyati ham huquqiy jihatdan qayta ko'rib chiqilishi kerak. Reklamadan o'zgalaming foydalanishini zamon talabi va bozor qonunniyatlari asosida mustahkamlash zarur.

  • O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1097-moddasida oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi tartibi ham belgilangan. Ma’lumki, axborot texnologiyalari bilan ishlaydigan elektron aloqa vositalari axborotlar manbai yoki ommaviy axborot vositasi sifatida reklama bilan ham shug'ullanib keladilar. Nazarimizda, axborot texnologiyalariga asoslangan reklama faoliyati ham huquqiy jihatdan qayta ko'rib chiqilishi kerak. Reklamadan o'zgalaming foydalanishini zamon talabi va bozor qonunniyatlari asosida mustahkamlash zarur.

Reklamani tayyorlash, tarqatish va undan foydalanishdan kelib chiqadigan munosabatlar doirasi litsenziyada rasmiylashtiriladi. Litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro'yxati esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan. Axborot texnologiyalaridan biznesning turli ko'rinishi - u bilan savdo qilish, uni ijaraga berish, unda reklamada foylanash kabilar va boshqa faoliyatlarda huquqiy munosatlami tartibga solib borishda doimiy ravishda qonunchilik takomillashtirib borilishi lozim.

  • Reklamani tayyorlash, tarqatish va undan foydalanishdan kelib chiqadigan munosabatlar doirasi litsenziyada rasmiylashtiriladi. Litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro'yxati esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan. Axborot texnologiyalaridan biznesning turli ko'rinishi - u bilan savdo qilish, uni ijaraga berish, unda reklamada foylanash kabilar va boshqa faoliyatlarda huquqiy munosatlami tartibga solib borishda doimiy ravishda qonunchilik takomillashtirib borilishi lozim.

Download 225.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling