Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Javop


Axborotlashtirishning huquqiy asoslari


Download 21.77 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi21.77 Kb.
#1367932
1   2   3
Bog'liq
Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta

Axborotlashtirishning huquqiy asoslari —
Javob Axborot (Axborot resurslari)ni shakllantirish, ulardan foydalanishva va ularni himoya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning shakllanayotgan tarmoqlararo kompleks tizimi. Qonunchilik majmuidan axborot huquqining ajralib chiqishi hozirgi zamon jamiyatida axborotlashtirish jarayonlarining kuchayishi, axborot munosabatlarining ahamiyati ortib boriayotganligi, ular kompleks ravishda maxsus tartibga solishni taqozo etayotganligi bilan bogʻliq. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasidan ancha kengroq. Chunki, axborot huquqi nafaqat elektron shakldagi axborotni balki har qanday ko'rinishdagi axborotni ham tartibga soladi.
Axborot turlari bo’yicha sinflanishi
Umum mohiyatiga ko’ra
ommaviy (umum- siyosiy, estetik)
maxsus (ilmiy,
ishlab chiqarish, texnik, boshqaruv)
shaxsiy (bilim,
bilmoq, intuitsiya

Axborot va ma’lumotlarning tavsifi va xususiyatlari

Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki boshqa usullar orqali ifodalash mumkin bo‘lgan atrof-muhit to‘g‘risidagi ma’umotlardir.

Bu jarayonda quyidagilar muhim sanaladi:
axborot- bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’lumot hisoblanadi;
axborot - inson tafakkurida aks etgan bilimni ifodalaydi;
axborot belgilar ko‘rinishidagi ma’lum bir tilda ifodalansa xabarga aylanadi; xabar axborotni uzatish shaklini ifodalaydi;

Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
Javob
Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.
Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas.
Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.
Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.
Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa pul ayamay sarflanadi. Masalan, “Rgojest Yentropia ” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSh dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos.
Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqat- sizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “STA”, “Snayper” va “Qotil” kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalikhaqiqiy qotilga aylanishgani
Download 21.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling