Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Download 16.17 Kb.
|
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash Aytib o‘tilganidek, kompyuter belgilarning o‘zini emas, balki shu belgilarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda belgilar signalning ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo‘q va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan bel gilash qabul qilingan bo‘lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamida kodlash(qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Shuning uchun kompyuterda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va uzatilayotgan axborot (son, matn, rasm, tovush) 0 va 1 raqamla rining ketmaketligi ko‘rinishida kodlanishi shart. Ikkilikda kodlash orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya’ni quvvati 2 ga teng bo‘lgan alifbo tilida xabarko‘rinishida yoziladi. Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo‘llanadi, ya’ni ax borotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ket maketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo‘lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kod lashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun m ta razryadli (xonali, uzunlikdagi) birbiridan farqli variantlar soni N=2m formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida 2 2 =4 ta, triada kodida 2 3 =8 ta, tetrada kodida 24 =16 ta birbiridan farqli variant borligini ko‘rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8 ta razryadli bo‘lsa, u holda 2 8 =256 ta turli xil belgini kodlash mumkin bo‘ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikki likda kodlash kerak bo‘lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi) bo‘lgan msoni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi: 2 m–1 < B ≤2 m . Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun 2 m–1 < 123 ≤2 m tengsiz likdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz. Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari, o‘nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari yetarli bo‘ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon an dazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII(American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan. Download 16.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling