Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash


Download 16.17 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1764260
Bog'liq
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash


Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Aytib o‘tilganidek, kompyuter belgilarning o‘zini emas, balki shu
belgilarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda belgilar signalning
ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo‘q
va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning
birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan bel­
gilash qabul qilingan bo‘lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamida kodlash(qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan.
Shuning uchun kompyuterda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va
uzatilayotgan axborot (son, matn, rasm, tovush) 0 va 1 raqamla­
rining ketma­ketligi ko‘rinishida kodlanishi shart. Ikkilikda kodlash
orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya’ni quvvati 2 ga
teng bo‘lgan alifbo tilida xabarko‘rinishida yoziladi.
Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo‘llanadi, ya’ni ax­
borotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ket­
ma­ketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun
zarur bo‘lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kod­
lashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun m ta razryadli (xonali,
uzunlikdagi) bir­biridan farqli variantlar soni
N=2m
formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida 2
2
=4 ta, triada
kodida 2
3
=8 ta, tetrada kodida 24
=16 ta bir­biridan farqli variant
borligini ko‘rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8
ta razryadli bo‘lsa, u holda 2
8
=256 ta turli xil belgini kodlash
mumkin bo‘ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikki­
likda kodlash kerak bo‘lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi)
bo‘lgan msoni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi:
2
m–1
< B ≤2
m
.
Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun 2
m–1
< 123 ≤2
m
tengsiz­
likdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz.
Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari,
o‘nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik
amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari
yetarli bo‘ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon an­
dazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII(American Standard
Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan.
Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling