Axborotlarning o‘lchov birliklari
Ma’lumotlarni taqdim etishning ko‘plab tizimlari mavjud. Hisoblash texnikasida qabul qilingan eng kichik axborot birligi bit (bit) deb ataladi. Bit ikkita qiymat qabul qilishi mumkin: 0 va 1. Darhaqiqat, bir bit o‘zida minimal axborot tashiydi. Odatda, uni yoqilgan (1 holat) yoki o‘chirilgan (0 holat) bo‘lishi mumkin bo‘lgan lampochkaga tenglashtiradilar. Ba’zan uni o‘chirish-yoqish qurilmasilga o‘xshatadilar: "yoqilgan" holati 1, o‘chirilgani - 0.
Raqamli yoki boshqa ma’lumotlarni ifodalovchi ikkilik razryadlar yig‘indisi bitning o‘ziga xos tasvirini hosil qiladi. Amaliyot ko‘rsatadiki agar bu tasvir muntazam shaklga ega bo‘lsa, bitning bunday tasvir bilan ishlash juda qulay. Hozirgi paytda bunday shakllar sifatida 8 bitdan iborat bo‘lgan va baytlar deb ataluvchi guruhlardan foydalaniladi.
Agar 8 ta lampochkani olib va ularni yonma-yon bir qatorga qo‘yib, bir guruhga biriktirilsa, axborotning miqdorini o‘lchovi yirikroq o‘lchov birligi - bayt (byte) haqida yaqqol tasavvur hosil qilamiz. Guruhdagi har bir lampochka bitta bitga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, bayt 8 bitdan iborat, 1- jadvalida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |