Axloq kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui


Download 13.99 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1756418
Bog'liq
O‘ralova Shaydo kazus-5


5-kazus
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma‘qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani o’rganadi.
Ijtimoiy normalar kishilar, ularning jamoalari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo‘lsa, huquq davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma‘qullanadigan, o’zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, bajarilishi umummajburiy bo’lgan yurish-turish qoidalari yig’indisi hisoblanadi. Shu bilan birga, huquq va boshqa ijtimoiy normalar bir-biridan turli jihatlariga ko‘ra, xususan, shakllanish usullari va manbalari bo’yicha, ta‘minlash usullari va ifoda etish shaklida ko’ra, kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra, javobgarlik mohiyati va tartibi bo’yicha hamda amal qilish sohalari bo’yicha farq qiladi.
Axloqiy munosabatlarni – insonning jamiyatdagi qadriyatlari, maqsadlari, burchlari o’rganadi. Ijtimoiy etika guruh, instutsional va korporativ munosabatlarni me’yoriy asoslash, shuningdek, yetimlik, qashshoqlik, mahrumlik, muhtojlarga yordam berish, qariyalar muammolari, ijtimoiy muammolarni hal qilishda nazorat qilish va yordam berish usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Intizom insonning boshqa odamlar va tabiat bilan munosabatida ma’suliyatli mavjudligiga nazariy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon beradi. U tartibga solish funksiyasiga ega va ijtimoiy ahamiyatga ega normalar va majburiyatlar tizimi natijasida tug’ilgan harakatlarga qaratilgan. Shunday qilib, ijtimoiy axloqning predmeti ijtimoiy munosabatlarni qadriyatlarga yo‘naltirilgan pozitsiyadan tartibga solish imkonini beruvchi ijtimoiy institutdir.
Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari o’rtasidagi munosabatlarda oddiy hol deb qaraladigan xatti-harakatlar boshqa millatlar axloq qoidalarida rad etilishi mumkin. Axloqning yuksak darajada bo’lishi jamiyatning rivojiga bevosita ta’sir qiladi yoki aksincha. Axloq – axloq normalari bilan tartibga solinadi, ular haqiqiy normalardan farq qilib, majburiy xarakterga ega emas. Unday bo’lsa, axloq normalarining o’zi nima? Axloq normalari – ezgulik va yovuzlik, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik haqidagi axloqiy tushunchalarga mos ravishda jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Axloqiy normalar urf-odat, namuna kuchi, jamoatchilik fikri ta’sirida vujudga keladi. Axloqiy normalarni bajarish ixtiyoriy, vijdonga bog‘liq. Uning buzilishiga nisbatan ommaviy qoralash, jamoat izzasi qo’llaniladi. Axloq ishontirish va tushuntirish bilan ta‘minlanadi.
Xulosa qilib aytamizki, jamiyatimizda, davlatimizda va insonlarning hayoti davomida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ham huquq, ham ijtimoiy normalar muhim. Ularning faoliyatini taqqoslay va ajrata olmaymiz. Ular bir butun. Barchasini barobar qo‘llamasak har qanday munosabatlarni tartibga solish mushkul bo’lishi mumkin. Ular uzviy ishlaydi. Bir norma yetib bormagan joyga va holatga boshqa biri yetib bora oladi. Zero, ular bir-birini to‘ldiradilar va bir-birlariga asos bo’ladilar. Misol uchun, ota-onalar farzandiga g’amxo’rlik qilishi, ularni voyaga yetkazib o‘z o’rnini topishiga yordam berish va shaksiz ota-onalar qarigandan so’ng farzandlar ularga g’amxo’rlik qilishlari bizning jamiyatda axloqiy normalardan biridir. Va bu konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan va bizning huquq va burchimizga aylangan. Konstitutsiyamizning 64-moddasi “Ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” va 66‐moddasi “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar” bunga yaqqol dalildir.
Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling