Axloq va huquq Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi va takomillashib boradi


Download 28.19 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1324207
1   2   3   4
Bog'liq
Axloq va huquq

Huquq

Axloq

Shakkllanish usullari


(***)

Davlat tomonidan o’rnatiladi (ishlab chiqiladi)



Stixiyali yo’zaga keladi



Amal qilish shakli





Yozma manbalarda





Kishilar ongida





Ta'minlash usullari





Davlat tomonidan ta'minlanadi.





Jamiyatning ta'sir kuchi bilan qo’llab-quvvatlanadi.



Ta'sir etish xarakteriga ko’ra

Tartibga solish mexanizmi orqali

Bevosita ong orqali

Harakat etish doirasi



Davlat nazorati ostida bo’lgan munosabatlar



Davlat nazoratida bo’lmagan munosabatlar


Huquq normalari yuridik hamda qonunchilik amaliyotida yoki davlat va jamiyat tegishli institutlarinining amal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Axloq normalari esa jamiyatning ma'naviy doirasida shakllanadi, jamiyatning tuzilishi (struktura)si va tashkilotlari bilan bog’liq bo’lmasdan, uni ijtimoiy ongdan ajratib bo’lmaydi.
Huquq normalari hujjatlar ko’rinishida (normativ-huquqiy aktlar, sud qarorlari, normativ shartnoma va b.) va qattiq mustahkamlangan bo’ladi.
Axloq normalari jamiyat a’zolari ongida mustahkamlangan bo’lib, printsip, tushunchalar, g’oyalar, baholar va h.k.lar ko’rinishida amal qiladi.
Axloq (ma'naviyat) – ijtimoiy normalarning turi bo’lib, jamiyat hayotini barcha tomonlarini qamrab oladi va tegishli baho beradi. Huquq normalari (yoki huquq) bilan tartibga solingan bir qator ijtimoiy munosabatlar axloq tomonidan ham tartibga solinadi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish doirasi yuzasidan huquq va axloq o’rtasida umumbirlik hamda farqlar mavjud. Ularning birligi (umumiy tomonlar)quyidagilarda ko’rinadi:
1-dan, ularning ikkalasi ham ijtimoiy normalarni ifoda etadi;
2-dan, falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq kategoriyalar bo’lib, ko’rinishida iqtisodiy, madaniy va boshqa faktorlar bilan shartlangan bo’lib, ularni ijtimoiy bir xil tipda ko’rsatadi.
3-dan, ularda bir butun siyosiy asos ( fundament), ya'ni xalq hokimiyatchiligi, demokratizm davlatchilik mavjud bo’lib, ular butun xalqning manfaatlarini ifodalaydi;
4-dan, huquq va axloqning ob'ektlari bir xil bo’lib, ularni amaldagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi;
5-dan huquq va axloq normativ hodisalar ko’rinishida kishilarning zarur va mumkin bo’lgan harakatlarining chegaralarini aniqlaydi va h.k.
6-dan, inson faoliyatining regulyatori ( tartibga soluvchi ) sifatida, uning erki va irodasiga asoslanadi;
7-dan, huquq va axloq oxir natijada bitta masalaga qaratiladi ( ko’zlaydi), ya'ni ijtimoiy hayotni tartibga solishga, takomillashtirishga, shaxsning shaklanishi yoki rivojlanishiga, adolat printsiplarini o’rnatishga va shu kabilarga qaratiladi;
8-dan, huquq va huquq kabi axloq tarixiy fundamental kategoriya sifatida jamiyatning ijtimoiy hamda ma'naviy taraqqiyoti ko’rsatgichlari sifatida yuzaga chiqadi.
Biroq yuqorida aytilganlar bilan bir qatorda huquq bilan axloq o’rtasida ancha farqlar ham bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

1. Huquq va axloq o’rnatilishi, shaklanishi va manbalariga ko’ra, huquq nafaqat xalqning erkini, balki davlatning erkini ham ifodalaydi, u nafaqat oddiy regulyativ (t.s.) sifatida, balki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning davlat tomonidan amalga oshirishni bildiradi.


2. Huquq va axloq ularni ta'minlash usullariga ko’ra; huquqning davlat tomonidan o’rantilishi, ta'minlanishi, qo’riklanishi va himoyalanishini ko’rsak, axloqni esa davlat apparatining kuchiga suyanmasdan, jamoatchilik fikriga tayanadi.
3. Huquq va axloqni ifoda etish shakliga ko’ra, huquq normalarini davlatning maxsus yuridik aktlarida mustahkamlanib, tegishli kodekslar tizimi, ustav va boshqa xujjatlar ko’rinishida ifoda etilsa, axloq normalari yoki printsiplari jamiyatning turlicha guruh va qatlamlarida ma'lum ijtimoiy sharoitlar ta'siri ostida yuzaga kelib, keyin tarqaladi va xulqning barqaror qoidasi va motivi sifatida mustahkamlanadi.
4. Huquq va axloq kishilar ongiga ta'sir etish xarakteri va usullariga ko’ra; agarda, huquq sub'ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yuridik nuqtai nazardan tartibga solsa, (ya'ni ularning yuridik huquq-majburiyatlari ko’rinishida), axloq esa insonlarning xulqi (qiliklar)iga yaxshilik va yomonlik, to’g’r iso’z va noto’g’rilik, arzigulik yoki arzimaslik, umuman vijdon, idrok, erk va burch pozitsiyalari nuqtai nazaridan yondashadi.
5. Huquq va axloq yo’l qo’yilgan xato (kamchilik)larga nisbatan javobgarlikning xarakteri va tartibiga ko’ra, huquq qonunda belgilangan yuridik javobgarlikni belgilash, axloq konkret protseduraga ega emas, bunda faqat ijtimoiy (axloqiy) ta'sir ko’rsatiladi.
6. Huquq va axloq insonning xulqiga nisbatan qo’yiladigan talablarga ko’ra, albatta bu masalada axloqning darajasi ancha yuqori bo’lib (yuridik qonunga nisbatan), u har qanday shakldagi yolg’on, noto’g’rilik, aldash, tuhmat va boshqalarni ashaddiy ravishda qoralaydi, huquq esa ularning birmuncha xavflilarini ta'qib etadi.
7. Huquq va axloq ta’sir doirasiga ko’ra, axloqning ta'sir doirasi huquqqa nisbatan ancha keng (do’stlik, o’zaro yordam, qiziqish, mehribonlik va h.k) bo’lib, huquq insonlarning bu munosabatlar doirasini barchasini qamrab ololmaydi va dalat nuqtai nazaridan bunga hojat ham yo’q. Qolaversa, bu demokratiya va gumanistik qoidalarga to’g’ri kelmaydi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, huquq va axloq ba'zi hollarda bir-biriga mos kelmaydi. Boshqa masalalarda ular bir-birini doimo qo’llaydi.
Bu nisbatni quyidagicha talqin etish mumkin:
Huquq tomonidan tartibga solinadigan barcha narsalar, axloq tomonidan ham tartibga solinadi. Biroq axloq bilan tartibga solinadigan narsalarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga solinavermaydi.
8. Falsafiy nuqtai nazardan farqlar shundaki, axloq ijtimoiy ongning bir shakli sifatida yuzaga chiqsa, huquq faqat huquqiy ong ko’rinishida yoki huquqqa bo’lgan qarashlar ko’rinishida bo’ladi.
9. Huquq va axloqning turlicha tarixiy taqdiriga ko’ra; - axloq huquqqa nisbatan ancha oldin qadimdan yuzaga kelgan va amal qila boshlagan. Huquq esa ijtimoiy evolyutsion jarayonning ma'lum bosqichida yuzaga kelgan.
10. Huquq va axloqning yuqoridagi umumiy va farq qiluvchi tomonlari xususiyatlari) doimiy o’zgarmasdan qoladi deyish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, jamiyat taraqqiyotining u yoki bu shaklda o’zgarishi bilan bog’liq holda ular ham o’zgarishi mumkin.
Huquqning paydo bo’lishida odatning ijtimoiy norma tizimidagi ahamiyatli, o’rni to’g’risida ham aytib o’tilgan edi.
Odat – bu shunday xulq qoidalari bo’lib, ular ma'lum ijtimoiy muhitda mujassamlanadi, avloddan-avlodga o’tadi, kishilarning tabiiy hayotiy talablari bo’lib, yuzaga chiqadi va natijada ko’p marotabalab takrorlanish asosida ular uchun odat shakliga aylanadi.
Odat axloqqa nisbatan huquq bilan kamroq bog’langan. Huquq normalari va odatlar barcha ijtimoiy normalarga tegishli belgilarni o’zlarida mujassamlashtirib, kishilarning xulqi qoidalarini umummajburiyligi yuzasidan, ya'ni ular qanday bo’ladi va bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Jumladan, odat va xuquq normalari bir-biridan kelib chiqishiga ko’ra, ifodalanish shakliga ko’ra, tadbiq etilish usullariga ko’ra farq qiladi. (axloqka uxshash bo’lgan analogik farqlar).
Ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning tarkibiy qismlaridan bo’lgan korporativ normalar yoki jamoat tashkilotlarining normalari ham mavjuddir. Bu normalar ham ijtimoiy normalarning turlaridan biri bo’lib xisobalanadi.
Korporativ normalar urnatilgan xuquq qoidalari bo’lib, ular jamoat tashkilotlarining ma'lum maqsadlariga amal qilishiga qaratilgan va ustav, qoida, karorlarda mujassamlashgan normalardir.
Korporativ normalar fakat jamoat tashkilotlariga tegishli bo’lgan ichki munosabatlarni tartibga soladi.
Bu normalar o’z navbatida xuquqiy va xuquqiy bo’lmagan normalarga bo’linadi (1-siga davlatning topshirigiga ko’ra chiqarilgan, bu kam xollarda sodir bo’ladi).
Huquqning xususiyatlari uning quyidagi umumiy va maxsus ijtimoiy belgilarida ko’rinadi. Xuquqning umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
1)Huquq normativ harakterga ega, ya'ni u jamiyatda kishilarni yashash qoidalarini belgilaydi, o’zgartiradi va bekor qiladi. Shuning uchun xuquq jamiyatda kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2)Jamiyatda xuquq insonning ozodlik va adolat to’g’risidagi g’oyalarini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy adolat tamoyili xuquq soxalarida ijtimoiy muosabatlarini tartibga solishda turli shaklda ko’rinadi. Masalan, mexnat xuquqida fuqarolar mexnat qilib, uning soni va sifatiga qarab ish xaqi olishligi. Fuqarolik xuquqida yetkazilgan moddiy zararni undirilishi. Ijtimoiy ta'minot xuquqida-fuqarolar mexnat staji va oylik ish xaqiga qarab pensiya olishlik.
3)Huquq davlat tomonidan chiqariladi va uning bajarilishi davlatning zo’rlik kuchi bilan amalga oshiriladi.
4)Huquq jamiyatda kishilarning turmush qoidalarini tartibga soladi. Xuquqning bu xususiyati fuqarolari xayotni barcha soxalarida tenglik va ozodligini ta'minlaydi.
Huquqning maxsus belgilari quyidagilardan iborat:
1)Huquq irodasining qonunda ko’tarilgan erkidir. Bu erkda ularning turmushini barcha jabxasidagi faoliyati ya'ni iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy soxalari xuquq oraqali tartibga solinib mustaxkamlanadi.
2)Huquq yozma ravishda qonunlar, qarorlar, farmonlar va boshqa normativ xuquqiy xujjatlar shaklida davlat tomonidan belgilab qo’yiladi.
3)Huquqni tartib bilan joylashtirilishi. Davlat konstitutsiyasi, turli kodekslar, qonunlar tuplami boshqalar.
4)Huquq dinamikasi – ya'ni davlatni vazifasiga qarab o’zgarib turishi. O’zbekiston bozor iqtisodiga o’tayotgan vaqtda iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy soxalarda isloqotlar o’tkazilayotgan vaqtda eski xuquqiy normalar bekor qilinib, yangilari qabul qilinadi.

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling