Axmadbekova madinaning pedagogik amaliyot davomida tayyorlagan


Download 20.46 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.46 Kb.
#1620981
Bog'liq
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI(1)[1]


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI 402-GURUH TALABASI


AXMADBEKOVA MADINANING


PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA TAYYORLAGAN


HUJJATLARI



ANDIJON – 2023


Andijon viloyati Buloqboshi tumani
28-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Direktori Iqboljon Qo’chqarovdan
Andijon davlat universiteti Pedagogika
fakulteti BTSTI 4-bosqich 402-guruh
talabasi Axmadbekova Madinaga

TAVSIFNOMA


Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti BTSTI 4-bosqich 402-guruh talabasi Axmadbekova Madina 27.03.2023 dan 03.06.2023 gacha Andijon viloyati Buloqboshi tumani 28-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-“B” sinfida amaliyot faoliyatini o’tadi. Axmadbekova Madina amaliyot davrida o’zining qobilyatliligi, intiluvchanligi, tartibliligi va fikrlash doirasining kengligini ko’rsatdi.


Darslarni yangi pedogogik texnologiyalar asosida noan’anviy usullardan foydalanib namunali tashkil etdi. Darslarda o’zini tutishi, puxta tayyorgarlik ko’rishi, yangiliklarni darslarga tadbiq etishi va boshqa yondosh fanlar bilan bog’layolishi orqali o’quvchilarni o’z darslariga qiziqtiraoldi. Talaba amaliyot davrida o’quvchilarni psixologik holatlari va individual xususiyatlarini o’rganib ularga do’stona munosabat bildirdi. O’qituvchilar jamoasi bilan ham xushmuomala faoliyat olib bordi. Bundan tashqari tashkiliy ishlarda faol ishtirok etdi. O’tkazilgan tadbirlarga o’quvchilarni jalb etish va tayyorlashga katta yordam berdi. Darsdan so’ng past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan sinf rahbari yordamida qo’shimcha to’garak mashg’ulotlari olib bordi.
Biz maktab ma’muriyati amaliyotchi talaba Axmadbekova Madina kelajakda malakali pedagog bo’lib vatanimiz ravnaqi uchun katta hissa qo’shishiga ishonamiz

Maktabdirektori____________I.Qo’chqarov


O’.I.B.D.O’________________D.Hasanova
Sinfrahbari_______________M.Abduqodirova

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI 402-GURUH TALABASI


AXMADBEKOVA MADINA


PEDAGOGIK AMALIYOT FAOLIYATIDAGI


KUNDALIK DAFTARI



ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI 402-GURUH TALABASI


AXMADBEKOVA MADINANING MART, APREL, MAY OYLARI UCHUN

ISH REJASI


­­­­­­­­­­­

Andijondavlatuniversiteti


Pedagogikafakulteti BTSTI
yo`nalishi 4-bosqich 402-guruh
talabasiAxmadbekovaMadinaning
pedagogikamaliyotfaoliyatiyuzasidan

HISOBOTI
Men Axmadbekova Madina 27.03.2023-03.06.2023 muddat davomida Andijon viloyati Buloqboshi tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabida pedagogic amaliyot olib bordim. Dastlab maktab direktori I.Qo’chqarov maktab ichki tartib qoidalari, o`quv jarayonlari va maktab jamoasi bilan meni tanishtirdi. Maktab pedagogik jamoasi malakali, serqirra va tajribali o`qituvchilardan iborat. Menga boshlang`ich ta`lim sinf o`qituvchisi, 1-B sinf rahbari M.Abduqodirovani rahbar etib tayinladi.


Amaliyotning dastlabki haftalarida men 1-4 –sinflar kesimida darslarni kuzatdim va 1-‘’B” sinfida to`liq amaliyot faoliyatini boshladim. Dastlab sinf raxbaridan o`quvchilar bilan do`stona munosabat o`rnatish, darslarni mazmunli va samarali tashkil etishni o`rgandim. Sinfdagi 26 nafar o`quvchilarning har biri bilan o`quv jarayonlarida yaqindan tanishdim va pedagogik-psixologik tavsiflarini o`rganib chiqdim.
Sinf rahbariga dars o`tish jarayonlari va darsdan so`ng tashkil etilgan qo`shimcha to`garaklarda ko`maklashdim. Ona tili va o`qish savodxonligi, Matematika fanlardan darslarni noan`naviy, integratsiya usullari va yangi pedagogic metodlar asosida tashkil etdim. Dasrlarda mavzugaoid ko`rgazmali qurollar, multimedia vositalari , fanga bog`liq yangiliklardan foydalandim. Amaliyot mobaynida Matematika fanidan ‘’Uzunlik o’lchov birliklari’’ mavzusida ochiq dars tashkil etdim va o`qituvchilar jamoasi tomonidan namunali baholandim. “Navro`z – bahor bayrami”, ’’Milliy an`analar – kitoblar gavharida’’ , “Sohibqiron Amir Temur bobomiz”, “Xotira -aziz, qadr - muqaddas” kabi tadbirlarni tashkillashda o`z hissamni qo`shdim.
Pedagogik amaliyotim mobaynida men maktab jamoasi va rahbarimdan o`zim uchun foydali ma`lumotlarga ega bo`ldim. Kelajakdagi pedagogic faoliyatimda amaliyot davomida o`rganganlarimni tatbiq etishga harakat qilaman.

Maktabdirektori:____________ I.Qo’chqarov


O`.I.B.D.O`_________________ D.Hasanova
Sinfrahbari________________ M.Abduqodirova
Download 20.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling