2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
1. Sosium - ...yaqin muhit tushunchasi?
2. Bolaning sosiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsning ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom - ... tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.
3. Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdanoq beriladi. Inson maqomi – ...jinsi, ...millati, ...tug‘ilgan joyi, ...ismi sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday maqomlar tug‘ma berilgan deb ataladi.
4. Insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Bular orttirilgan deyiladi. Masalan, - ... pedagog, vrach, muhandis, kino aktyor, olim maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigan va diplom olgan uchun oladi.
5. Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Bular - .....? Inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Ijtimoiy rol.
3- topshiriq. Kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan topshiriq.
Guruhlarga topshiriqlar:
1-guruh: Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti sifatida tushuncha beradi.
2-guruh: Bolaning ijtimoiylashuvida ta’lim-tarbiya muassasalarining roli haqida tushuncha beradi.
3-guruh: Bolaning ijtimoiylashuvida mahalla, madaniyat, din ijtimoiy institut sifatida murakkb ijtimoiy ko‘rinishga egaligi haqida tushuncha va ma’lumotlar beradilar.
4-guruh: Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rnini ta’riflaydilar.
Guruhlarning chiqishlari (har guruhga 5 daqiqa)
4-bosqich: Guruh ishlarining muhokamasi va xulosalari (10 daqiqa)
5-bosqich: Guruhlar mavzuni yoritib berish uchun keys texnologiyasidan foydalanadilar.
6-bosqich: mustaqil bajarish uchun uyga topshiriqlar beriladi va dars yakunlanadi.(10 daqiqa).
Keyslar to‘plami
Do'stlaringiz bilan baham: |