Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma


M usaxonov Mirzayusup Mirzamaxmudovich


Download 1.44 Mb.
bet18/24
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1120316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

M usaxonov Mirzayusup Mirzamaxmudovich (1.09.1943) - MDUni bitirgan (1967).Fizik olim, O`zR FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1982).Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan kvant yadrodinamikasiga oid.
M o`minov Tolib Musayevich (1.11.1943) - SamDUni bitirgan (1965). Fizik olim, O`zR FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1981). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1981-1987), SamDU rektori (1992-1995), ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1995 yildan). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid.
Y o`ldoshev Behzod Sodiqovich (9.05.1945) - ToshDUni bitirgan. (1968). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA Prezidenti (2000-2005). O`zR FA Yadro fizikasi institutining direktori (2005 yil dekabridan).Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasi institutda jahon standartlariga mos keluvchi radio izatoplarini keng ko`lamda ishlab chiqarish va chetga sotish, mahalliy tog`-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo`shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasiga bag`ishlangan.


3.3. KINEMATIKANING VAZIFALARI
Kinematika jismlar harakatini, harakatni yuzaga keltiruvchi sabablarisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limidir.
Kinematikaning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • jismlarning harakatini matematik formulalar, grafiklar yoki jadvallar yordamida tavsiflash;

  • jismlar harakatini xarakterlovchi kinematik kattaliklarni aniqlash.

T ezliklar nisbiyligi. Jismning vaziyati turli sanoq jismlariga va ular bilan bog’langan turli koordinata sistemalariga nisbatan turlichadir. Faqat jismning vaziyatigina nisbiy bo’lib qolmay, uning harakati ham nisbiydir. Buni o’z tanamizda ham kuzatishimiz mumkin. Faraz qilaylik biz ma’lum bir koordinatada hech qanday harakatsiz turibmiz, ammo bizning ichki organlarimiz yurak, qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi, nafas olish a’zolari… va ho kazolar doimiy ravishda harakatda. Demak bizning ichki organlarimiz bizga nisbatan harakatda.
Vertolyot yuqoriga tekis ko’tarilmoqda(1.6 – rasm). Vertolyot parragining chetki A nuqtasi vertolyot korpusi bilan bog’langan sanoq sistemasiga nisbatan aylana, yer bilan bog’langan sanoq tizimiga nisbatan esa vintsimon trayektoriya bo’ylab harakat qiladi.
Harakatning nisbiyligiga oid yana bir misol: vagon ichida o’tirib, qo’shni yo’ldan o’tib borayotgan vagonga oynadan qarab turgan har bir kishi poyezdlardan qaysi biri yurib ketayotganini, qaysi biri joyida turganini bilishi ba’zan qiyin bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar qo’shni poyezddagini ko’rib, yerni, binolarni, bulut va hokazolarni ko’rmasa, poyezdlardan qaysi biri harakatlanayotganini bilib bo’lmaydi. Agar poyezdlardan biridagi yo’lovchi uning poyezdi yurib,qo’shni poyezd joyida turibdi desa, ikkinchi poyezddagi yo’lovchi ham u o’tirgan poyezd yurib, qo’shni poyezd qimirlamay turibdi deya oladi. Haqiqatda ikkala yo’lovchi ham haqli, chunki harakat nisbiydir.
Faraz qilaylik vagon 20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda vagon ichidagi yo’lovchi esa vagon harakatiga qarama – qarshi ravishda 1 m/s tezlik bilan yurdi, bu sistemada yo’lovchi yerga nisbatan 19 m/s tezlik bilan harakat qiladi.




    1. .Dinamika bobida:Jismlarning bir necha kuchlar ta’siridagi harakati. Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling