Musulmon Sharq falsafasida inson
Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Ulardan biri ko‘proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. Inson taqdiri oldindan belgilab qo‘yilgan, shu sababli insonning qo‘lidan keladigan birdan-bir ish - bu o‘zini ana shu taqdirda belgilab qo‘yilganidek tutish. Biroq, Forobiy, Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil, XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ma'rifatparvarlar - Axmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Sattorxon Abdulg‘afforrov va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘ydilar. Ularning ijodlari uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani ma'rifatli va bilimli bo‘lishiga da'vat etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |