Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar
Falsafiy adabiyotda jamiyatning tarixiy rivojlanishidagi qadriyaviy tizimlarni tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Bu yondashuvlarning har biri boshqalarini to‘ldiradi, chunki qadriyaviy tizimlarni ko‘rib chiqishning bir darajasini ko‘rsatadi. Stadial va madaniy-sivilizatsion yondashuvlar eng ko‘proq umumlashtirilgan yondashuvlardir, zero ularda ijtimoiy tizimlar yaxlit ko‘rib chiqiladi. Stadial yondashuvning yorqin namunasi formatsion yondashuvdir (K.Marks). Ushbu yondashuvga ko‘ra jamiyatning rivojlanishi - bu sifat jihatdan muayyan ishlab chiqarish usuliga asoslangan, ketma-ket almashinuvchi bosqichlar (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari) zanjiri. Har bir ishlab chiqarish usuli jamiyatning muayyan siyosiy-ijtimoiy tuzilmasini yuzaga keltiradi. Ana shunga muvofiq ravishda qadriyaviy tizimlar ham qaror topadi. Masalan, ishlab chiqarish vositalariga jamoat tomonidan egalik qilishga va urug‘chilikka asoslangan ibtidoiy jamoa tuzumida qadriyaviy tizimlar jamoaviylikning, urug‘chilikning shaxsiylik va individuallikka nisbatan, an'anaviylikning yangiliklarga nisbatan ustuvorligi tamoyillariga yo‘naltirilgan. Xususiy mulkning paydo bo‘lishi va qaror topishi bilan individuallikning rivojlanishi uchun iqtisodiy zamin yuzaga keladi. Ayni paytda mulk muayyan guruhga mansub kishilar (hukmron sinflar) qo‘lida to‘plangan jamiyatlarda mazkur sinflarning qadriyaviy mezonlari hukmron bo‘lib qoladi va odatda qonunchilik tomonidan rasmiylashtirib qo‘yiladi. Formatsiyali yondashuv bilan bir qatorda stadial yondashuv doirasida bir-biri bilan raqobat qiluvchi bir qator nazariyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. (D.Bell, O.Toffler. G.Diligenskiy va boshqalar). Hozirgi zamonaviy qarashlardan biriga muvofiq (G.Diligenskiy) jamiyat rivojida quyidagi sivilizatsiyaviy bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: kosmogen (an'anaviy jamiyatlar), texnogen (industrial jamiyatlar), antropogen (kelajak jamiyati).
Turli xalqlarga xos qadriyat mezonlarini ularning madaniy-sivilizatsiyaviy asoslari (etnik, mintaqaviy, diniy va hokazo) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga asoslangan yondashuv muhim ahamiyatga ega. (O.Shpengler, A.Toynbi, P.Sorokin). Ushbu yondashuv doirasida ko‘p hollarda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan g‘arb va sharq qadriyatlari ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olish turli islohotlar strategiyasini ishlab chiqishda tamoyiliy ahamiyatga egadir. Masalan, Markaziy Osiyoda tarixan vujudga kelgan qadriyatlar betakror o‘ziga xoslikka ega va isloh qilishning hozirgi strategiyalari global - sivilizatsiyaviy jarayonlarni mavhum nazariy tushunishdan kelib chiqmasligi kerak. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyat tizimlarining milliy-madaniy o‘ziga xosligini hisobga olish ushbu strategiyalarning muhim tarkibiy qismidir. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling