Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet168/205
Sana09.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1759310
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)

Qadriyaviy yondashuv
Aksiologiyada juda ko‘p an'anaviy va hozirgi zamon falsafiy muammolari yangicha ko‘rib chiqiladi. Masalan, an'anaga ko‘ra, haqiqatga yetish ilmiy bilishning ideali, shaksiz ne'mat, yaxshilik deb hisoblangan. Biroq XX asr ushbu qarashga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Industria­lizmning va texnitsistik yondashuvlarning salbiy oqibatlari, ommaviy qirg‘in qurollarining yaratilishi va qo‘llanishi, gen muhandisligining paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, muammoga sof gnoseologik yondashuv yetarli emas. Bugungi kunda «faqat haqiqatning qadri haqidagina emas, balki uning bahosi haqidagi masala ham paydo bo‘ladi, bunda boshlang‘ich hisob nuqtasi sifatida inson va uning baxt-saodati namoyon bo‘ladi»412. Haqiqat tobora ko‘proq aksiologik kategoriyalar ko‘zgusi orqali qarala boshlanmoqda.
Lozim va zarur narsalar haqida qadriyaviy ideallar sifatida so‘z yuritar ekan, aksiologiya borliqning muammoli masalalari borasida bizning tasavvurlarimiz doirasini kengaytirdi. Ilgari me'yoriy hodisa deb hisoblangan narsalar hozirgi zamon aksiologik yondashuvlari ko‘zgusida unday bo‘lib ko‘rinmaydi. Qadriyaviy mezon va qadriyaviy qarash amalda hayotimizning barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda shu narsa ayon bo‘lyaptiki, biron bir ijtimoiy institut, biron bir muhim ijtimoiy muammo, jamiyatning biron bir sohaga aksiologik yondashuvlardan tashqarida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bunda qadriyatlarni qayta baholash lokal masalalarga ham, global masalalarga ham birdek tegishlidir. Texnik taraqqiyot baxt-saodat keltiradimi? Insonni klonlashtirish mumkinmi? Evtanaziya - bu ezgulikmi yoki qotillikmi? Agar uning kashfiyotlaridan foydalanish odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lsa, olim o‘z kashfiyotining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladimi? Ilmiy va siyosiy ongda asta-sekin sof iqtisodiy, sof texnologik, qadriyaviy komponentlardan tashqarida qaraluvchi sof tadqiqotchilik loyihalaridan voz kechish tamoyili yuzaga kelayotganini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida qadriyatlarning o‘ziga, munosabat va qadriyaviy ongga gnoseologik, sotsiologik, psixologik, semiotik va boshqa yondashuvlar nuqtai nazaridan qaralmoqda.

2-bob. QADRIYaVIY TIZIMLAR VA JAMIYaT

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling