Axmedova Xolisa
Download 59.72 Kb.
|
9. Ёзишмалар Интернетдаги матнли алоқа қонун ва қоидалари (электрон почта)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Корзина (Savatcha)
- Пароль
- Выход (Chiqish)
Черновики (Xomaki nusxalar) bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar ro‘yxati turadi.
Спам bo‘limida elektron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi ham maxsus algoritmlar yordamida baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-qoidalarni o‘zingiz sozlashingiz ham mumkin. Корзина (Savatcha) bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, butunlay o‘chirib tashlash kabi ishlar shu bo‘limda bajariladi. Oyna ostidagi Настройки (Sozlashlar) bo‘limida elektron pochta qutisiga oid barcha sozlash ishlari amalga oshiriladi. Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin. Pochtangizni parolini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Sozlashlar bo‘limdagi Пароль havolasini bossangiz, kalit so‘zni o‘zgartirish sahifasi ochiladi. Bu erda Текущий пароль (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, Новый пароль (Yangi parol) va Повтор нового пароля (Yangi parolni takrorlash) kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Укажите код, размещенный на картинке degan joyga suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni saqlab qo‘yish uchun Сохранить (Saqlab qo‘yish) tugmasi bosiladi. Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina tegishli ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishi mumkin bo‘lgan joydir. Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli kimsalardan himoya qilish zarur. Shuning uchun ham elektron pochta bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan biri qutidan chiqib ketishdir. Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni o‘chirib ketsangiz, Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, undan foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdan mahrum qilib qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun parolni yozib kirganingizda brovzer bu parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon rozi bo‘lmang. Pochta qutisi bilan ishni yakunlash uchun yuqorida, o‘ng tarafdagi Выход (Chiqish) havolasi bosiladi. Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki ma’lumotlar mana shulardan iborat! Download 59.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling