Axoli turmush darajasini aks ettiruvchi omillar Axoli daromadlari Ijtimoiy himoya ob'ektlari


O‘tish iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya ob'ektlari


Download 34.27 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi34.27 Kb.
#1007558
1   2   3   4
Bog'liq
Axoli daromadlari

O‘tish iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya ob'ektlari
O‘tish davrida davlatning ijtimoiy-mehnatga oid munosabatlarida ijtimoiy himoya muhim o‘rin tutadi. Bu davrda ijtimoiy himoya ob'ektlariga quyidagilar kiradi:

  • pensiya yoshidagi kishilar;

  • nogironlar;

  • boquvchisini yo‘qotgan bolalar;

  • kam ta'minlangan oilalar bolalari;

  • ishsizlar;

  • homilador va bolalarni tarbiyalayotgan ishlamaydigan onalar;

  • kasalligi tufayli vaqtincha ishlamaydiganlar;

  • o‘quvchi yoshlar;

  • talabalar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan talabalar;

  • mehnatga qobiliyatsiz aholini (1 guruh nogironlarini) parvarish qilayotgan mehnatga qobiliyatli kishilar.

Mazkur himoyaga muhtoj aholi qatlami beshta manbadan qoplanadi:

  • pensiya ta'minoti tizimiga kiruvchi jamg‘armalardan;

  • ishsizlik bo‘yicha ajratilgan nafaqa hisobidan;

  • bolalarga to‘laydigan nafaqalar jamg‘armasidan;

  • ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalaridan;

  • «Umid», «Ulug‘bek» kabi turli maxsus jamg‘armalar va davlatning bevosita shu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lari hisobidan.

Pensiya ta'minoti tizimiga kiruvchi jamg‘armalar hisobidan pensiya yoshiga yetgan qariyalarga, nogironlik bo‘yicha pensiya oluvchilarga, boquvchisini yo‘qotgan bolalarga to‘lanadi.
Ishsizlik bo‘yicha ajratilgan nafaqa hisobidan turli sabablarga ko‘ra ishsiz maqomini olgan mehnat qobiliyatidagi aholiga to‘lanadi.
Bolalarga to‘lanadigan nafaqalar hisobidan kam ta'minlangan oilalar bolalariga to‘lanadi.
Ijtimoiy sug‘urta hisobidan mehnat qobiliyati yo‘qotgan mehnatga qobiliyatli kishilarga, vaqtincha ishlamayotgan ishdagi xodimlarga, onalikni muhofaza qilishga, salomatlikni sug‘urta qilganlarga, o‘quvchi yoshlarga nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklayotgan shaxslar kabilarga to‘lanadi.
Maxsus jamg‘armalar hisobidan chet elda o‘qiyotgan iqtidorli talabalarga to‘lanadi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘tish iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining qatlami ham talaygina. Ammo ularni ijtimoiy himoya qilish uchun yetarli darajada manbalar ham yaratilgan. Bu jarayon tom ma'noda O‘zbekistonning o‘ziga xos kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan taraqqiyot modeliga hamnafasdir.

Download 34.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling