Axrorov alisher akbarovichning


Ajratilgan bo‘laklarning turlari


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1240750
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ахроров Алишер Битирув иши

Ajratilgan bo‘laklarning turlari
  • Misollar
  • Ajratilgan izohlovchi
  • Izohlanmishdan keyin uning ma’nosini konkretlashtirishga, shunga qo‘shimcha ma’no berishga xizmat qiladi.
  • Ajratilgan qaratuvchi
  • Bu bo‘lak har doim ot va otlashgan so‘zlardan iborat hamda har ikkalasi qaratqich kelishigida bo‘ladi.
  • Hammamiz bir onaning, ya’ni haqiqatning bolalarimiz.
  • O‘sha otga mana bu bolaning, Hudoyberdining ishqi tushib qolgan ekan.
  • Ajratilgan sifatlovchi
  • Sakrab tushib shunda tuyadan, karvonboshi-berahm, nodon(Z.D.)
  • Mushtumzo‘r lapanglar- mug‘ambir, pismiq. (O.)
  • Batrak eding, yupun-yalang oyoq. (O.)
  • Ajratilgan to‘ldiruvchi
  • Olmosh bilan ifoda-langan to‘ldiruvchining (shuningdek, ot bilan ifodalangan to‘ldiruvchining ham) ma’nosini oydinlashtiradi.
  • Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam,
  • Qo‘msayman birovni - allakimni.
  • Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish! Motam! (O)
  • Ajratilgan hollar
  • Ma’nosi umumiy, aniq bo‘lmagan hol-larning ma’nosini nisbatan oydinlashtiradi.
  • Kechalari, ishdan bo‘shagan paytlarda, ular hangomalashib o‘tirar edilar. Boshqa bir joyda-hovlining ichida - allakimning qichqirgani eshitilar edi. Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi. (A.Q.)
  • UNDALMA
  • Nutq qaratilgan shaxs, predmetni bildirgan sintaktik shakl undalma deyiladi.
  • Undalma leksik-semantik jihatdan quyidagilarni ifoda qiladi:
  • Konkret ism-familiyani: Men ham o‘shanda sizni ovora qilgan edim-ku, Roziya!
  • Kasb-hunar, mashg‘ulotni: Yer-suv endi, dehqon, seniki, quyosh ungan zamon seniki.
  • Mansab-amalni ifoda qiladi: To‘qay masalasini jiddiy o‘ylashimiz kerak, rais!
  • Unvonni: O‘rtoq mayor, dushman tanklari!
  • Qarindoshlik, yaqinlikni: Behuda yonma, uka, bir aql top.
  • Holat-xususiyatni: Bilamiz, qahramon, sizni hamma hurmat qiladi.
  • Kirish bo‘laklar so‘zlovchining gapning ayrim bo‘laklari yoki butun ifodaga bo‘lgan subyektiv munosabatini, emotsional tuyg‘ularini ifodalaydi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling