Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha
Download 1.27 Mb.
|
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p
80turdagi mehnat turi oxirgi (natijaviy) mahsulotni ishlab chiqarishga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni oichash shunchalik oson bo‘ladi. Biroq barcha zamonaviy tendensiyalar ishlab chiqarishdan oldingi yoki keyingi bosqichda murakkablashgan vazifalaming ortib borishiga olib kelmoqda. Mehnatning har xil turlarga bo'linishi bilan bog’liq ancha unumlashgan farqlar faoliyat sohalari takror ishlab chiqarishga yo'naltirilganligi bilan belgilanadi. U mehnat natijaiarining namoyon bo‘lish shakllari hamda bevosita va oxirgi iqtisodiy natijalar bo‘yicha «ichki» va «tashqi» unumdorlikni aniqlash tavsiflari bilan bog’liq bo'ladi. Tarmoq statistikasidan foydalanib, iqtisodiyotda bir nechta asosiy takror ishlab chiqaruvchi komplekslarni ajratishi mumkin: 1-kompleks — mahsulot ishlab chiqarishda va moddiy xarakterdagi xizmatlarda band bo'lganlar: qishloq xo'jaligi, qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat, qurilish, transport, ombor xo'jaligi, savdo, ijtimoiy foydalanish korxonalari (energiya va suv ta’minoti, tozalash va h.k.) va shaxsiy xizmatlar. 2-kompleks — ma’muriy, tashkiliy-iqtisodiy va axborotlar xarakteridagi xizmatlar - aloqa, davlat apparati, moliya, kredit, sug’urta, ishbilarmonlik xizmatlarini; muhandislik, m e’morchilik, hisob-buxgalterlik, yuridik, ma’muriy tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. 3-kompleks — takror ishlab chiqaruvchi-tarmoq kompleksi. Unga xalq ta’limi va ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni qondiruvchi xizmatlar kiradi. U ta’lim sohasini, dam olish va hordiq chiqarish xizmatlari, muzey, zoopark, diniy tashkilotlar, ijtimoiy ta’minot, radio va televidenie va aloqa xizmatlarining bir qismini o‘z ichiga oladi. 4-kompleks - sog’liqni saqlash, fizkultura va atrof-muhitni muhofaza qilish xizmatlari hamda uy-joy xizmatlari va o‘rmon xo'jaligidan iborat. Umumiy ishchi kuchi tarkibida ishlab chiqarish kuchlarining har bir alohida elementiga ta’sir qilish alomatlari bilan bog’liq ishlovchilar guruhlari mavjud. Iqtisodiyotning rivojlanib borishi faoliyatning o'zaro yaqin turlarini belgilangan maqsadga ko‘ra, kadrlar bo'Iinmalariga ajratishga moyillik bildiradi. Albatta, xo'jalikning sifat jihatidan takomillashtirilish belgilarini ishchi kuchining boshqa tuzilmalari nuqtai nazaridan (tarmoq va kasb-malaka, ammo ular ishlab chiqarish natijalariga mehnatning ta’siri yo'nalishi bo'yicha bog’liq emas) kuzatish mumkin. Tarmoqlar ishchi kuchi xususiyatlari tavsifi bilan uncha bog’liq emas. Uning mezonlari mahsulot va xizmatlar tuzilishi xususiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun bandlikning asosiy tavsiflarida ajralgan: (maiakasi, vazifalari va hakozolar bo'yicha). Kasbiy va malakaviy tuzilish inson omilidan kelib chiqadi: mehnatning mazmuni va xarakteri, ular o‘z navbatida, ishchilarning ma’lumoti, tajribasi, qobiliyatlari bilan bog’liq. Agar kasbiy tavsiflarni tarmoq nuqtai nazaridan qarab chiqadigan bo'lsak, unda kasblarga tarmoqning ta’siri aniqlanadi, ya’ni Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling