Ayimbetova gulayim izzetovna o
Download 401.62 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tasavvuf adabiyotining oziga xos xususiyatlari a.yassaviy va a.navoiy ijodi misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ishq-muhabbat
Xo‘rlaganda taqdir beomon,
Bir kun yig‘lab, bir kun kuldingiz. Otabekning xayoli bilan Bir kun muzlab bir kun to‘ldingiz. Kumush , holim sendan yomonroq, Zahar tutib Zaynabim kelmas. Oson o‘lmoq, telbalik, biroq, 51
Muhammad Yusufda:
Tengim boshqa, dedi yor, Topdim desam tengimni. Marg‘ilonlik bir dildor Tortib oldi begimni. Kulgu ketmay ko‘zimdan Yog‘ar bo‘ldi ko‘zyoshim. Ko‘z- ko‘z qilib baxtini Yoqar bo‘ldi kundoshim. ( «Zaynab qo‘shig‘i») 1 Sen Shirinu men ham Farhod emasman, Sen achchig‘u men ham novvot emasman, Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni, Sen dilxunu men ham dilshod emasman… Boshga neki tushsa ko‘kdan atomish, Biz bir qafas aro giryon bir juft qush. Bir go‘shada sen xomushsan, men xomush- Sen vayronu men ham obod emasman. (« Otabek qo‘shig‘i») 2
Turli she’rlarda bir xil tashbih qo‘llash yoki bir- biridan mutloqo bexabar tarzda bir xil asarlar yaratish – ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ijodiy hodisa. Ijodkorlardagi kayfiyat va holat yaqinligining bir-biriga o‘xshash tarzda moddiylashishi ijod amaliyotida uchrab turadi Bir vaqtlar E.Vohidov va A.Oripovlar ijodida qat’iy amal qilingan izosillabizm - teng hijolilikka Farida Afro‘zning unchalik rioya etmaganligi. ----
1 Muhammad Yusuf. Saylanma. T.: “Sharq”-2004, 144-bet. 2 Muhammad Yusuf. Saylanma. T.: “Sharq”-204, 180-bet. 52
kuzatiladi. Chunki bu davrga kelib she’rning shakli bilan bog‘liq izlanishlar vazn, qofiya, janrlarga murojaatdagi kabi hijolar borasida ham erkin yo‘l tutishni talab etdi.
Farida Afro‘z she’riyatni badiiy tahlil qilish jarayonida Muhammad payg‘ambarimiz (SAV) ning sunnatlari, ya’ni hadislarni she’rga solish an’anasi ham avj olgani ko‘rinadi. 90-yillarda A. Oripovdan boshlangan bu an’anani S.Sayyid, Sh. Qurbonlar muvaffaqiyatli davom ettirishdi. Cho‘lpon: «Adabiyot ila aytganda, albatta, ta’sir qilar», - deganidek, hadislarning she’rga aylantirilishi ularning ta’sir quvvatini yanada oshirish yo‘lidagi ijodiy urinishlar bo‘ldi. A. Oripovning «Hikmat sadolari» da «Ona», «Bilol habash», «Ibrat» kabi she’rlar badiiy teranligi, hadislardan chiqarilgan xulosalarning chuqurligi bilan ajralib turadi. Farida Afro‘zning «Tasbeh» to‘plamida ham shu mavzudagi uchliklarni talayginasini uchratish mumkin.
Shohimardonni sel bosgach, Bir masjid omon qoldi. Masjidda hech kim yo‘q edi, afsus… 1 Bu xil asarlardan payg‘ambar hadislaridagi mantiqiy xulosalardan ortiq badiiy kashfiyot talab qilib bo‘lmaydi. Buni Farida Afro‘z yaxshi his qilgan va hadislarning mazmunini asosiy planga olib chiqqan. Aslida, har bir so‘z san’atkorining hayoti va ijodiy faoliyati davomida dil- diliga yashiringan, birovlarga ko‘z-ko‘z etishni xushlamagan, shaxsiy sir-asroriga aylangan o‘ziga xos g‘oyalari bo‘ladi. Ana shu o‘zligini ifodalash uchun u turli xil mavzularga, shakllarga murojaat etadi. Va lekin bu narsa ko‘proq «xususiy» mavzulari orqali zuhur topadi. Xo‘sh, qaysi mavzu Farida Afro‘z izlanishlarining turfa ma’nolarda jilolangan she’rlari uchun o‘zak ildiz hisoblanadi? Oltin olma ardoqladim bog‘imda,
-----
1 Farida Afro‘z. -Tasbeh. T.: “Sharq”- 2007, 140-bet. 53
Endi sening bog‘laringda kuz yig‘lar, Endi mening qismatimda so‘z yig‘lar. Zohiran, hamma narsa ayondek, shoiraning ko‘ngli satrlarda ko‘rinib turgandek tuyuladi. Aslida esa, munchalik jo‘n emas. Oltin olma, bog‘, alvastilar, ilon, yig‘layotgan kuz va so‘z- bular ohori to‘kilmagan, shoira ko‘nglidan silqigan yangi va qabariq ma’nodor obrazlargina emas. Ularning har biri teran mazmun- mohiyatiga ko‘ra ramzlarga aylanayotir. Shoiraning dil tubiga ekilgan sirlarini anglash uchun esa, ramzlar, metaforalar bir ochqich. Sirtdan har bir so‘z bizga eskidan tanishga o‘xshaydi. Va lekin, ular yangi va chuqur yashirin ma’nolari bilan avval ko‘rilmagan va uchratilmagan mohiyat kasb etayotir. Ishq-muhabbat,
Download 401.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling