Ayirboshlash


Download 268 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi268 Kb.
#1307284
Bog'liq
1-mavzu

1-mavzu.


Insoniyat paydo bo’lgandan buen ular o’rtasidagi ijtimoiy- iqtisodiy ayirboshlash, shuningdek ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish munosabatlari to’xtovsiz rivojlanish jaraenini boshidan kechirib kelmoqda. Ayniqsa, o’tgan asrning 80 yillaridan bu jaraen yanada shiddat bilan rivojlanib, XXI asrning dastlabki yillaridan insonlar ko’z o’ngida texnik va texnikaviy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Buning natijasida insoniyat misli ko’rilmagan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishdi, haet kechirish shakl va shamoyili sifat va qulaylik jihatidan keskin o’zgardi.


Darhaqiqat, XXI asrda texnika va texnologiyaning bu darajada rivojlanishining asosida insoniyatni iqtisodiy manfaatdorlikka chorlovchi va unga erishtiruvchi asosiy omillardan biri ―innovatsion iqtisodiet‖ etibdi.
Innovatsion iqtisodiet va innovatsion rivojlanishning mamlakat milliy iqtisodieti rivojiga ta’siri, kishilar ijtimoiy-iqtisodiy haetidagi o’rni xususida to’xtalishdan oldin, uning iqtisodiy mohiyati, shakllanish evolyutsiyasi va amal qilish modellariga alohida to’xtalib o’tish lozim. Chunki, iqtisodiy adabietlarda va ilmiy asarlarda ―innovatsiyaion iqtisodiet‖, ―innovatsion rivojlanish‖, uning rivojlanishi va modellariga nisbatan yagona endashuv mavjud emas.
Iqtisodiy fanda ―innovatsiya‖ning mohiyatiga birinchilardan bo’lib e’tibor qaratgan avstriyalik iqtisodchi Y.Shumpeter: ―Innovatsiya – bu mavjud jaraenga yangicha qarash, endashuv bo’lib, zamonaviy kashfiet va ishlanmani eki insoniyat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yangi ishlab chiqarishni ma’lum bo’lgan qandaydir jaraenga qo’llashdir4.‖, -deya ta’kidlaydi.

Innovatsion iqtisodiet 1920 yillarning oxiri 1930 yillarning boshlarida iqtisodiy fan sifatida vujudga keldi. N.Kondratev ushbu
4 Shumpeter Y.Teoriya ekonomicheskogo razvitiya. M.: EKSMO, 2007.
jaraen xususida to’xtalib, texnika sohasida yuz beraetgan o’zgarishlar shubhasiz iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb ta’kidlagan edi5. Uning fikriga ko’ra, buning asosiy shartlaridan biri mamlakatda innovatsion ―massa‖ning to’planib qolganligi va iqtisodietda uni joriy etishning iqtisodiy shart-sharoitlari vujudga kelganligidir. Masalan, XVII asrning oxiri – XVIII asrning boshlarida shakllanib ulgurgan iqtisodiy kashfietlar XVIII asrning oxirida, industrial revolyutsiya arafasida keng qo’llanildi.
Innovatsiyaning mazmuniga yanayam kengroq qaraydigan bo’lsak, uning lug’aviy ma’nosi inglizcha ―innovation‖ so’zidan olingan bo’lib, yangilik kiritish, ixtiro so’zlarini anglatadi6. O’rganishlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, innovatsiyaga rasmiy doirada ham ta’riflar berilgan. Ayniqsa, ularning ichida Oslo hukumatining innovatsiyaga bergan ta’rifi alohida e’tirof etiladi, unga ko’ra: ―Innovatsiya - bu yangi g’oyalarni yaratish asnosida bozordagi talabga qarab zamonaviy va sifatli tovarlarni ishlab chiqarish orqali raqobatchilaridan o’zib ketishdir7.‖, -deya qayd etiladi.
Ta’kidlaganimizdek ―innovatsiya‖, ―innovatsion iqtisodiet‖ga berilgan iqtisodiy ta’riflar aynan bir-biriga o’xshamaydi. Masalan, rossiyalik iqtisodchi M. Gershman: ―Innovatsiya-bu yangilik, kashfiet va ixtirolar orqali yangi mahsulot, xizmat yaratish va jaraenni vujudga keltirishdir. Innovatsion faoliyat natijasida novatsiya (lotincha ―novation‖) ya’ni o’zgarish, yangilanish jaraeni sodir bo’ladi. Novatsiya – bu oldin amalietda bo’lmagan yangi ixtiro, yangi xodisa, yangi holat bo’lib ijtimoiy ehtiejlarni qondirishning yangi usuli sifatida yuzaga chiqadi8‖, -deya ta’kidlaydi.



5 Kondratev N. D.Bolshie tsiklo’ kon’yunkturo’ G’G’ Voproso’ kon’yunkturo’. 1925. № 1. 6 Gentry W. M., Hubbard G. R.―Success Taxes‖, Entrepreneurial Entry, and Innovation G’G’ NBER Working Paper. 2004. No 10551.
7 Rukovodstvo Oslo. Rekomendatsii po sboru i analizu danno’x po innovatsiyami G’ perevod s angl. 3-izd.
M.: 2006. (Oslo Manual Guidelines for Collection and Interpretation of Innovation Data. Third ed. A Joint publication of OECD and Eurostat. OECDG’EC.2005.
8 Gershman M. A. Innovatsionno’y menedjment. – M. : Market DS, 2010.
―Innovatsion iqtisodiet – bu kapitalni yangi texnika, texnologiyaga, ishlab chiqarishga, mehnatni yangicha tashkil etish, boshqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga sarflash natijasida yangidan olingan moddiy hamda nomoddiy ne’matlardir‖.
O’zbek tilining izohli lug’atida ―innovatsiya‖ atamasiga so’zma-so’z kiritilgan yangilik, ixtiro, keng ma’noda esa texnika va texnologiyalarning yangi turlari (avlodlari) ni joriy etish maqsadida iqtisodietga sarflangan mablag’lar, (2) ilg’or texnika va texnologiyalar, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo’llanishi, (3) muayyan tilda, asosan, uning morfologiya sohasida eng so’nggi davrlarda paydo bo’lgan yangi hodisalar (til birliklari) deya ta’rif beriladi9.
Har qanday innovatsion faoliyat zamirida avvalombor kishilarning iqtisodiy manfaatdorligi etibdi, so’ngra esa undan insonlar o’z haetlarini yanada qulay va yaxshilashga bo’lgan imkoniyat paydo bo’ladi. Ushbu imkoniyat kishilarni cheksiz ehtiejlari va manfaatlarini qondirishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi jihatdan cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali va unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirzieev ushbu masalaga alohida to’xtalib: ―Biz 2018 yilga «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz o’tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini ko’rsatib turibdi.Sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko’rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi10‖,-deya ta’kidlaganlari bejiz emas.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqietining bosqichlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, barqaror o’sishni ta’minlashda innovatsiyalar





9 O’zbek tilining izohli lug’ati. –T.: O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – T. : 2002. 169. B
10 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzieevning 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2018 yil 28 dekabr.
o’rni alohida ahamiyat kasb etganini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni, ilmiy- texnikaviy yo’nalishlarda olib borilgan tadqiqotlarni ishlab chiqarish jaraeni bilan integratsiyalashuvi yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda innovatsion rivojlanish va innovatsion iqtisodietning o’rni juda yuqori hisoblanadi. Zero, innovatsion rivojlanishni amalga oshirish avvalo iqtisodietning real sektorini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilmiy-texnikaviy loyihalarni qo’llab quvvatlash, fan va texnologiyalar hamda ishlab chiqarishni uzviy bog’liqligini ta’minlash lozim bo’ladi.
Ta’kidlab o’tganimizdek, innovatsion iqtisodiet asosida innovatsion rivojlanish amalieti uzoq o’tmishdan mavjud bo’lishiga qaramay, ilmiy tadqiqot predmeti sifatida XX asrdan o’rganila boshlandi.
Innovatsion iqtisodiet nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga Y.Shumpeter, N.D.Kondratev, E.Xansen, M.I.Tugan-Baranovskiy, Dj.Bernal, S.Kuznets, B.Tviss, G. Mensh, Ya.VanDeyn, A.Klaynknext, K. Frimen, Dj. Klark, L.Sute, I. Nikolov, A.I.Anchishkin, R.M.Entova, N.A.Makashevoy, P. Kennedi, E. Toffler, I.M. Dyakonov, A. Shlezinger- mladshiy, Yu.V.Yakovets kabi olimlar katta xissa qo’shgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, innovatsion iqtisodiet nazariyasini tadqiq etish zaruriyati dastlab iqtisodiy va texnologik sohalarda yuzaga kelaetgan inqirozlar sababini o’rganish, davlatlar o’rtasidagi o’zaro zidiyatlarda muvaffaqiyatlarga erishish, davlat o’rtasida zamonaviy qurol yaroqlarni ishlab chiqishga bo’lgan omillar doirasida shakllandi. Shuningdek, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishda va uning oqibatlarini oldini olishda sanoatga asoslangan rivojlanish tsiklidan innovatsion rivojlanish fazasiga o’tish muhim ahamiyat kasb etadi11.





11Tugan-Baranovskiy M.I. Izbrannoe. Periodicheskie promo’shlenno’e kriziso’. Istoriya angliyskix krizisov.
Obhaya teoriya krizisov. M.: Nauka - ROSS-PEN, 1997.
Ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan olim Yu.V.Yakovets innovatsion iqtisodietning shakllanishi va rivojlanishini uch bosqichga ajratadi12. Quyidagi rasmda Yu.V.Yakovets tomonidan ilgari surilgan innovatsion iqtisodiet nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog’liq jaraenlarning rivojlanish bosqichlari berilgan.

1-rasm. Innovatsion iqtisodiet nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari13.





  1. rasmdan ko’rinib turibdiki, innovatsion iqtisodiet nazariyasining shakllanishini birinchi bosqichi 1910-1930 yillarga to’g’ri keladi. Ushbu bosqichda N.D.Kondratev va Y. Shumpeterlar innovatsion iqtisodiet nazariyasining shakllanishi va uning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Xususan, N.Kondratev o’z ilmiy qarashlarida innovatsion iqtisodietning nazariy yo’nalishiga e’tibor qaratib: iqtisodietni ―o’sish‖ va ―pasayish‖ tsiklidagi tebranishlar hamda mamlakatdagi texnik kashfietlar va ularning amalietga joriy etish o’rtasida ob’ektiv qonuniyatlar mavjudligini nazariy asoslaydi14.

Ta’kidlash joizki, N.D.Kondratevning innovatsion iqtisodiet nazariyasi nafaqat texnologiya va iqtisodietni, balki ijtimoiy-siesiy



12 Yakovets Yu.V. Epoxalno’e innovatsii XXI veka. M., Ekonomika, 2004. str-18
13 Rasm (Baholash faoliyati milliy standartlari ma’lumotlari asosida shakllantirildi).
14 Kondratev N.D. Bolshie tsiklo’ kon’yunkturo’ i teoriya predvideniya. M.: Ekonomika, str. 370-371 2002.
sohalarni ham o’z ichiga olib, innovatsiyalarni jamiyatning turli sohalarida joriy etish mexanizmlarini ochib bergan.
Y.Shumpeter esa N.D.Kondratevning innovatsion iqtisodiet nazariyasini qo’llab-quvvatlagan holda: ―Tadbirkorlarning vazifasi kashfietlardan samarali foydalanish, eki yana ham chuqurroq ma’noda ta’kidlasak, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va zamonaviy tovarlarni taklif qilish, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, yangi bozorlarni zabt etish orqali ishlab chiqarishda inqilobiy o’zgarishlarni amalga oshirishdan iboratdir15.‖, – deya ta’kidlaydi.
Y.Shumpeter o’zining innovatsiyalarga oid nazariy qarashlarida innovatsion iqtisodietning asosiy vazifasi sifatida texnologik va iqtisodiy innovatsiyalar, iqtisodietni davriylik dinamikasida innovatsiyalarning o’rni, ularga iqtisodiy qonunlarning ta’siri va ularni boshqarish kabilar ustida tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Innovatsion iqtisodiet nazariyasini shakllanishi va rivojlanishining birinchi bosqichida N.D.Kondratevning izdoshi bo’lgan P.A.Sorokin: innovatsion iqtisodietning rivojlanishini ijtimoiy- iqtisodiy va siesiy munosabatlar bilan birga, davlatlar o’rtasidagi urushlar, ilmiy yangiliklarni ochilishi va kashfietlar ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, u o’zining ―Ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar sura’ti‖ nomli asarida kishilik jamiyati besh ming yil davomida erishilgan eng yirik yangiliklarni alohida-alohida ochib beradi16.
P.A.Sorokin mazkur asar doirasida amalga oshirgan xulosalarga tayanib shunday fikrga keladiki, agar har qanday innovatsion rivojlanish jamiyat va shaxslar uchun iqtisodiy manfaatdorlik keltiradigan bo’lsa unga moliyaviy jihatdan mablag’ topish mumkinligi va ushbu harakatlar har qanday sharoitda o’zining natijasini berishini tasdiqlaydi. Bunga





15 Shumpeter Y.A. Kapitalizm, sotsializm i demokratiya. M.: Ekonomika, str. 183-184. 1995.
16Sorokin P.A. Sotsialnaya i kulturnaya dinamika. Spb., SPbXGU, 2000.
amalietdan juda ko’p misollar keltiradi. Xususan, insoniyatning oyga va kosmosga chiqishi, atom qurollarini yaratishi va boshqalar shular jumlasidandir.
Innovatsion iqtisodiet nazariyasini shakllanishi va rivojlanishining ikkinchi bosqichi, ya’ni 1940-1970 yillarda keskin fundamental o’zgarishlar sodir bo’lmagan. Fikrimizcha, buning asosiy sabablaridan biri, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi qurollanish siesatini avj olishidir.
Iqtisodchi olimlar va innovatsion iqtisodiet nazariyasi tarafdorlarining ushbu bosqich bo’yicha asosiy xulosalari shundan iboratki, har qanday iqtisodiy rivojlanish, shu jumladan innovatsion yangiliklar amalietda o’zining samarasini berishi uchun birinchi navbatda, mamlakatda siesiy barqarorlik va tinchlik hukm surishi juda muhim hisoblanadi.
Mamlakatda siesiy barqarorlik va tinchlik xususida gap ketganda O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq uzoqni ko’zlab olib boraetgan ijtimoiy, iqtisodiy va siesiy islohatlari natijasida mamlakatimizda qaror topgan siesiy barqarorlik va tinchlik naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor e’tirof etish maqsadga muvofiq. Bu albatta, mamlakatimizda innovatsion iqtisodietni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Innovatsion iqtisodiet nazariyasi shakllanishi va rivojlanishining ikkinchi bosqichida e’tiborga sazovor bo’lgan asarlardan biri, ingliz olimi Dj.Bernal tomonidan 1954 yilda yaratilgan ―Jamiyat tarixida ilmning o’rni‖ nomli monografiya hisoblanadi.
Dj.Bernal monografiyada insoniyat rivojlanishining eng qadimgi tosh davridan hozirgi davrgacha bo’lgan jaraenlarni chuqur tadqiq qiladi. Monografiyada ta’kidlanishicha, dastlabki davrlarda olovdan foydalanish, kulolchilik, g’ildirak va qayiqlar ilm-fan mavjud bo’lmagan sharoitda kashf qilingan bo’lsa, bizning asrimizda ijtimoiy-siesiy, madaniy va iqtisodiy
haetda joriy qilinaetgan ilm-fan yangiliklarini joriy etish tezligi ularni o’zlashtirishdan ko’ra ilgarilab ketdi17.
Haqiqatdan ham ilm-fan taraqqieti jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy haetga nazar tashlaydigan bo’lsak, barcha sohalarda joriy qilinaetgan innovatsiyalarning ko’lami beqies bo’lib, ularning ko’pchiligini o’zlashtirmasdan turib yangilari haetimizga kirib kelmoqda. Albatta, bularning asosiy sababi innovatsion rivojlanish yo’nalishida amalga oshirilaetgan tadqiqot va izlanishlarning amaliy natijasi hisoblanadi.
Xususan, amerikalik iqtisodchi, statist, demograf va iqtisodiy tarixchi olim S.Kuznets 1980 yillarda ―davrga oid innovatsiyalar‖ tushunchasini fanga kiritdi, uning ta’limotiga ko’ra, iqtisodietning rivojlanishining ma’lum davrida barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uning darajasini oshirish asosini davrga oid innovatsiyalarni joriy etish hisoblanadi, davrga oid innovatsiyalarning manbai ilm-fan ekanligi ta’kidlanadi18.
Shu o’rinda qayd etish joizki, S.Kuznets ma’lum bir davrga oid innovatsiyalarni joriy etilishi nafaqat ijobiy samara beradi, balki uning mamlakat aholisiga salbiy ta’siri bo’lishi ham mumkinligini ta’kidlab o’tadi. Shu jihatdan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda innovatsiyalarni rivojlanishi va joriy etilishida davlatning ishtirok etishi juda muhim hisoblanadi. Chunki, ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni doimiy joriy etilishi barqaror iqtisodiy o’sishning muhim omili bo’lish bilan birga, jamiyatning ijtimoiy qarashlarini ham o’zgartiradi, bu esa institutsional tarkibiy o’zgarishlar bilan birga milliy mafkuramizga ham ta’sir etishi mumkin.
Y.Shumpeter innovatsion rivojlanishni amalietga joriy etishda uning quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshirish lozim deb hisoblaydi:



17Bernal DJ. Nauka v istorii obhestva. M.: IL, 1956.
18 Kuznets S. Sovremenno’y ekonomicheskiy rost: rezultato’ issledovaniy i razmo’shleniy. Nobelevskaya lektsiya str 105.G’G’ Nobe-levskie laureato’ po ekonomike: vzglyad iz Rossii. Pod red. Yu.V. Yakovtsa. Spb.: Gumanistika, 2003.

  1. muomalaga yangi innovatsion mahsulotlarni kiritish;

  2. ishlab chiqarishning yangi usullarini joriy etish;

  3. yangi bozorlarni yaratish: yangi inonnovatsion loyihalarni xomashe va resurslar bilan ta’minlash;

  4. sanoat ishlab chiqarish bo’g’inlarini tashkil etish va ishga tushirish19.

Y.Shumpeterning innovatsion loyihalarni amalietga joriy etish bosqichlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, unda amalietga joriy etilaetgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari e’tiborga olinmagan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etish va ishga tushirishda davlatning ishtiroki qayd etilmagan.
Fikrimizcha, hozirgi paytda, ayniqsa o’tish iqtisodietini boshidan kechiraetgan mamlakatlarda innovatsion loyihlarni joriy etishda davlatning moliyaviy qo’llab-quvvatlashi (masalan, soliq imtiezlari va moliyaviy subventsiyalar orqali) juda muhim hisoblanadi.
Innovatsiya nazariyalari shakllanishi va rivojlanishining uchinchi bosqichi 70 yillarning o’rtalari va 80 yillarning boshlarida ro’y bergan xalqaro inqirozlar bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur inqiroz energetika sohasi bilan bevosita aloqadordir, 1971-1980 yillarda duneda eksport narxlari 8,1 barobarga oshdi. Xususan, shu davrda xomashe bahosi 14,1 barobarga, qishloq-xo’jaligi mahsulotlari narxi 8 barobarga, tayer mahsulotlar narxi 6,3 barobarga ortdi20.
O’z navbatida, 1970-90 yillarda N.D.Kondratev va Y.Shumpeterlarning iqtisodietni uzun to’lqinli tebranishlar nazariyasiga bag’ishlangan bir qator xalqaro konferentsiyalar bo’lib o’tdi. Shu o’rinda ta’kidlash joiz, Ya.Van Deynaning ―Iqtisodiyotda uzun to’lqinlar‖, A.Kleynknextaning ―Inqiroz va yuksalish davrida innovatsiyalar‖, K.Frimen, Dj.Klark va L.Sutelarning ―Ishsizlik va texnik kashfietlar.


19 Schumpeter J. The Theory of Economic DevelopmentG’ Cambridge; Harvard University Press, 1934.
20 Ustinov I.N. Mirovaya torgovlya. Statistika-entseklopedicheskiy spravochnik. M.: Ekonomika, 2002.
Str. 61-62.
Iqtisodiy yuksalishda uzun to’lqinli tebranishlarning mohiyati‖ kabi monografiyalari Innovatsion iqtisodiet nazariyasi va uning iqtisodietdagi ahamiyatini nechog’li yuqori ekanligini ko’rsatdi.
Shuningdek, ushbu ishlanmalarda olimlar innovatsiyalarni ilmiy- texnikaviy va iqtisodiy tsikllarning (qisqa, o’rta va uzoq muddatli) ajralmas bo’lagi sifatida ta’riflab, iqtisodietni yangi innovatsion rivojlanish bosqichiga o’tishi uchun ta’lim, ilm-fan va texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv sohalarni o’zaro bog’liq holda tadqiq etishgan21.
Bunday vaziyatda yangi iqtisodiy bosqichga o’tish uchun innovatsiyalarni rivojlantirish zaruriyati paydo bo’ldi. Ayrim davlatlar jumladan AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Angliya iqtisodietida 80 yillarning ikkinchi yarmidan keskin barqaror o’sishlar kuzatildi. Misol tariqasida jahonning YaIMini 15 yil ichida 63 %ga, ishlab chiqarish hajmi 60 %ga, eksport hajmi esa – 2,83 barobarga o’sganini keltirish mumkin22.
Mamlakat iqtisodietini barqaror o’sishini ta’minlashda innovatsion rivojlanishning joriy etish jaraenlarini o’rganganimizda, uni qo’llashning turli tuman endashuvi mavjudligining guvohi bo’ldik. Buning asosiy sabablari sifatida innovatsion rivojlanishni joriy etaetgan mamlakatning geografik joylashuvi, iqtisodiy resurslarning hajmi va zaxiralari, iqtisodietni boshqarishda qo’llaniladigan mexanizmlar va boshqa qator omillarni keltirish mumkin.
Tadqiqotlar natijasida duneda innovatsion rivojlanishni joriy etish modellarining ko’p qirraligini e’tiborga olib, ularni qator mezonlar asosida o’zaro bir-biriga yaqinligi kabi jihatlariga asoslanib, rasmda keltirilgan uchta modelining o’ziga xos jihatlarini ko’rib chiqishga qaror qildik.



21Yakovets Yu.V. Tsiklo’. Kriziso’. Prognozo’. M.: Nauka, 1999.Yakovets Yu.V. Globalizatsiya i vzaimodeystvie tsivilizatsiy. Izd. 2-e. M.: Ekonomika, 2003. Yakovets Yu.V. Renta, antirenta, kvazirenta v globalno-tsivilizatsionnom izmerenii. M.: Akadem-kinga, 2003.Innovatsii: teoriya, mexanizm, gos–darstvennoe regulirovanie. Pod red. Yu.V. Yakovtsa. M.: RAGS, 2000.
22 Ustinov I.N. Mirovaya torgovlya. Statistiko-entsiklopedicheskiy spravochnik. Str 61-62. M.: Ekonomika, 2002.

1.2-rasm. Innovatsion rivojlanishning modellari23.
1.1-rasmdan innovatsion rivojlanishning uchta modeli keltirilgan, uning birinchi modeli Evroatlantika modeli juda uzoq yillik ilmiy izlanishlar, shuningdek harbiy ziddiyatlar natijasida G’arbiy Evropa mamlakatalarida juda keng qo’llanilgan. G’arbiy Evropa mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh yadro quroli himoyasiga o’tgandan va NATOga a’zo bo’lgandan keyin juda katta miqdorda moliyaviy mablag’ talab etadigan harbiy innovatsiyalardan nisbatan arzonroq bo’lgan innovatsion ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshira boshladi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1940 yillarning oxirida juda qimmat bo’lgan yadro fizika tadqiqot ishlaridan radio astronomiya va biologiyaning yuqori molekulyar sohalariga e’tibor qaratdilar, albatta bu mamlakatda astrofizika va molekulyar biologiya fanlari juda samarali rivojlandi. Hozirgi kunda britaniya innovatsion rivojlanish tizimi xalqaro darajadagi Oksford, Kembridj va London universitetlarida mujassamlashtirilgan.
Italiya va Germaniyada ham innovatsion rivojlanishning nazariyalari va amalietga qo’llash bo’yicha mamlakatdagi yirik institutlar shug’ullanadi. Frantsiyada esa fundamental ilmiy ishlar va innovatsiyalarni amalga oshirish Milliy tadqiqot ilmiy markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Evropaning qolgan mamlakatlarida ham innovatsion rivojlanish bilan bog’liq ishlar institutlar tomonidan amalga oshiriladi. Keyingi



23 Rasm mualliflar tomonidan tuzilgan. (Baholash faoliyati milliy standartlari ma’lumotlari asosida shakllantirildi).
yillarda G’arbiy Evropa mamlakatalari innovatsion rivojlanishning nazariy va amaliy yo’nalishlari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradigan va AQSh bilan raqobatga kirisha oladigan Evropa Ittifoqida yagona markazni tashkil etdi. Ushbu markaz kelgusida Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlarda innovatsion rivojlanishni yangi mahsulotlarini yaratish, moliyalashtirish, amalietga joriy etish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida maydonga chiqishi ko’zda tutilgan.
Innovatsion rivojlanishning Sharqiyosie modeli xususida gapirganda ushbu model boshqa modellardan jiddiy farq qilish bilan birga, u asosan yirik universitetlarda keng qo’llanilishi e’tiborlidir. Bu borada Yaponiyada innovatsion rivojlanishi bo’yicha amalga oshiriladigan fundamental tadqiqot ishlariga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Yaponiyada innovatsion rivojlanish uchta bosqichda amalga oshirilganini ko’rish mumkin. Birinchi bosqichi XX asrning 50-80 yillarini o’z ichiga oladi, ikkinchi bosqich 1980-2000 yillar, uchinchisi XXI asrdan hozirgi kungacha bo’lgan davrdan iborat.
Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin 1970 yillarga qadar ilmiy-texnika va innovatsion siesati ikkita endashuv asosida amalga oshirildi. Birinchisi, innovatsion va ilmiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish bo’yicha xorijiy litsenziyalarni sotib olish, ko’p tarmoqli yirik innovatsion-ilmiy loyihalarda ishtirok etish va ular bilan qo’shma korxonalarni tashkil etishga qaratildi. Ikkinchisi, yirik korxonalar bazasida shaxsiy innovatsion rivojlanishni moliyaviy rag’batlantirish hisoblanadi.
Innovatsion rivojlanishning muqobil modeli ilmiy-texnika va fundamental innovatsiyalar etarli darajada e’tibor qaratilmaydigan eki uni rivojlantirish imkoniyati bo’lmagan mamlakatlarda qo’llaniladi. Innovatsion rivojlanishning ushbu modeli ko’proq Tailand, Chili, Turkiya, Iordaniya, Portugaliya kabi mamlakatlarda foydalaniladi.
Masalan, Tailand va Chili asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan agrar davlat hisoblanadi, shu bois ushbu mamlakatlarda innovatsion rivojlanishni joriy etish aynan shu sohalarga qaratiladi.
Tailandda 2003 yilda Milliy innovatsion agentligi tashkil etildi, uning asosiy vazifasi mamlakatda innovatsiyani rivojlantirish va milliy iqisodietni raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan.
Turkiya 1960 yillardan buen innovatsion rivojlanishni kengaytirish va uning samarali qo’llanishi bo’yicha juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. 1963 yilda mamlakatda Fan va texnologiya kengashi tuzildi, uning zimmasiga mamlakatda innovatsion infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirish vazifasi yuklatilgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion rivojlanishning mohiyati, evolyutsion shakllanishi va modellari xususida endashuvlar juda ko’p qirrali bo’lib, innovatsion rivojlanishni keng qo’llashga inqirozlar, davlatlar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlar, davlatning moliyaviy qo’llab- quvvatlashi, iqtisodiy resurslarning cheklanganligi kabilar ta’sir qiladi.
Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling