Aylanma fondlarining tarkibi


Download 227.94 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi227.94 Kb.
#1051479
  1   2   3

Aylanma fondlarining tarkibi

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. SHuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish avvalom bor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.

Har bir xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslashtirishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun esa avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish va muomala sferalarida doimiy ravishda aylanib turishi zarur. Avanslashtirilgan qiymat mehnat vositalari va predmetlarini sotib olishga sarflanishi mumkin. SHu jihatdan ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, ya’ni uzoq muddatli va aylanma aktivlarga bo‘lish mumkin. Uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarishda uzoq yillar davomida qatnashadi. Eskirib borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o‘z qiymatini qisman yangi yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi.

Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi.

  • Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi.
  • Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.
  • Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.

Download 227.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling