Aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash


Download 21.79 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1532983
1   2   3
Bog'liq
aylanma kassa

chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan kassa;
chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
· kredit olish uchun ariza;
· korxonaning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi;
· biznes-reja;
· foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot;
· oborot mablag‘larining aylanuvchanligi hisob-kitobi;
· boshqa kreditorlardan qarzga mablag‘lar olingani va boshqa banklarda erkin mablag‘lari borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Bu hujjatlar sinchiklab o‘rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiylashtiradi, so‘ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish uchun kredit qo‘mitasiga yuboriladi. Kredit qo‘mitasi o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi.
Kredit qo‘mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi tuziladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
· kredit maqsadi va summasi;
· kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va haqiqatdagi qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari;
· foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‘lash tartibi;
· kreditni berish uchun zarur ma’lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarning ro‘yxati va ularning davriyligi;
· buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish, qaytarishni ta’minlash holatini joyning o‘zida har chorakda tekshirish va boshqa masalalar.


Tijorat krediti. Iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining birinchi shakllaridan bo‘lib, veksel muomalasini vujudga keltirgan va naqd pulsiz hisob kitoblarning rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat kreditining sub’ektlari sifatida yuridik shaxslar: mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar, kreditning ob’ekti sifatida sotilayotgan tovar ishtirok qiladi. Tijorat krediti o‘zining amaliy ko‘rinishini huquqiy shaxslar o‘rtasida tovar va xizmatlarning to‘lov muddatini cho‘zish orqali sotish shaklidagi moliya xo‘jalik munosabatlarida topadi.
Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling