Aylanma quvurli pech Reja


Konstruktsion materiallar


Download 105.15 Kb.
bet4/7
Sana27.03.2023
Hajmi105.15 Kb.
#1299380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aylanma quvurli pech

Konstruktsion materiallar.


Metallar 2 ta asosiy guruxlarga: qora va rangli metallarga bo’linadi.
Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan tashqari ularning tarkibida oz yoki ko’p miqdorda boshqa kimyoviy elementlar ham bo’lishi mumkin. Qora metallarga xos bo’lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi qo’shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qora metallar cho’yanlar va po’latlarga bo’linadi.
Po’lat turlari, xossalari va ularning markalari. Po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 2 % gacha bo’lgan temir bilan uglerodning bog’lanuvchan qotishmasidir.
Ishlab chiqarish usullariga qarab, po’latlar marten konveter va elektr po’latlarga bo’linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlarga qarab po’latlarkimyoviy tarkibi bo’yicha uglerodli legirlangan bo’ladi.
Uglerodli po’latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugurt va fosfor aralashmasi qotishmalaridan iborat. Ulardan har biri po’latning mexanik xossalariga ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Qurilishda ishlatiladigan oddiy sifatli po’latlar tarkibida uglerod miqdori 0,06 yoki 0,62 % bo’ladi. Tarkibida uglerod miqdori kam bo’lgan po’latlar yuqori plastikligi va zarb qovushqoqligi bilan ajralib turadi. Uglerod miqdori ortiq bo’lsa, po’lat mo’rtlashadi va qattiq bo’ladi.
Markalarda uglerod foizining yuzdan bir ulushlarida (0,8; 25 va xakazo) ko’rsatiladi. Cm0, Cm1, Cm2, Cm3cn, Cm4, Cm5nc, Cm6kn Uglerodli sifatli konstruktsion po’latlar: Cm08, Cm10, Cm35, Cm45
Legirlangan po’latlar deb, tarkibida legirlovchi qo’shimchalar (nikel – N, Xrom – X, volfram – V, molibden – M, mis – D, alyuminiy – Yu va boshqalar) mavjud bo’lgan po’latlarga aytiladi
Kam legirlangan po’latlar qurilishda ko’p qo’llaniladi. Bu po’latlar tarkibida uglerod miqdori 0,2 % dan ortiq bo’lmasligi kerak, chunki ortiq bo’lsa po’latning plastikligiva zanchlarga bardoshligi, shuningdek payvandlashishi yomonlashadi.
SM20XGN.
Vazifasiga ko’ra po’latlar quyidagi guruxlarga bo’linadi: Konstruktsion po’latlar maxsus po’latlar, asbobsozlik po’latlar.
Po’latlar tarkibida legirlovchi element miqdori 1,5 % dan kam bo’lsa, tegishli xarfdan keyingi raqamlar yozilmaydi; 1G2S, 12XN3A. Marka belgisiningoxiridagi A xarfi po’latlar yuqori sifat ekanligini III xarfi ayniqsayuqori sifatli ekanligini ko’rsatadi. Masalan, 112S markali kam legirlangankonstruktsion po’latlar tarkibida 0,1 % uglerod, 2% marganets va 1% kremniy borligini ifodalaydi.
Nometal materiallar (plastmassa, shisha , kermika va xakazo) mashina detallari tayyorlashda nometal materiallar plastmassa, shisha, yog’och, rezina, issiqlik izolyatsiyasimateriallari vaboshqalar ko’p ishlatiladi.
Plastik massalar. Plastik massalarning asosiy komponentlari bog’lovchi moddalar – polimer, to’ldirgichlar va stabilizatorlar. Kelib chiqishiga qarab polimerlar tabiiy va sun’iylarga bo’linadi. Ularning elektr qarshiligi katta suvni kam shimadi, issiqqa chidamligi va qattiqligi past, oson shishadi.
SHishish materiallari. Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu soxasida shaffof bo’lgan, tarkibida shisha xosil qiluvchi qo’shimchalar xamda metall oksidlari bo’lgan o’ta sovutilgan suyuq mineral eritmalardan olinadigan material shisha deyiladi.
Xom ashyo: Kvarts qumi, oxaktosh, dolomit kalitsinirlangan soda yoki natriy sulfat – oynalarni texnik xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bir oksidi alyuminiy, ftor, rux mustaxkamligi va kimyoviy kiritiladi.
SHisha siqilishga yuqori mustaxkamligi (600-1200 mPa) va cho’zilishiga esa (30-90mPa) nisbatan kam mustaxkamligi bilan xarakterlanadi. U zarbga juda yomon qarshilik ko’rsatadi, ya’ni mo’rt bo’ladi.
Keramik materiallar. Gulli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va quydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deyiladi. Keramik materiallar quyidagi guruxlarga bo’linadi: devor (g’isht, keramika toshlar, bloklar va panellar); tomlar uchun ichki g’ovak toshlar, (tosh va qoplama panellar); binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, poluchun plitkalar)
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun til asosiy xom- ashyodir.
Qurilmalarning yuzalari quyidagi usullar yordamida himoya qilinadi.

  1. Qurilma sirtqi emal, rezina, polimer materiallar va o’tga chidamli material bilan qoplanadiyoki suriladi.

  2. Bo’yash;

  3. Izolyatsiya qilish.

Ishlash sharoiti, maqsadi va qurilma turgan o’rniga qarab bu usullardan foydalaniladi.
material tanlashda uning ba’zi parametrlari uchun boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek ishlab chiqarishlari xisobga olinadi. Material tanlashda detal konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablarning asosiy turlari: mustaxkamlik, uzoqqa chidamlilik, massa yuza tozaligi, unifikatsiya, zagatovka mexanik va termik ishlov berish kabilar kiradi.
Material tanlashda odatda jarayonning ish sharoitlarini aniqlashdan boshlanadi. Qurilma yoki mashina uchun material tanlanayotganda quyidagi faktorlar xisobga olinishi kerak. Materialning mexanik xossalari – chidamlilik chegarasi, nisbiy uzayish qattiqligi va xakazo; tayyorlash texnologiyasining qulayligi; yemirilishga kimyoviy barqarorligi; issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalar.
Kimyoviy qurilmalar tayyorlash maqsadida ishlatilayotgan materiallarga bo’lgan talablarning eng muximi korroziyaga barqarorlikdir. CHunki bu qattiqlik qurilmalarning uzoq ishlashlik qobiliyatini belgilaydi.

Download 105.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling