Aylanmadan olinadigon soliq to’lovchilari, soliqni hisoblab chiqarish va to;lash usullari


Download 29.85 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi29.85 Kb.
#1385556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aylanmadan olinadigan soliq hisob

Soliq solinadigan jami daromad
Shuningdek, AOS hisobotining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” 2-ilovasiga qo‘lda to‘ldiriladigan quyidagi ustunlar qo‘shildi:
0208-satr - moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati mustafil to‘ldiriladi.
0209-satr - ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga berilgan tovarlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
0210-satr - O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar mustaqil to‘ldiriladi.
0211-satr - Yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks
385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar - ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan, jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari - tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-qismiga asosan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-742-son Qonuni 8-ilovasi bilan mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan oylik ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi.

T/r

Ijaraga beriladigan
mol-mulk turi

Belgilangan
stavka
miqdorini
tavsiflovchi
ko‘rsatkich

Oylik ijara to‘lovi stavkalarining
eng kam miqdorlari, so‘mda

Toshkent shahri

Nukus shahri
va viloyat
markazlari-dagi
shaharlar

Boshqa aholi
punktlari


Download 29.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling