15-rasm. 16-rasm.
17-rasm.
∆ABS(∆A′B′S′, ∆A″B″S″) tekislikning H tekislik bilan tashkil etgan burshagini aniqlansin (17–rasm). Izlangan α burchakni aniqlash uchun berilgan ∆ABS tekislikni frontal proyeksiyalovchi vaziyatga keltirish kerak bo‘ladi. Buning uchun uchburchakning biror, masalan, S nuqtasidan i′⊥H aylanish o‘qi o‘tkaziladi va bu o‘q atrofida uchburchakni h1⊥V (epyurda h′1⊥V) vaziyatga kelguncha aylantiriladi. Bunda, uchburchakning A, B va S nuqtalari ham φº burchakka harakatlanadi. Chizmada uchburchak uchlarning yangi A′1, B′1 va S′1 proyeksiyalari orqali uning A″1B″1S″1 frontal proyeksiyalarini aniqlanadi. Bu nuqtalar o‘zaro tutashtirilsa, A″1B″1S″1 kesma (uchburchakning yangi frontal proyeksiyasi) hosil bo‘ladi. Bu kesmaning Ox o‘qi bilan tashkil etgan α burshagi ∆ABS ni H tekislik bilan hosil etgan burshagiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |