Aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning
Download 104.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Podshipnik - Vikipediyan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Рефлексист t omonidan amalga oshirildi
Podshipnik Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va- ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti silindr, konus
yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan P.da vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak P.lar boʻladi. Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash P. yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan P.lar boʻladi. P. mashinasozlik , kemasozlik , samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatiladi. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Podshipnik&oldid=2107013 " dan olindi Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Рефлексист tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 104.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling