Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
Afrika xalqlari madaniyati va san’ati. (2-soat)
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
25.Afrika xalqlari madaniyati va san’ati. (2-soat)
Reja: 1.Afrika xalqlarining ibtidoiy davriga madaniyatiga oid manzilgohlar (Sao, Tassilini-Ajer va boshqa ibtidoiy davrga oid madaniyat manzilgohlari) 2.Afrika xalqlarining qadimgi diniy e’tiqodlari. 3.Afrika xalqlarining diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq bо‘lgan tomosha san’ati 4.Qadimgi Afrika tasviriy san’ati va arxitektruasi. Yevropa qit’asidan uch hissa katta hududga ega bо‘lgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy va rang-barangdir. Yevropa olimlari uni ilgari «qora qit’a» deb atab, etnik tuzilishi о‘zaro bog‘liq bо‘lmagan turli qabilalardan iborat, deb notо‘g‘ri ta’riflyaganlar. Albatta mustamlakachilikning asosiy obekti bо‘lgan, vatandan mahrum etilgan yuz minglab negrlarni qul qilib sotgan Afrika qit’aasi bir necha asrlar davomida taraqqiyotdan chekkada qolgan edi. Lekin bu yerda bir necha millionli (misrliklar, jazoirliklar, marokashliklar, amxaraliklar) hozirgi millatlar, yirik xalq va elatlar (Nigeriyadagi xausa va fulba) bilan bir qatorda hozirgi kunda ham daydilik, sargardonlik va 57 ovchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan urug‘chilik tuzumida yashayotgan etnografik guruhlar ham uchraydi. Afrika mamlakatlarining kо‘pchiligi milliy ozodlik kurashlari tufayli mustaqillikka erishib erkin taraqqiyot yо‘liga о‘tib oldilar. Oqibatda sotsial, madaniy va siyosiy jihatdan katta yutuqlarni qо‘lga kiritayotgan etnoslar milliy birlikka ham erishmoqdalar. Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun’iy ravishda bо‘lib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Senegal, Mali, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Gambiya, Sere- Leone, Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe xalqini olsak u ham Senegal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin, Mavritaniya, Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi, eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham xuddi shunday. Shuning uchun ham qit’ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat mavjud emas. Afrika qit’asidagi bir milliondan ortiq bо‘lgan 83 ta xalq qit’a aholisining 86 foizini tashkil qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xauslar (15 million), jazoirliklar (14 million), amxaraliklar (1 million), marokashliklar (12 million), ibo va fulbe (12 million), yoruba (ll million) va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit’ada yashovchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan, hozirgi hududda paydo bо‘lib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida ayrim etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashish jarayoni rо‘y berib turgan. Ammo bu jarayon, asosan, shu qit’a doirasida о‘tgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning g‘arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning kо‘chishlari bо‘lib turgan. Lingvistik jihatdan Afrika aholisi tо‘rt yirik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afroosiyo), niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit’aning shimolida va shimoli-sharqida yashovchi semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Semitlardan eng kо‘pi Afrika aholisining (83 million) beshdan bir qismini tashkil etadigan arab xalqlaridan iborat. Keyingi amxara va kushit, tigrai va chad guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir. Janubiy va Tropik Afrika san’ati. Kattaligi jihatidan ikkinchi о‘rinni egallovchi Afrika qit’asi insoniyat hayoti va madaniyatining eng qadimgi о‘choqlaridan biridir. Mazkur qit’a madaniy xо‘jalik tiplari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, diniy e’tiqodlari, dunyoqarashi ijtimoiiy tartibotlari va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanib turuvchi xalqlarning makonidir. Mazkur qit’a о‘z bag‘rida eng qadimgi odamlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab kelmoqda. Afrika qit’asi turli etnoslarning makoni bо‘lib, mazkur qit’ada uchta – yirik, о‘rta va aralash irqlarga mansub kishilar qadim-qadimdan buyon istiqomat qilib kelmoqdalar. Til jihatidan esa, Afrika xalqlari tо‘rtta yirik til – semit-xamit, niger-kordofa, nil-saxara va koyson tillari oilasiga mansub turli turkum va guruhchalarga oid tillarda sо‘zlashadilar. Afrika ilk kishilik jamiyatining о‘choqlaridan biridir. Taxminlarga kо‘ra, hozirgi odamlarning qadimgi ajdodlari uning Sharqiy va Janubiy hududlarida bundan 2,5-3 million yillar muqaddam yashaganlar. Qadimgi odamlarning ilk paleolit davriga oid manzilgohlari hozirgi Efiopiyadagi Chad va Rudolf kо‘llari atroflaridan topilgan. Arxeologlarning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, mil.avv. X ming yillik-lardayoq yuksak madaniyat yaratilgan, tosh qurollardan foydalanishib, qisman omoch dehqonchiligi, ovchilik, chorvachilik, termachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Afrikaning ibtidoiy davrga oid madaniyat manzilgohlari qaysi hududlardan topilgan? Nima uchun Afrika ibtidoiy odamlarning dastlabki manzilgohlari hisoblanadi? Neolit davrida (taxminan mil.avv. V-I ming yilliklar oralig‘i) dehqonchilik rivojlanib, undan hunarmandchilik ajralib chiqqan va kishilarning о‘troq hayotga о‘tishi bilan xarakterlanadi. Misrning Shimoliy va Markaziy hududlari, Sudan va Sahroi Kabirning Markaziy qismlari, Senegal va Kongo vohalari, Hozirgi Nigeriya va Sharqiy Afrikaning ayrim о‘lkalarida dehqonchilik rivojlanib, sun’iy sug‘orish tizimlaridan foydalanish avj olgan. Shuningdek, Sahroi Kabir qadimgi Afrika qit’asidagi dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlardan biri hisoblangan. 1974 yili olimlar Efiopiyaning Xadar, Keniyaning Koobi Fora hududlaridan qadimgi odamlarning qoldiqlarini topishib, kaliy argon usulidan foydalanishib, tadqiq etganlarida mazkur qoldiqlar miloddan avvalgi 3 million yillar oldin yashagan ibtidoiy odamlarning qoldiqlari ekanligini aniqlaganlar. Shuningdek, Tanzaniya hududidagi Olduvay darasidan ham ibtidoiy odamlarning qoldiqlarini topilgan bо‘lib, mazkur qoldiqlar bundan taxminan 2,5- 1,2 million yillar ilgari yashagan odamsimon maxluqlarning qoldiqlari ekanligini isbotlaganlar. Olduvay odamlari keyinchalik butun qit’a bо‘ylab joylasha boshlaganlar. Angliyalik mashhur Afrikashunos B.Devidson tomonidan keltirilgan quyidagi demografik ma’lumot ham Afrika qit’asida yashagan odamlarning qanchalik tez kо‘payganligini va ularning butun qit’a bо‘ylab tarqalganligini kо‘rsatadi. Uning taxminlariga kо‘ra, bundan 100 ming yillar ilgari qit’ada 125 ming odam yashagan va boshqa qit’alardan son jihatidan oldingi о‘rinda turgan. Neolitning oxirlariga kelib, 3-4 million, XIX asr о‘rtalarida 50 million kishi yashagan.(Qarang: Devidson B.Afrikansi. Vvedeniye istorii kulturi. M.1975. s 16). Demak, Afrikaliklarning bunday tez kо‘payishi, birinchidan, tabiatni zudlik bilan о‘zlashtirganliklaridan, ikkinchidan, mehnat qurollarini takomillashtirganliklari natijasida turli madaniy-xо‘jalik tiplarini tezlik bilan egallaganliklarini kо‘rsatadi. Afrika odami yashagan eng qadimgi madaniyat manzilgohlaridan yana bir Keniyadagi Rudolf (Turkana) kо‘lining Sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan bо‘lib, Koobi Fora nomi bilan mashhurdir. Olimlarning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, mazkur madaniyat manzilgohining yoshi taxminan 2,6-2,4 million yillardan 1,3-1 million yillar atrofiga tо‘g‘ri keladi.Bu davr odamlari mayda chaqmoq toshlarni urib sindirib, bir tomoni о‘tkir, bir tomoni tumtoq bо‘lgan mehnat qurollarini yaratganlar. Sahroi Kabirdan janubda yashagan Rodizeya odamining qoldiqlari Tanzaniyadagi Eyasi kо‘li yaqinidan, Zambiyaning Broken Xill, Janubiy Afrika Respublikasining Elondefontayn manzilgohlaridan topilgan odamlarning qoldiqlari ham ibtidoiy davrga oid ekanligi aniqlangan. Mil.avv.VI ming yillik о‘rtalaridan V ming yillik о‘rtalarigacha, bо‘lgan davr Afrikaning neolit va ilk eneolit davriga oid madaniyat manzilgohlari Badariya madaniyati manzilgohi nomi bilan ataladi. Mazkur manzilgoh yuqori Misrdagi Badariya qishlog‘idan topilgan. Bu davr odamlari bug‘doy va arpa ekib, omoch dehqonchligi bilan, mayda va yirik shoxli hayvonlarni boqib chorvachilik hamda baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Asosiy mehnat quroli kamon о‘qi, nayza, garpun, suyakdan turli qurollar, yag‘ochdan bumerang, sо‘ngra misdan pichoq, tо‘qnag‘ich, taqinchoqlar, qarmoqlar, ninalar, quyma bolta va xanjarlar, fil suyagidan qoshiqlar, zeb-ziynatlar, kichik terrakota haykalchalar yasaganlar. Albatta, tosh, suyak, yog‘och qurollarning takomillashib borishi tafakkur taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Tabiatning о‘zida mavjud bо‘lgan ma’danlardan mehnat qurollarini yaratish, mehnat manbi va ishlab chiqarishning bir muncha murakkab shakllarining paydo bо‘lishiga olib kelgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va u bilan bog‘liq bо‘lgan ishlab chiqarish munosabatlaridagi о‘zgarishlar, tartibsiz jinsiy aloqa promiskuitet (lot. promiscus - aralash)ning taqiqlanishi va ekzogamiya (yunoncha, exo - tashqari, gamos – nikoh)ning joriy qilina borishi gala jamoasidan urug‘ jamoasiga о‘tishga olib kelgan. Boshqa tomondan, sо‘ngi paleolit davrida vujudga kelgan о‘troq hayotning, turar-joylarning, birgalikda mehnat qilish ham inoq va hamjihatlik bilan kun kechiruvchi kishilar guruhlarining paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Nemis sotsiologi va tarixchisi K.Kunovning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, Janbiy Afrikada yashovchi bushmenlar 50-60 kishidan iborat bо‘lgan jamoaga birlashib yashaganlar. Demak, birgalikda mehnat qilish, kun kechirish, о‘troq hayot, guruh oldida kо‘ndalang turib qolgan muammolarni birgalikda hal qilish – guruh a’zolarining jipslashuvi va qarindoshlik aloqalarini anglab yetishiga turtki bergan. Sо‘ngi paleolit davriga kelib urug‘doshlik belgilarining kо‘zga yaqqol tashlana borishi oilaviy va urug‘ jamoasi munosabatlarining mustahkamlanishi, uning biologik omil shaklidan chiqib, ijtimoiy hodisa darajasiga kо‘tarilishiga olib kelgan. Umuman olganda, Afrika qit’asining turli mintaqalaridan topilgan kо‘plab madaniy qatlamlar mazkur qit’a insoniyat madaniyatining eng qadimgi manzilgohi bо‘lganligini kо‘rsatadi. Mazkur qit’a iqlimi, tabiiy geografik shart-sharoitlari insoniyatning turmush kechirishi uchun, mehnat qilishi, tabiiy hodisalarni о‘rganishga ertaroq kirishishi uchun о‘ta qulay bо‘lganligidan dalolat beradi. Qadimiy odamlardan qolgan topilmalar moddiy madaniyat elementlari, diniy, badiiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkuri ancha ilgari shakllanganligini isbotlab beradi. Afrika qit’asining madaniyatini chuqur tahlil qilish qit’aning barcha mintqalarida madaniy jarayon bir xil tarzda rivojlanmaganligini, ya’ni notekis rivojlanganligini kо‘rsatadi. Qit’aning Shimoliy, Shimoliy-G‘arbiy va Sharqiy mintaqalaridagi madaniy taraqqiyot boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori bо‘lganligidan dalolat beradi. Aynan, mana shu hududlar madaniyati keyinchalik Afrikaning boshqa mintaqalari madaniyatiga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling