Aynan "Teshiktosh" hikoyasidan keyin asar mazmuni va strukturasidagi burilishni sezish mumkin. Bu kulminatsiyadan keyingi yechimga tomon burilish edi


Download 4.83 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi4.83 Kb.
#1097993
Bog'liq
text-16331699-20230110-111746


Aynan "Teshiktosh" hikoyasidan keyin asar mazmuni va strukturasidagi burilishni sezish mumkin. Bu kulminatsiyadan keyingi yechimga tomon burilish edi. "Teshiktosh"dan keyin "Oqposhshoning arzandasi", "Dukchi eshon ko'lankasi", "Arafa", "Ko'zalar", "Muhammadjon qori", "Bir boshga ikki o'lim", "Qo'qon xarobalari orasida", hikoyalari o'rin olgan. Endigi hikoyalar ham yuqoridagilarga o'xshasa-da, A. Qahhor ulardan o'zga maqsadlar sari foydalanganligi yaqqol seziladi. Hikoyalarda qahramonlarning ko'chib yurishi, yangi obrazlarning kiritilish holatlari kuzatilsa ham ularni yozuvchi maqsadi bilan emas, balki boshidan o'tkazganlarining shartli bayoni sifatida sharhlash lozim. Ya'ni ular vositasida jaholatga botgan jamiyatni tasvirlash endilikda yozuvchining asl maqsadi bo'lmay qoldi. Adib o'sha mavjud jamiyatning ma'lum hodisalarga bo'lgan munosabati orqali, vaziyatni tahlil qila boshlaydi. Mardikor olish, "bosmachilar" harakati, inqilobdan keyingi holatlarga munosabat-bularning barchasi jamiyatning o'ta qoloqlashib ketganligidan dalolat berib, yozuvchi "Bunday xalq bilan nimaga ham erishish mumkin edi?" degan savol atrofida mulohazalar yuritadi. Shu tariqa "Teshiktosh" yozuvchi mahorati evaziga asarning ajralmas qismi, kompozitsiyaning asosiy unsurlaridan biri sifatida keltiriladi.
Download 4.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling