Ayol aziz, ona muqaddas


Download 19.78 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi19.78 Kb.
#1112052
Bog'liq
Ayol aziz


Ayol aziz, ona muqaddas
Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat ayol ona, ayol rafiqa,ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir. Yangilanish,yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta.Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning yurtimiz siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Ayol! Bu muqaddas so`zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qayinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman.Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi ezozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne- ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali- hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib- tarab, o`qishga, ishga kuzatadigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yegulilarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Eh -he ayol dunyoni larzaga solguvchi, qalblarni to`lqinlartiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardir.
Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol o’zidan yaxshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol hushfel va hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir Ayolning ta’rif –u tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda ayollar yurtimizda , jamiyatda va oilada katta ro’l o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir qo’lida beshikni , bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”- deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z oilamizga onamiz, ustozimlarimiz namoyon bo’ladi.
“Ayyol saodati”
Ayol bu so’z zamirida olam olam ma’no bor ,,ayol borki olam munavvar’’bu so’z bejizga ishlatilmaydi negaki jamiyatimizni ularsiz tassavur eta olmaymiz,hozirgi davr ayoli bilan o’tgan davrni ayollarini taqqoslaydigan bo’lsak yer bilan osmoncha farq bor .Xozirgi ayyolarimiz intiluvchan talabchan va ishbilarmondirlar ularni xar bir soxada uchratishimiz mumkin prizidentimiz ularga keng yo’llar ochib bermoqda ilgari ayollarimiz faqat uy ro’zg’or ishlari bilan band bo’lganlar uyda o’tirib farzandlari tarbiyasi bilan shig’ulanishgan uyda erkak ustunlik qilgan faqat ular ishlashgan xozir esa ayniqsa qishloq ayollarini fermerlik qilishayotganini ko’rib albatta diling yayraydi ,qishloq ayollarini faqat uy ro’zg’or ishlari band b’lib qolmasdan ular xam jamiyatimizga salmog’li xissa qo’shyabdilar shu bilan birga albatta uy ishlariga xam ulgirishyabdi. Bu boradagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, avvalo, xotin-qizlarimizning o‘z qadr-qimmatini yanada chuqurroq his etishi, ijtimoiy-siyosiy hayotda, kundalik turmushimizda munosib o‘rinni egallashiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilayotir.
– Yurtimizda qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, istiqlol bergan ne’matlarni asrab-avaylash, ularning qadriga yetish, shu yurt koriga yaraydigan farzandlar bo‘lib yetishish, Vatanimiz va ustozlarimizning bildirgan ishonchini hamisha oqlashga harakat qilamiz. 
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, xayot go’zal va maftunkor. Ayol azaldan mehr-muhabbat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi.
Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz. Shu kunlarda Respublikamiz bo’ylab birin-ketin ayollarimiz bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etimoqda.
Download 19.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling