Ayol chanog‘I
Download 18.21 Kb.
|
AYOL CHANOG
AYOL CHANOG‘I Ayollar chanog’ining a`zolari, qovuq (vesica urinaria). Ayollar qovug’i ham oldindan qov simfiziga tegib turadi. Orqadan esa u bachadon tanasining oldingi yuzasiga tegib, ikkalasining o’rtasida siyrak yog’ to’qimasi joylashadi. Bunda qovuqning pastki qismlari bachadon bo’yniga va qorin parda ostida yotgan qinga juda yaqin turadi. Uning pastki qismini yon devorlari bo’lsa, orqa teshikni ko’taruvchi mushakka tegib yotadi, yuqoridan qovuqqa ichak qovuzloqlari tegib turadi. Bunda chanoq vistseral fastsiyasi qov simfizidan qovuqqa o’ta turib qov - qovuq boylami (lig. pubovesicalis) ni hosil qiladi.Voyaga yetgan ayol chanog‘i erkak chanog‘idan ancha farq qiladi. Ayol chanog‘ining suyaklari erkak chanog‘ining suyaklariga nisbatan ingichka, nozik, silliqroq, vazni ham kamroq.Ayol chanog‘i kengroq va pastroq, erkak chanog‘i esa torroq va balandroq Ayollarda kichik chanoq kirish qismi kengroq, shaklan ko‘ndalang oval, dumg‘aza burni sohasida o‘ymasi bor; erkak chanog‘ining kirish qismi kartadagi yurakka o‘xshaydi, buning sababi shuki, erkaklarda dumg‘aza burni ko‘proq turtib chiqqan. Ayollarda kichik chanoq bo‘shlig‘i kengroq, shakli oldinga qarab bukilgan silindrga o‘xshaydi; erkak chanog‘ining bo‘shlig‘i kichik roq bo‘lib, pastga tomon voronka shaklida toraya boradi. Ayol chanog‘i chiqish tekisligi kengroq, chunki: a) quymich do‘mboqlari o‘rtasidagi masofa kattaroq, b) qov burchagi erkaklardagi (70–75°) ga nisbatan kengroq (90–100°), d) dum suyagi oldinga erkak chanog‘idagiga nisbatan kamroq turtib chiqadi. Homilaning tug‘ruq yo‘llaridan o‘ta olishi ayol chanog‘ining yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlariga bog‘liq. Chanoq muskullari ikki guruhga bo‘linadi: chanoq devorining yon (pariyetal) muskullari va chanoq tubining muskullari. Chanoqning yon devori muskullari shunday joylashganki, ular katta va kichik chanoq o‘lchamlarini deyarli kamaytirmaydi. Katta chanoq bo‘shlig‘ida yon devor muskullarining ikki jufti: yonbosh ichki muskuli va belning katta muskuli yotadi. Yonbosh ichki muskuli (m. iliacus intyernus) keng bo‘lib, yonbosh suyagi qirrasidan boshlanadi, yonbosh chuqurchasini to‘ldiradi, shu chuqurchada belning katta muskuliga qo‘shilib ketadi. Download 18.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling